Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II sinf kariyesini davolash.
2.13. O`rta va chuqur kariyesini davolash. Kariyes jarayonining davolash tadbirini Blek tasnifi (klassifikatsiyasi) nuqtai nazaridan tushuntirish maqsadga muvofiqdir. I sinf kariyesni davolash. I sinf kariyes kovagini plombalashda eng yaxshi to`ldirgich bo`lib bugungi kunda shishaionomerli(glassionomerli) sementlar hisoblanadi. Bunda kariyes kovagining tubiga taglik qo`yish shart emas. Shu sinfga mansub kariyes kovaklarini ajratuvchi taglik qo`yib, belodont(belodont) sementidan gayyorlangan plomba bilan plombalash ham maqsadga muvofiqdir. II sinf kariyesini davolash. Bunda kichik va katta oziq tishlarning bir-biriga tegib turgan (kontakt, aproksimal) yuzalari shikastlanadi. Doimiy tishlarda bu xil shikastlanish birmuncha keyinroq (10- 12 yoshdan boshlab), fissur kariyesidan keyin qayd etiladi. 4-5 yashar bolalarda ko`pincha tishlar kontakt nuqtasida paydo bo`lgan kariyes jaroxati aproksimal yuza bo`ylab kengayib boradi. Bunday turdagi kariyes kovagini charxlash paytida kovak kengaytirilib, chaynov yuzasiga olib chiqariladi va qunt bilan shakl beriladi. Tish bo`yin oldi yuzasida kovak yassi shaklda ishlanib, tub qismi kirish qismiga nisbatan bir oz kengaytiriladi va qo`shimcha yuza, tayanch nuqtalari hosil qilinadi. Kontakt yuzalardagi kariyes kovagini plombalashda, albatta matritsa (qo`shni tish yuzasi bilan qo`yilayotgan plombaning orasiga qo`yiladigan metall plastinka)dan foydalanmoq zarur. Asosiy plomba tagiga qo`yiladigan taglik birmuncha suyuqroq qorishtirilsa, uni yupqa qatlam qilib yoyish osonroq bo`ladi. Taglik yupqa qavat hosil qilib qo`yilgandan keyin tishlar oralig`iga matritsa - ajratgich qo`yiladi. Bir 45 bulak amalgamadan tayyorlangan plomba kichik bo`lak holda matritsa orqasiga, ya’ni taglik ustiga qo`yilib, paxtadan tayyorlangan dumaloq tampon yog`ochdan yoki metalldan ishlangan maxsus zichlashtirgichlar yordamida mustahkamlanadi. Doimiy katta oziq tishlar kovagini amalgama, kichik oziq tishlarning kariyes kovagini esa evikrol yoki boshqa kompozit materiallar bilan plombalash maqsadga muvofiqdir. Sut tishlari molyarlari almashinuviga 1-3 yil vaqt kerak bo`lgan taqdirda belodont sementidan plomba qo`yish mumkin. Bola 4-5 yashar bo`lsa kariyes kovagiga yaxshi shakl berib, amalgama plombalaridan foydalanish ijobiy natijalar beradi. 2-4 yashar bolalarda birinchi oziq tishlardagi kichik hajmdagi kariyes kovaklarini fosfat sement(unitsem), laktodont, infantid sementlari ayniqsa shishaionomer sementlar(TSemion, Fuji va b.) bilan tagliksiz plombalash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ko`pchilik hollarda injiq va besaranjom bo`lganliklari tufayli shikastlangan yuzaga kerakli shakl bera olmaslik mumkin. Keyinchalik bu plombalar yemirilgan yoki yengil shikastlanganda yupqa qatlam hosil bo`ladi, shunda kerakli shakl berib, ustidan amalgama plomba qo`yish mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling