Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
3 Bob. TISH PULPASINING YALLIG`LANISHI
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
49 3 Bob. TISH PULPASINING YALLIG`LANISHI 3.1. Pulpa yallig`lanishining bolalarda kechadigan klinik xususiyatlari. Tish pulpasining yallig`lanishining har xil yoshdagi bolalarda uchratishimiz mumkin. Chaynov tishlarda kesuvchi tishlarga nisbatan pulpa yallig`lanishi 5-6 marotaba ko`proq uchraydi. Pulpitlarni chaqiruvchi asosiy sabab, kariyes davolanmaganligi oqibatida mikroblar va ularning toksinlarini yupqa dentin qavat va keng dentin kanalchalari orqali tish bo`shlig`iga pulpa to`qimasiga sizib o`tishi hisoblanadi. Bundan tashqari kimyoviy ta’sirot (kariyes davolanganda), mexanik travma (tishlar singanda, kariyes kovagi charxlanayotganda) va kamdan-kam hollarda mikroblarni infeksiya o`chog`idan qon orqali pulpa to`qimasiga olib kelishi hisobiga ham pulpa yallig`lanishi ro`y beradi. Bolalar yoshida sut va shakllanmagan doimiy tishlarda kechadigan pulpitlarning o`ziga xos qator xususiyatlari mavjudkim, bu xususiyatlar katta yoshdagi kishilarda uchramaydi. 1. Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda uncha chuqur bo`lmagan kariyes kovagi mavjud bo`lsa, pulpa yallig`lanishi sodir bo`lishi mumkin. Bunga yupqa dentin qavat, dentinning kam minerallashganligi va dentin kanalchalarining kengligi sabab bo`ladi. 2. Bolalar yoshida pulpa to`qimasida yallig`lanish jarayoni tez tarqalib ketadi. Bunga pulpa to`qimasining yoshga qarab shakllanishi sabab bo`ladi. Bolalar tish pulpasida kattalarnikidan farqli o`laroq, hujayra elementlari, asosiy amorf modda ko`proqq bo`lib, tolali strukturalar oz miqdorda bo`ladi. Qon tomirlar bilan ta’minlanishining faolligi tezda ekssudatli jarayonning boshlanishiga olib keladi. Ildiz kanallarining kengligi, ko`pchilik hollarda apikal teshikning shakllanmaganligi, ildiz kanali to`qimasining toj pulpasi bilan bir xil struktura tuzilishi ham sodir bo`lgan ekssudat va mikroblar, ular 50 toksinlarini tez tarqalib periodont to`qimasigacha o`tib ketishini ta’minlaydi. 3. Bolalar yoshida surunkali pulpitlar o`tkir pulpitga nisbatan ancha ko`p uchraydi. Bunga sut tishlarida birlamchi surunkali pulpitlar sodir bo`lishi sabab bo`ladi. Cho`qqi teshigining kattaligi ildiz kanallarining kengligi va dentin kanalchalarining keng va qisqa bo`lishi ana shunga imkon yaratib beradi. Sanab o`tilgan shart – sharoitlar yallig`lanish ekssudatini tezda tarqalib ketishiga olib keladi. 4. Yuqorida keltirilgan anotomik va fiziologik xususiyatlar bolalarning har xil yoshida bir xil pulpa yallig`lanishining har xil klinik belgilar bilan kechishiga sabab bo`ladi. Masalan yallig`lanishning o`tkir chegaralangan davri sut tishlarida, ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda juda qisqa muddat, deyarli simptomsiz kechsa, shakllangan ildizi doimiy tishlarda klinik belgilarining o`tkirligi bilan kattalardan farq qilmaydi. 5. Bolalarda surunkali pulpitlar deyarli shikoyatsiz kechadi. Ayrim hollardagina bemor anamnezidan harorat va mexanik ta’sirotlardan shikoyat bo`lganligini aniqlaymiz. 6. Bolalarda pulpaning yiringli yallig`lanishi belgilari barcha pulpitlarda patomorfologik usulda aniqlangan. Sababchilari bo`lib, aralash infeksiyadan agressivi, ko`pchiligini hosil qiluvchi stafilakokklar hisoblanadi. Bunda bolalarda immunogenez jarayonining susayishi, jarayonning keng ko`lamda tus olishi, sensibilizatsiya va avto sensibilizatsiya hollari, kuchli zaharlanish belgilari qayd etilishi mumkin. 7. Kattalarnikidan farqli o`larok o`tkir va o`tkirlashgan surunkali pulpitlarda periodont to`qimasi yallig`lanish jarayoniga tortiladi. Sut tishlari va ildizi shakllanmagan doimiy tishlar pulpitida periodont to`qimasining yallig`lanish jarayoniga tortilishining sabablari bo`lib, pulpa to`qimasi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, bar’er funksiyasini sustligi, ildiz kanallarining kengligi, apikal cho`qqi teshigining kattaligi hisoblanadi. Buning oqibatida periodont 51 to`qimasiga virulent infeksiyaning va ular toksinlarining ekssudat bilan oqib kirishi, periodont to`qimasining to`liq shakllanmaganligi tezda yallig`lanish jarayoniga qo`shilib ketishiga olib keladi. 8. Bola organizmining umumiy javob reaksiyasi pulpaning diffuz yallig`lanishida, asosan surunkali pulpitlarning o`tkirlashgan hollarida giperergik tus olishi mumkin. Bu o`z navbatida bola organizmi reaktivligi yuqoriligi, periodont to`qimasi strekturasining takomillashmaganligi, ekssudatsiyaga moyilligi, markaziy asab sistemasining mukammallashmaganligi, gormonal va umumiy immunitet holati, pulpa to`qimasining mikroblar bilan sensibilizatsiyasi bilan bog`liqdir. Yosh bolalarda bu jarayon harorat ko`tarilishi, bosh og`rigi, bo`shashish, uyquga tortilish, leykotsitlar sonini, eritrotsitlar cho`kish tezligining oshishi bilan kechadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling