Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari
Download 73 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O V U N M A Ch O Q L A R
A L L A L A R. Beshik qo`shiqlari bu alla demakdir. Allani qadimda “B a l u – b a l u” deb ham aytganlar. A.Navoiy esa allani “n a v o g o`” deb atagan.
Alla turli xalqlarda turlicha atalgan: turklarda “ninni”, tatarlarda “elli”, ”belli”, qoraqalpoqlarda “heyya”, va “heyya” va hokoza. Ularning vazifasi bir xil – bolalarni uxlatish, ovutishdir. Ibn Sino allani bola tarbiyasi haqidagi rolini quyidagicha ifodalaydi: “Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri bolani beshigini sekin tebratmoq , ikkinchisi uni uxlatish uchun Alla aytishdir. Bu bilan bolaning tanasi va ruhi orom oladi. Xatto, ona bu holatda g`azab, g`amginlik, cho`chishdan holi bo`lishi kerak.”-deydi. Alla bolam, Alla, Jonim bolam Alla. Ikki ko`zim Alla, SHirin so`zim alla. Alla qilsin bolam-o Uyquda orom olsin-o O V U N M A Ch O Q L A R . Onaning bola bilan bo`lgan munosabatlarida qadimiy odatlarni kuzatish mumkin. Hozir ham bunday holatni ba`zan uchratamiz. Masalan: bolani beshikka belayotganda o`ng qo`li bilan to`shagini tekislab, bolani yotqizayotganda e g a l a r i k i r s i n , b o b o v l a r i ch i q s i n ! Yechib olayotganda u y q u s i b ye sh i k d a q o l s i n deydi. Ikki narsaga diqqatingizni qarating.Bolani beshikka belaguncha vaqtincha farishtalar egallab turisharkan.Ikkinchisi uyqu boladan ajralib beshikda qolsin. Qoshg`ariy :» I s i r i q i s i r i q , Ey j i n , e s x u sh i n g n i y o` q o t” deydi. Ovutmachoqni alladan farqi bor: Alla chaqaloqni tinchlantiradi, ovutmachoq esa bolani bir narsa bilan mashg`ul qilishga katta rol o`ynaydi. Chaqaloqning qiz yoki o`g`illigiga qarab erkalatuvchi so`zlar tanlanadi. O`g`il bolaga kiyim kiydirish vaqtida aytiladigan so`zlarga diqqatingizni qarating: Chaqaloqqa chakmancha, Olib keling dadasi Yoqasiga tugmacha Taqib keling dadasi. Qiz bolaning sochlari haqida kup qo`shiqlar mavjud. Onalar qizaloqlarini sochlarini parvarish qilib silab-siypalab qo`yidagicha erkalatadilar: Qizim , Qizim qizomadi, Sochlari nega uzomadi. Onasi yuvib taramadi O`shaning uchun uzomadi. Yoki osmondagi oyni bolaga tanishtirish lavhasiga diqqatingizni qarating: Oymo`ma illa Qanoti tilla. Jo`ravoyning yuzini Sovuq suvga yuvma. Shundan keyin bolaga oyni ko`rsatasiz, bola oyni taniydigan bo`ladi. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling