Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2.7. Sirkulyar kariyes. Frontal sut tishlarida kariyes jarayoni tish bo`yin qismining lab yuzalaridan boshlanib aproksimal va til yuzalarini qoplab jarohatlaydi. Tishning barcha yuzalarida jarayon chuqurlashib, emal, dentin to`qimalari yemirilishi oqibatida tish toj qismi osongina sinib tushadi. Natijada tishdan faqat ildiz qismigina qoladi. Sut tishlarining sirkulyar kariyesi nurlanish oqibatida sodir bo`ladigan kariyes jarayoniga juda o`xshab ketadi. Radiatsiya nurlari ta’sirida yuzaga kelgan kariyes jarayoni ham tishlarning bo`yin qismida rivojlanib, jadal kechishi oqibatida tish toj qismining sinib tushishiga va tishsizlikka olib keladi. Bunday holatlar to`qimalardagi, a’zolardagi yomon sifatli o`smalarni nur yordamida davolashdan so`ng kuzatiladi. Sut tishlarida sirkulyar kariyes rivojlanishi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi: sut tishlarining toj qismi homila davrida rivojlanishini inobatga olsak, ularning strukturasining shakllanishi homiladorlikning kechishiga bog`liq; sut tishlarining bo`yin qismi bola tug`ilishi bilan rivojlana boshlanishini nazarda tutsak, bunda tug`ilgan chaqaloq hayotning yangi sharoitiga tushib qoladi. Interplatsentar oziqlanish tabiiy ovqatlanish bilan almashinadi, u sun’iy yoki ona suti bilan oziqlanish bo`lishi mumkin. Ovqatlanish sharoiti, yashash sharoiti, har xil kasalliklar, o`tkir respirator kasalliklar tish emali va dentini rivojlanishini buzishi mumkin. Shu paytda tish bo`yin qismi qattiq 35 to`qimalari juda nozik, minerallashuv jarayoni poyoniga yetmagan bo`lib yuqorida ko`rsatilgan omillar uni tugallanmay qolishiga sabab bo`ladi. Bunday holat sut tishlari bo`yin qismining kariyesga nisbatan moyilligining oshishiga sabab bo`ladi. Sirkulyar kariyes asosan muddatidan oldin tug`ilgan gipotrofik, raxitga chalingan, sil kasalligi mavjud bo`lgan, sun’iy ovqatlantirilgan bolalarda uchraydi. Bunday holatlarda mineral tuzlar (Sa) minerallashgan suyaklar tarkibidan yuvilib chiqadi. Sirkulyar kariyes uchun jarayonning jadal ravishda tish pulpasiga tomon tarqalishi, yo`nalishi xarakterlidir. Shuni aytish joizki sirkulyar kariyes oqibatida sodir qilingan o`tkir pulpitlarda bolalar shikoyati bo`lmaydi va ular shifokorga murojaat qilishmaydi. Bunga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: 1) Organizmning qarshiligi susaygan bolalarda pulpa nekrozi biror-bir belgi bilan ma’lum bo`lmaydi, jarayon sekin-asta surunkali tus oladi va surunkali periodontitga aylanadi. 2) Sirkulyar kariyes jarayonida tish ildizi pulpasi o`zining toj qismidan ikkilamchi dentin hosil bo`lishi oqibatida ajraladi. Tishning toj qismi sinib tushganda yaroqli bo`lgan ildiz pulpasi tashqi muhitdan ikkilamchi dentin hisobiga ajraladi. U o`z navbatida sog`lom periodontni saqlab qoladi va bunday tish ildizi bir muncha vaqt o`z vazifasini bajarishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling