Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yallig`langan pulpani og`riqsizlantirib chuqur


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   261
3.11. Yallig`langan pulpani og`riqsizlantirib chuqur 
amputatsiya qilish usuli 
Bunday usulda davolash tadbirlari yallig`langan tish pulpasining 
toj qismini to`liq va ildiz pulpasini qisman kesib olib tashlashdan iborat. 


64 
Chuqur amputatsiya usuli, to`liq shakllanmagan tishlarda 
yallig`lanish jarayoni surunkali kechishi natijasida, faqat toj pulpasimas, 
qisman ildiz pulpasi ham jarohatlanganda qo`llanadi. 
Davolashning bu usuli shakllanmagan bir ildizli doimiy tishlarda 
kechadigan surunkali gangrenoz pulpitda va travmatik pulpitda 
(travmadan keyin 48 soatdan ko`proqq vaqt o`tgan bo`lmasa) 
qo`llanilganda ijobiy natijalar beradi. 
Surunkali kechadigan gangrenoz pulpitda shikoyat bo`lmaydi. 
Lekin bor yordamida ildiz pulpasi charxlanganda kuchli og`riq seziladi. 
Shuning uchun kariyes kovagini charxlash va amputatsiya muolajasidan 
oldin tish yaxshilab og`riqsizlantiriladi. Chuqur amputatsiya usulini 
amalga oshirishda uskunalarni to`g`ri tanlab, ustalik bilan ishlata bilish 
muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi, uskunalar to`g`ri va ustalik bilan 
ishlatilsa, 3- raqamli yoki 5-raqamli sharsimon bor ildiz kanaliga 3-5 
mm chuqurlikda kirib, 1/3 qism ildiz pulpasini amputatsiya qilishga 
imkon beradi. (9-rasm a,b). Amputatsiyadan so`ng qon oqishi to`xtatilib, 
ildiz pulpasining qolgan qismi yangi tayyorlangan pasta kanalining 
kirish qismiga gladilka yordamida qo`yiladi. 
9-Rasm. Surunkali gangrenoz 
pulpitda chuqur amputatsiya 
usuli. 
a-muolajagacha: 
1-
yallig`langan pulpa; 2-o`lik pulpa; b-
chuqur amputatsiya muolajasi; v-
davolangandan 
so`ng: 
1-dentin 
qatlam; 2- formalinli pasta; 3-doimiy 
plomba; g-ijobiy natija; d-ildiz 
cho`qqisi 
shakllangan: 
1-dentin 
qatlam; 2-ildiz cho`qqisi atrofida 
suyak to`qimasining siyraklashuvi; 
3-tirik 
pulpa; 
4-mumiyolashgan 
pulpa; 5-foralinli pasta; 6-plomba; 
ye-salbiy 
natija: 
1-surunkali 
periodont 
yallig`lanishi; 
2-
shakllanmagan ildiz; 3-o`lik pulpa. 


65 
Keyin ildiz ignasi uchiga paxtadan turunda yasab, shu turunda 
orqali pasta oxistalik bilan jarohatlangan ildiz pulpasi yuzasiga yopiladi. 
Ildiz kanali plomba qilinayotganda kuchli bosim hosil qilmaslik kerak. 
Pasta ustidan steril tampon qo`yilib, tish kovagi 5-b kunga vaqtinchalik 
berkitiladi (suvli dentin pasta yordamida). Shu vaqt mobaynida tish 
og`rib bezovta kilmasa, vaqtinchalik plomba, paxta tampon olib 
tashlanib, tish kovagiga himoya qatlami (fosfat sementdan) surtilib, 
ustidan doimiy plomba (silidont sementidan) qo`yiladi. 
Chuqur amputatsiyada davolovchi malxam pastasini tanlashda 
uning 
mikroblarga, 
yallig`lanishga 
qarshi 
ta’siri va singish 
xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Chunonchi, kaltsin va kalmetsin 
pastalarining tarkibiga kiruvchi kaltsiy gidrooksidi bir qadar 
mikroblarga qarshi va yallig`lanish jarayoniga birmuncha ijobiy ta’sir 
etish xususiyatiga egadir. Ammo bu ta’sir chegaralangan bo`lib, 
pulpaning chuqur qatlamlariga singib kira olmaydi. Shuni nazarda tutib, 
yallig`lanish jarayoni o`tkirlashib qaytalanganda chuqur va har 
tomonlama ta’sir kuchiga ega bo`lgan boshqa dori-darmonlardan 
foydalanish lozim. Mabodo ildiz pulpasining qolgan qismida qaytalanish 
jarayoni aniqlansa, amputatsiya qilingan pulpa jarohatiga ta’siri keng 
bo`lgan antibiotiklar (neomitsin, eritromitsin, streptomitsin va boshq.), 
fermentlar (tripsin, ximotripsin, ximopsin) aralashmasi (gidrokortizon va 
boshqa glyuakokortikoid gormonlar emulsiyasida tayyorlangan) kor 
qiladi. 1-2 kunga qo`yilgan bu malxamlar yallig`lanish jarayonini 
tinchlantiradi. Shikoyat bo`lmagan taqdirda ildiz kanalining bo`sh qismi 
formalin saqlovchi pastalar yordamida ohista to`ldiriladi. Bu xil pastani 
quyidagicha tayyorlash mumkin. Bir tomchi 10% li formalin eritmasiga 
bir tomchi glitserin, bir dona timol kristali va pasta holiga kelguncha rux 
oksidi kukuni qo`shiladi. Hosil qilingan bu pasta tishni bo`yamaydi, 
pulpaning chuqur qavatlariga singib kirib, yaxshi dezinfeksiya 
(mikroblarni o`ldiradi) qiladi. Bu esa pulpa chirishining oldini oladi va 
qoldirilgan pulpa xayotini, fiziologik xususiyati bo`lgan dentin hosil 
qilish jarayonini davom ettirishni ta’minlaydi. Buning natijasida ildiz 
to`liq shakllanadi. 


66 
Shunga karamasdan o`tkazilgan muolaja natijasini rentgen 
tasviridan foydalanib, boshida har 3-6 oy mobaynida, keyinchalik yiliga 
bir marta tekshirib turish lozim. Ba’zi bir hollarda dentin hosil bo`lish 
jarayoni buzilishi natijasida ildizning o`rta qismida bushliq hosil 
bo`lishi, periodont tirqishining kengayishi, ildie atrofidagi suyak 
to`qimasida osteoporoz jarayonlari kuzatilishi mumkin. Bunday 
o`zgarishlar kuzatilganda to`liq ekstirpatsiya usulidan foydalanib, tish 
qayta davolanadi. Rentgen suratida yuqorida qayd etilgan o`zgarishlar 
va klinik belgilar bo`lmasa, kasal tish boshqatdan davolanmaydi. 
Ildizlari shakllanmagan sut va doimiy katta oziq tishlarda 
kechadigan surunkali gangrenoz yoki boshqa tur pulpitlarda 
yallig`lanish belgilari tish atrofi to`qimalariga ham tarqalgan bo`lsa, u 
holda chuqur amputatsiya muolajasi o`tkazilgandan keyin yallig`lanish 
jarayonini tinchlantiruvchi davo tadbirlari o`tkazilib, davolash rezorsin-
formalin usuli qo`llanilib tugatiladi. Bunda ildizning pulpadan holi 
qilingan qismi rezorsin-formalinli pasta bilan to`ldirilib, ustidan fosfat 
sementli qavat qo`yiladi va doimiy plomba bilan tish kovagi berkitiladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling