-до*
27—28-darsIar
MAVZU: 5 SONI ICHIDA AYIRISII Darsning maqsadi:
a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkam-
lab borish, 5 soni ichida qo'shishni puxtalash;
b) 5 soni ichida ayirish haqida bilim berish.
Darsning turi: Aralash, savol-javob, o'yin.
Darsning jihozlanishi:
1-sinf «Matematika» darsligi;
1-sinf «Matematika daftari»;
mavzuga mos rasm, sonli kartochkalar;
geometrik shakllar.
Darsning borishi:
O'quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida: a) kartochkalar yordamida savol-javob uyushtirish
4 + 1 = ?
|
|
3 + 2 = ?
|
|
2 + 3 = ?
|
|
2 + 2 = ?
|
1 + 4 = ?
|
Misollarning o'qilishi, yozilishi haqida egallagan bilimlarini mustahkamlab borish;
b) rasmga qarab og'zaki masala tuzdirib, ycchish.
Daraxtda 3 ta chumchuq o'tirgan edi, uni yoniga yana 2 ta chumchuq uchib keldi. Toping do'stlarim! Hamma chumchuqlar nechta bo'ldi? Daraxtda 3 ta chumchuq o'tirgan edi, uni yoniga yana 2 ta chumchuq uchib kelsa, hamma chumchuqlar 5 ta bo'ladi;
d) hamma o'quvchilarning partasini ustida geometrik shakllar bor. Shunday topshiriq beriladi:
3 ta doiracha, 2 ta kvadrat qo'ying, hamma geometrik shakllar nechta bo'ldi?
5 ta geometrik shakl bo'ldi. 3 + 2 = 5 ta;
4 ta uchburchak 1 ta to'rtburchak qo'ying, geometrik shakllar nechta bo'ldi?
4 + 1 = 5 ta;
1 ta kvadrat, 1 ta uchburchakdan uycha yasang;
1 ta to'rtburchak, 1 ta uchburchakdan ham uycha yasash mumkinmi?
1 ta to'rtburchak, 2 ta doirachadan aravacha yasang.
Do'stlaringiz bilan baham: |