Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Sut tishlar qatorida ko`plab uchraydigan kariyes
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2.6. Sut tishlar qatorida ko`plab uchraydigan kariyes. Kariyesning bu turi bolalar yoshigagina xos bo`lib, unda 8,10 va ba’zan butun 20 ta sut tishlari kariyes jarayoniga berilishi mumkin. Bunday hollarda bir tishning o`zida, uning har xil sathlarida bir necha kariyes kavaklarini aniqlash mumkin. Kariyes jarayonini bunday tusda kechishini adabiyotlarda o`tkir, juda o`tkir, gullayotgan, yugurgi kariyes deb xam yuritiladi. Ko`plab uchraydigan mazkur kariyes bolaning sut tishlari qatorini butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. Tez kechuvchi ko`plab tishlarni shikastlantiruvchi bunday kariyes jarayoni ko`pchilik hollarda boshdan kechirilgan og`ir kechuvchi o`tkir yuqumli kasalliklar (qizamiq, skarlatina, qizilcha, angina va boshqalar)dan so`ng rivojlanishi mumkin. Surunkali xastaliklardan (tonzillit, bronxitlar va boshq.) so`ng ham shunday holatlar kuzatilgan. Ko`p tishlarni shikastlaydigan kariyes jarayonida kariyes jarohatlari tishlarning barcha yuzalarida uchrashi qayd qilingan. Bunday ko`plab tez kechadigan kariyes jaryoni tish toj qismini qisqa muddatlarda yemirilishiga, pulpa to`qimasining nekroziga va tishlarning faqat ildiz qismigina saqlanib qolishiga sabab bo`ladi. Jarayon ketma-ket chiqayotgan tishlarning barchasiga tarqaladi va bolaning 3-4 yoshida barcha sut tishlari uqalanib, yemirilib ketishi oqibatida tishsizlikka olib kelishi mumkin. Tishlardagi ko`plab uchraydigan kariyes jaryoniga sabab bo`luvchi omillardan biri Raxit kasalligidir. Bugungi kunda raxit kasalligining erta 33 bolalik davrida (1 yoshgacha) tarqalish ko`rsatkichi 55-70%ni tashkil etadi. Raxit kasalligining asosida kaltsiy-fosfor almashinuvining buzilishi, almashinuv jarayonini boshqarib turuvchi D vitamini metabolitlari, qalqonsimon va qalqonsimonorti bezlar faoliyatining buzilishi yotadi. Og`ir kechuvchi raxit jarayonidan so`ng bolalarda ba’zan “gipokaltsiyemik markaz” shakllanadi. Bunday “markaz”ning shakllanishi uzoq yillar davomida gipokaltsiyemiya va yuvenil osteopatiyalarning klinik belgilarini yuzaga keltiradi. Tish-jag` sistemasi raxit kasalligida “o`qqa” tutiladigan (mishen) a’zo hisoblanadi deydigan bo`lsak xato qilmagan bo`lamiz. Raxit kasalligida tish-jag` sistemasi shakllanishining buzilishi, tishlar mineralizatsiyasining tugallanmay qolishi, doimiy tishlar kurtaklari hosil bo`lishida chetga chiqish hollari, jag`lar rivojlanishining orqada qolishi, tishlar va tishlar qatori anomaliyalari, erta yoshda uchraydigan ko`plab sut tishlari kariyes raxit kasalligi bilan sanab o`tilgan tish-jag` patologiyalari o`rtasida patogenetik bog`lanish borligidan dalolat beradi. Daun xastaligida ham shunga o`xshash klinik holatlar aniqlanadi. Bunda bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi orqada qolishi, ko`pgina ichki a’zolar, sistemalar, ayoniqsa ichki sekretsiya bezlar faoliyatini buzilganligi kuzatiladi. Tishlarning juft-juft bo`lib chiqishining buzilishi (ularning kechikib chiqishi), ayrim hollarda 4-5 yoshlarda chiqishi, sut tishlarini ko`plab kariyes jarayoni bilan shikastlanishi, bu holatning doimiy tishlarda ham kuzatilishi, tishlar barcha yuzalarining, ba’zan odatda kuzatilmaydigan til, lunj sathlarida kariyes jarayoni kechishi e’tiborni jalb qiladi. Daun kasalligida tishlarning ko`plab kariyesga uchrashiga sabab bolalarning har xil infeksiyaga tez beriluvchanligi, yuqori nafas yo`llari kasalliklariga tez-tez chalinishi va eng asosiysi og`iz bo`shlig`i gigiyenasining nihoyatda yomonligidir. Kariyes jarayoning tezlik bilan tarqalishi sut tishlaridagi eng asosiy xususiyati hisoblanadi. Sut tishlari kariyesi doimiy tishlardagi kariyes jarayonidan farqli o`laroq juda tez kechib, tezda emal-dentin chegarasiga yetib boradi va dentinni jarohatlashni davom ettiradi. Bu narsa emal qavatining yupqaligi va dentin to`qimasining sut tishlaridagi o`ziga xos 34 tuzilishi, kam minerallashgan sohalar mavjudligi, bu sohalar o`z navbatida pulpa to`qimasigacha yetib borishi bilan bog`liqdir. Shu davrda pulpa to`qimasining faollik darajasi ham pastroq bo`ladi. Shuning natijasida bolalar yoshida ayniqsa, kasalmand, hali juda yosh (1-3 yosh) bolalarda kariyes jarayonining dog` bosqichidan chuqur bosqichiga o`tishi qisqa muddatlarda yuz beradi va pulpit, periodontit kabi asoratlarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Bunday tishlar kariyes kavaklarida dentin to`qimasi juda yumshoq, palaxsa bo`lib oson ajraladi. Dentin to`qimasi och sariq tusda bo`ladi. Kariyes jarayoni emal, dentin to`qimalariga tezda singib kirib, pulpa to`qimasiga yetib borganga o`xshaydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling