MAVZU: 8 SONI
Darsning maqsadi: 7 soni ichida misol va masala yechish, 8 raqami bilan tanishtirish. «Bog'da» mavzusida masala, hikoya tuzishga o'rgatish.
8 bu, bitta 6 va bitta 2 ning yig'indisi yoki uning teskarisi —
bilan 6 ning yig'indisi;
8 bu, bitta 5 va bitta 3 ning yig'indisi yoki uning teskarisi —
bilan 5 ning yig'indisi;
8 bu, bitta 7 va bitta 1 ning yig'indisi yoki uning teskarisi — 1 bilan 7 ning yig'indisi;
8 bu, ikkita 4 ning yig'indisidan iborat ekanligini turli o'yin-choqlar, geometrik shakllar yordamida tushuntirish mumkin.
Darslik bilan ishlash.
Darslikning 35-bet 1-misoldagi rasmga qarab suhbat o'tkazish. O'quvchilarni faollashtirish maqsadida bolalarning har biriga ism qo'yib, alohida-alohida gaplar tuziladi. Shunda olma bog'i haqida sonlar qatnashgan kichik hikoya hosil bo'ladi. 4 ta qiz bola, 4 ta o'g'il bola bog'da ishlayotgan bo'lsa, hammasi bo'lib 8 ta bola borligini sanab, aytib berishlari lozim. 8 — juft son bo'lib, 7 dan keyin kelishi tushuntiriladi.
O'qituvchi «Bog'da» o'quvchilarning mehnati bilan tanishtiradi. Ularning bilimlarini puxtalash maqsadida quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Bog'da nimalar pishgan ekan?
Bog'da olmalar pishibdi.
Olmalarni yig'ib-terib olishda kimlar yordamlashayapti?
Olmalarni terib olishda o'quvchilar yordamlashmoqdalar. O'quvchilarga ism qo'yib gapirib bering.
Ular tergan olmalarini nimalarga joylashtiryaptilar?
Ular tergan olmalarni qutilarga joylashtirayaptilar.
Olmalarni inson hayoti uchun qanday foydasi bor?
Olmada inson salomatligi uchun zarur bo'lgan vitaminlar bor.
Hoy olma, olma, olma, Meni ovora qilma, Biroz egil, bo'y cho'zay, Olmangdan uzib olay. 2-misolni og'zaki va yozma bajarish:
7+1=8 5+3=8 4+4=8
8-7=1 8-3=5 8-4=4
Do'stlaringiz bilan baham: |