Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Download 437.32 Kb.
bet5/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari

sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish hamda tibbiy yordamga muhtoj oilalarga o‘z vaqtida sifatli tibbiy ko‘mak ko‘rsatilishini tashkillashtirish;

  • yuridik ko‘mak ko‘rsatish va huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish.

    Muvofiqlashtirish shtabining ishchi organi etib Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi belgilandi.
    2022-yil 1 noyabrga qadar:
    a) mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan har ikki haftada Hududiy shtablarga quyidagi ma’lumotlar kiritib boriladi:

    • mahallalarda xonadonlar ahvoli, oilalardagi haqiqiy holat asosida ularning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji;

    • mahallalardagi oilalarni o‘rganish natijalari bo‘yicha ularga aniq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotlar;

    • murakkab va yuqori texnologik operatsiyalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez-ortopediya buyumlariga va shu kabi boshqa ijtimoiy xizmatlarga oilalarning ehtiyoji bo‘yicha tavsiyalar va buyurtmalar;

    • mahallalarda xonadonlar ahvolini kuzatib borish hamda aholi murojaatlari asosida ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha ma’lumot;

    b) Hududiy shtablar mahallalardagi xotin-qizlar faollaridan kelib tushgan ma’lumotlarni o‘z hududi kesimida umumlashtirgan holda 2 kun muddatda ularni Muvofiqlashtirish shtabiga yuboradi;
    v) Muvofiqlashtirish shtabi kelib tushgan ma’lumotlar asosida 3 kun muddatda haqiqatda ijtimoiy xizmatga ehtiyojmand bo‘lgan oilalarga Hududiy shtab a’zosining mas’ul xodimi tomonidan manzilli ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini tashkillashtiradi.
    «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi negizida «Mahallada ijtimoiy xizmat» avtomatlashtirilgan maxsus elektron modulini 2022-yil 1-avgustgacha ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan.
    «Mahallada ijtimoiy xizmat» moduli:

    • mahallalarda oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalga oshirish bo‘yicha maxsus elektron dasturiy ta’minot hisoblanadi;

    • foydalanuvchisi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hisoblanadi;


    • Download 437.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling