Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Igna va shprits yordamida amalga oshiriladigan (in’eksion)


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   261
 
1.2.2. Igna va shprits yordamida amalga oshiriladigan (in’eksion) 
anesteziya 
Bolalarda tish to`qimalari va periodont xastaliklarini davolash 
amaliyotida og`riqsizlantirishda ko`pgina hollarda (pulpa va periodont 
xastaliklarini davolash boblariga qaralsin) mahalliy in’eksiya usulidan 
foydalaniladi. 
Mahalliy og`riqsizlantirishda in’eksion usulning nnfiltratsion (tish 
atrofidagi yumshoq to`qimani og`riqsizlantiruvchi modda bilan 
to`yintirish) va o`tkazuvchi (provodnikovaya - asab tolasi atrofiga 
og`riqsizlantiruvchi 
modda 
yuborish) 
turlari 
keng 
ko`llanadi. 
Og`riqsizlantirishning bu usuli yordamida ijobiy natijalar olish uchun 
anchagina kuchli ta’sirga ega bo`lgan anestetik vositalardan 
foydalaniladi. 
Trimekain (mezokain) - kuchli og`riqsizlantiruvchi vosita 
hisoblanib, uning novokainga nisbatan 2 marotaba tezrok ta’sir etishi, 
og`riqsizlantiruvchi kuchi esa 2-2,5 marotaba ortiqligi aniqlangan. 
Og`riqsizlantirish vaqti novokainga nisbatan 3 marotaba ko`pdir. 
Bulardan tashqari trimekain moddasining bolaning ruhiy holatini 
barqarorlashtirish (sedativ) ta’siri ham e’tiborga loyiqdir. Trimekain 
0,25 %,.0,5%, 1%-2% li eritmalar shaklida ampulalarda chiqariladi. Bu 
og`riqsizlantiruvchi vositaning kuchli ta’sirini hisobga olgan holda, 12 
yoshgacha bo`lgan bolalarni davolashda 1% va undan past 
konsentratsiyali eritmasidan foydalanish zarur. 


19 
Ksilokain, lidokain eritmalari o`zining kimyoviy tarkibiga ko`ra 
trimekain preparatiga yaqin turadi. Bular ham kuchli ta’sir etuvchi 
og`riqsizlantiruvchi vosita sanalib, kamdan-kam hollarda allergiya 
holatni vujudga keltirishi mumkin. Bolalar amaliyotida ksilokain va 
lidokain moddasining infiltratsiya uchun 0,25-0,5% li, o`tkazuvchi 
in’eksiya uchun 1-2% li eritmalaridan foydalaniladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling