Bola tug‘ilgani uchun beriladigan nafaqa


Nogironligi bo‘lgan bolalarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish


Download 437.32 Kb.
bet8/21
Sana03.12.2023
Hajmi437.32 Kb.
#1801480
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordamning boshqa turlari

Nogironligi bo‘lgan bolalarni “Muruvvat” internat uylariga qabul qilish
«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
Quyidagi hollarda bolalar qabul qilinadi:
«Muruvvat» bolalar internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar quyidagi tashxislar bilan qabul qilinadi:

  • mo‘’tadil darajadagi aqliy zaiflik;

  • og‘ir darajadagi aqliy zaiflik;

  • chuqur darajadagi aqliy zaiflik;

  • bolalarni ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi gemiparez, paraparez va tetraparez asoratlari bo‘lgan mo‘’tadil darajadagi aqliy zaif bolalar tserebral falajligi;

  • intellektning qo‘pol buzilishiga olib kelgan bolalar shizofreniyasi;

  • dementsiya.

Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
«Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborishga qarshi ko‘rsatkichlar

  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, nomozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;

  • bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va hulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;

  • ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar;

  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;

  • yuqumli teri va soch kasalliklari;

  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;

  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;

  • tanosil kasalliklari.

«Muruvvat» bolalar internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash profilaktika muassasalariga yuboriladi.

  • «Muruvvat» bolalar internat uylariga yuborish, shuningdek, biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

  • Nogironligi bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarishlash guruhiga qabul qilishda ota-onalar (vasiylar yoki homiylar, farzandlikka oluvchilar) va «Muruvvat» bolalar internat uyi direktori o‘rtasida beg‘araz shartnoma tuziladi, unda tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatiladi.

  • «Muruvvat» internat uylari faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.


Download 437.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling