Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
III sinf kariyesini davolash
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
III sinf kariyesini davolashda quyidagilarga amal qilishni lozim
deb hisoblaymiz. Bu guruxga kiruvchi kariyes kovaklari kurak va qoziq tishlarning kontakt yuzasida aniqlanadi. Mabodo tishlar orasidagi masofa jag` suyagi o`sishi natijasida (4-5 yashar hollarda) birmuncha kengaygan (trema) bo`lsa, shikastlangan emal qavati silliqlanib, unga 30% li kumush nitrat eritmasi bilan uch marta qaytalab ishlov beriladi. Natijada kariyes jarayoni rivojlanishdan to`xtaydi va sut tishlari fiziologik almashinuvigacha shikastlanmasligi mumkin (5-rasm, a, b). Tishlar bir-biriga nisbatan zich joylashgan taqdirda kariyes kovagiga kichik o`lchamli sharsimon yoki teskari konussimon bor yordamida shakl beriladi. Tayanch nuqtalar bu holda tish dentinining milkka va kesuvchi yuzaga yaqin sohalarida hosil qilinadi (5-rasm, v, g.). Bu xilda shakl berilgan kariyes kovaklarini fosfat sementi bilan berkitish lozim. 46 5-Rasm. Oldingi kesuvchi sut tishlarida III-sinf kariyes kovagiga charxlab ishlov berish: a,b – tishlar orasida diastema mavjud bo`lganda; v,g – tishlar orasida diastema bo`lmagan hollarda kariyes kavagini shakllantirish. Rossiyada va YEvropa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yangi, plombalash uchun ishlatiladigan shishaionomer sementlaridan foydalanish ham yaxshi natijalar bermoqda. U asoratsiz bo`lib, tish emali bilan kimyoviy birikish xususiyatiga egadir. III sinf guruxiga kiruvchi, unchalik chuqur bo`lmagan kariyes kovaklarini berkitishda juda qo`l keladi. Sut tishlarini plombalashda, shuningdek yana bir yangi hosil qilingan laktodont sementi ham qulaydir. Qattiqlikda u belodont sementidan qolishmaydi. Yuqorida aytilgan plombalash materiallari (ashyolari) tish pulpasiga nisbatan zararsiz bo`lganligi uchun ularni taglik (taglik - himoya qavati) siz ishlatish ancha qulaylik tug`diradi va kam vaqt talab qiladi. Kompozit materiallar (evikrol, polikarboksilat va b.) qo`llanilganda charxlangan kariyes kovagi juda ham ehtiyotlab 37% li ortofosfat kislotasi yordamida kaltsiysizlantiriladi. Buning uchun 10-20 soniya mobaynida kariyes kovagi devorlari shu suyuqlik yordamida yengil namlanadi, shundan so`ng 20 sekund mobaynida suv bilan yuviladi. Kompozit materiallar faqat taglik ustidan qo`yiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling