Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-Rasm. 1-sinf o`rta kariyes kovagini charxlab shakllantirish.
2.9. O`rta kariyes
Bu xastalikning faol va yoshga nisbatan bir qadar klinik, ko`rinishlari mavjuddir, O`rta kariyes 1-3 yashar bolalarda ancha tezroq kechib, bir necha oy mobaynida tish emal qavati jarohatning o`rta qismida batamom uqalanib tushadi. Jarohat atrofidagi emal qavat mo`rtlashib, notekis qirralar hosil qiladi. Dentin qavat tiniqlashib namlanadi, yumshaydi va u ekskavator yordamida yengil kuchishi mumkin. Yumshoq dentin ko`chirilganda kariyes kovagining tiniq yuzasi ko`rinadi. Bu yoshdagi bolalar uchun sut tishlarda o`rta kariyesning yassi sath bo`ylab kengayishi o`ziga xos belgi bo`lib hisoblanadi. Bunda tish qattiq to`qimalari kariyesi yuza soha bo`ylab kengaya boshlaydi va u to`qimalarda mineral to`zlarning shiddatli ravishda kamayishi bilan baxolanadi. Kurak tishlarda va ayrim hollarda qoziq tishlarda yassi yemirilish aylanma yo`nalishda tez kechib, tishlar bo`yin qismini, ularning bir-biriga tegib turgan (kontakt) yuzalarini, tanglay yuzasini jarohatlab, tishlar tojsi (toj qismi)ning sinib tushishiga olib keladi. Oziq (molyar) tishlarda kariyesning yassi shaklda kechishi chaynov yuzalarda emal qavatning butkul, dentin qavatning qisman yo`qolishiga sabab bo`ladi. Shunday holatni tishlarning bo`yin qismi sohasida ham ko`rish mumkin. Kariyesning yassi yuza bo`ylab tarqalishi natijasida kurak tishlar va qoziq tishlar toj qismining bir bo`lagi yemirilib, silliqlashib qoladi (4-rasm, a, b). a b v 4-Rasm. 1-sinf o`rta kariyes kovagini charxlab shakllantirish. a-chaynov sathidagi fissur kariyesda; b-chaynov yuzasida hosil bo`lgan yassi kariyesda; v-yassi kariyes jarohatini charxlab shakllantirish va plombalash. 38 Kariyes xastaligi sut tishlarida shiddatli ravishda kechadi. U sust, surunkali kechganda jarohatlangan dentin qo`ng`ir tusda «quruq» bo`lib, uni ekskavator bilan ko`chirish birmuncha qiyinlashadi. Jarohatlangan dentin ko`chirilganda kariyes kovagining tag yuzasi och qo`ng`ir dog` rangida ko`rinadi. O`rta kariyesga tashxis qo`yganda uni chuqur kariyes, surunkali gangrenoz pulpit, surunkali periodontitlardan farqlash kerak. Bunday hollarda kariyes qavatida zond yuritib ko`rganda, kovak devorlari charxlanganda uning tag yuzasida og`riq sezilmaydi, ammo emal va dentin chegarasida yengil og`riqning paydo bo`lishi kasallikning o`rta kariyes ekanligidan darak beradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling