Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tish emalining demineralizatsiyasi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2.3. Tish emalining demineralizatsiyasi. Tishlar kariyesi kasalligining rivojlanishi murakkab patologik jarayoni bo`lib, ko`pgina omillarga bog`liqdir. Bunday omillar ichida juda katta ahamiyatga ega bo`lganlaridan biri bo`lib og`izdagi aralashgan so`lak hisoblanadi. So`lakning miqdori va xususiyatlari ichki a’zolar va sistemalar to`g`risida muhim ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, tishlarda sodir bo`ladigan kariyes jarayoni qay yo`sinda kechishi va uning jadalligiga ham o`z ta’sirini bevosita ko`rsatadi. So`lak bezlar sekreti OG ` IZ bo`shlig`iga ajralib chiqishi paytida kaltsiy va fosfat minerallariga to`yingan bo`lib, tish emali sathini qoplaganda uni ana shu ionlarga boyitadi. So`lak tarkibida bikorbonat, fosfat va oqsilli bufer sistemalarning mavjudligi so`lakning nihoyatda organizm uchun zarur bo`lgan bufer xususiyatini ta’minlaydi. Bu esa og`iz bo`shlig`ining meyoriy holatini saqlab turadi. So`lak bufer sistemasi sig`imining pasayishi kariyesni faollashib jadalligining oshishiga sabab bo`ladi. So`lak tarkibidagi fermentlar ham o`z navbatida emalda yuz berishi mumkin bo`lgan jarayonlarda ishtirok etadi. Ularning faollik darajasi og`iz bo`shlig`idagi uglevodlarni parchalanishini organik kislotalarning 30 hosil bo`lib turishini ta’minlab turadi va shu yo`l bilan emal demineralizatsiyasida ishtirok etadi. Ma’lum bo`lishicha a’zolar kasalliklari organizmning umumiy ahvoli o`zgarishi og`iz bo`shlig`i to`qimalariga, jumladan emal to`qimasiga so`lak tarkibiy qismlarining o`zgartirishi orqali ta’sir qilar ekan. So`lak ajralishining buzilishi odatda tish emali va og`iz suyuqligi orasida kechadigan ionlar almashuvi barqarorligini izdan chiqaradi, bu esa o`z navbatida emal strukturasini o`zgarishiga sabab bo`ladi. Og`iz bo`shlig`ida sodir bo`lishi mumkin bulgan bunday noxush sharoitlarning barchasi xar doim kariyes kasalligini keltirib chiqarishga sabab bo`lmaydi, albatta. O`choqli demineralizatsiyaning kelib chiqishi emal to`qimasining kimyoviy tarkibi, minerallanish darajasiga bog`liqdir. Tish emalining bu xsusiyatlari tishlarning chiqquncha va chiqish davridagi organizmning umumiy ahvoli bilan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun bolaning-homiladorlik-davrida va tug`ilgandan keyingi dastlabki yillarda ona va bola organizmining salomatligini ta’minlash, ratsional ovqatlanishi, qo`shimcha ravishda ftoridlar kiritishni ta’minlash zarur. Bunday tadbir-choralar tish qattiq to`qimalarining to`laqonli shakllanishi va mineralashuvini ta’minlaydi. Bugunki kunda organizmning immun holatining kariyes jarayonidagi ishtiroki to`la-to`kis hal qilinmagan. Faqat shu ma’lumki, sekretor immungolobulinlar bakteriyalar aglyutinatsiyasini chaqirish yo`li bilan ularni tishlar emali sathiga yopishib qolishiga imkoniyat bermas ekan. Natijada og`iz bo`shlig`i gigiyenik holati yomon bo`lgan xolda ham, so`lak tarkibida sekretor immunoglobulinlar mavjudligi kariyesni oldini olishda muhim omil bo`lib hisoblanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling