Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Yassilanib kechuvchi kariyes
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2.8. Yassilanib kechuvchi kariyes. Sut tishlari kariyesining bu shaklida kariyes jarayoni chuqurlashmasdan yassilanib kechishi oqibatida tish sathida katta kariyes maydonchalarini yuzaga keltiradi, shikastlangan soha juda yuzaki chuqurlikka ega bo`ladi. Agarda jarayon tez kechsa tish tezda yemirilib, uvalanib ketadi. Lekin, ba’zida yassilanib kechuvchi kariye jarayoni juda sekin kechadi. Bunda dentin jigarrang yoki to`q jigarrang tusda bo`ladi, u anchagina zich, osonlikcha ko`chirib bo`lmaydi. Bu hol surunkali kariyesning shakllaridan biri bo`lib “statsionar” yoki “to`xtab qolgan” kariyes deb ham ataladi. Yassilanib kechuvchi kariyesda tish emali va dentini qisman yemirilib ketgan bo`lishiga qaramay kariyes kavagi hosil bo`lmaydi. Bunday hol chaynov tishlarida ham, kurak 36 tishlarida ham kuzatiladi. Ammo, sut tishlarida surunkali kechuvchi kariyes jarayoni juda kam, aksariyat hollarda tez kechuvchi demineralizatsiyani kuzatamiz. Kariyes jarayonining asosiy klinik belgilari, kariyesga uchragan tishlar soni, kariyes jadalligi ko`rsatkichiga qarab kariyesning faollik darajasi aniqlanadi. Vinogradova T.F. Kariyesning 3 xil faollik guruhini tavsiya qilgan: I. guruh – kariyesning kompensatsiyalanib kechishi (1 daraja), bunda tishlar faoliyati buzilmagan.(1-5 tishlar shikastlangan) II. guruh – kariyesning subkompensatsiyalanib kechishi (2 daraja), bunda tishlar faoliyati qisman buzilgan. (6-9 tishlar shikastlangan) III. guruh – kariyesning dekompensatsiyalanib kechishi (3 daraja), bunda tishlar faoliyati deyarli to`liq buziladi. (10 va undan ortiq tishlar shikastlangan) III guruh bolalarining tishlar qatorida juda ko`plab tishlarda kariyes va uning asoratlarini kuzatish mumkin. Depulpatsiya qilingan tishlar soni ham bir muncha ko`p bo`ladi. Kariyes kavaklarida ko`plab nam, dentin o`tkir qirrali chegaraga ega, deyarli barcha tishlar jarohatlangan, tishlarda ko`plab bo`rsimon dog`lar mavjud bo`ladi. Tekshirib ko`rilganda ilgari qo`yilgan plombalarning yaroqsiz holga kelganligi, kariyes qaytalanganligini kuzatamiz. T.F. Vinogradova tomonidan taklif qilingan mazkur tasnif bolalar terapevtik stomatologiyasida keng ko`lamda ishlatiladi. Klinik belgilarning namoyon bo`lishi nuqtai-nazaridan bolalarda kechadigan kariyesning kattalarnikiga o`xshab: dog` bosqichidagi kariyes (macula carioza), yuza kariyes (caries superficialis), o`rta kariyes (caries media), chuqur kariyes (caries profunda) turlari farq qilinadi va tasnif qilinadi. Bulardan birinchi ikkitasini birlashtirib kariyesning boshlang`ich bosqichi deb yuritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling