Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Yallig`langan tish pulpasini og`riqsizlantirib to`liq olib
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.13. Yallig`langan pulpani jonsizlantirib qisman olib tashlash yo`li bilan davolash (devital amputatsiya) usuli
3.12. Yallig`langan tish pulpasini og`riqsizlantirib to`liq olib
tashlash (vital ekstirpatsiya) usuli Bu usul bolalarda ildizi shakllangan frontal (oldingi) tishlarda travma natijasida vujudga kelgan pulpitni davolashda qo`llaniladi. Bu usuldan boshqa turdagi pulpa yallig`lanish jarayonlarini ham davolashda foydalansa bo`ladi. Bunda asosiy shart bo`lib, ildizning to`la shakllanishi hisoblanadi. Og`riksizlantirishning yuqorida sanab utilgan turlari bilan bir qatorda anestetik moddalarni to`gridan-to`gritish pulpasiga BI-8 in’ektorlaridan foy-dalanib bosim ostida purkash ham ancha ishimizni yengillatadi So`ng pulpa tish kovagidan to`liq olib tashlanib, ildiz kovagi plombalanadi. Bunda plomba materiali ildizdan tashqariga chikmasligi kerak. Bu usulni ko`p ildizli shakllangan katta, kichik oziq tishlarda kechadigan pulpa yallig`lanishiga ham qo`llash mumkin. 67 3.13. Yallig`langan pulpani jonsizlantirib qisman olib tashlash yo`li bilan davolash (devital amputatsiya) usuli Bu usulda yallig`langan pulpani davolash bolalarda ko`p qo`llanadi. Bunga usulning oddiy bajarilishi, qatnovlar paytida vaqt tejalishi, davolash davrida og`riq hissining sezilmasligi va boshqalar sabab bo`ladi. Quyidagi hollarda bu usuldan foydalanish tavsiya etiladi: 1) rivojlanish va shakllanishning qaysi bir davridan qat’iy nazar sut tishlarida kechadigan pulpa yallig`lanishining barcha turlarida, 2) shakllanmagan ildizli doimiy tishlarda kechadigan pulpa yallig`lanishining hamma turlarida. Quyidagi holatlarda ko`rsatilgan usuldan foydalanilmaydi. 1) umuiy (diffuz) o`tkir pulpitda tish atrofi to`qimalari yallig`lanish jarayoniga qo`shilganda; 2) qayta o`tkirlashgan surunkali pulpa yallig`lanishida tish atrofi to`qimalarida o`zgarishlar aniqlanganda. Yuqorida ko`rsatilgan ikki holatda ham tish atrofi yumshoq to`qimlarida qizarish, shish, milk sohasida yiring yo`li (svish) va chegaralangan limfadenit kabi o`zgarishlar borligi kuzatiladi. Ana shunday noxush belgilar borligi aniqlangan paytda pulpa yallig`lanishi jarayonini bartaraf etish uchun shakllangan ildizli sut tishlarida pulpani to`liq olib tashlash (ekstirpatsiya) usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarda esa chuqur amputatsiya usulini qo`llash zarur hisoblanadi. Jonsizlantirish yo`li bilan yallig`langan tish pulpasini qisman olib tashlash usuli uch qatnovda amalga oshiriladi. Bola birinchi marta murojaat qilganda ob’ektiv, sub’ektiv belgilar asosida kerakli, to`g`ri tashxis qo`yilgandan keyin kariyes kovagi ovqat qoldiqlaridan va yumshoq dentin to`qimasidan bartaraf etiladi. Kariyes kovagi biror-bir ilitilgan antiseptik eritmasi bilan (kaliy permanganati, furatsilin yoki boshq.) yuvilib, tampon yordamida quritiladi. Umumiy o`tkir pulpitda, qaytalanib og`irlashgan surunkali gangrenozda tishning pulpa bo`shlig`i kichik o`lchamli toza (steril), o`tkir sharsimon yoki teskari konus shakliga ega bo`lgan borlar yordamida, ochiladi. Undan oldin kovak 68 tubiga og`riqsizlantiruvchi suyuqlikda ho`llangan paxta tampon 5-7 minut davomida qo`yiladi. Surunkali kechadigan gipertrofik pulpitda mahalliy og`riqsizlantirish muolajasidan keyin, kariyes kovagi o`sib chiqqan pulpa to`qimasidan o`tkir ekskavatorlar yordamida ajratiladi. Barcha hollarda ham ochilgan pulpa kovagi nuqtasida qon oqishi yoki qizarib turgan pulpa to`qimasi yaqqol ko`rinadi. Shu nuqtani zond yuritilib paypaslaganda kuchli og`riq seziladi. Kariyes kovagidagi shu aniqlangan sohaga jonsizlantiruvchi modda bo`lib hisoblangan arsenat kislotasi qo`yiladi. Ustidan og`riqsizlantiruvchi suyuqliqqa ho`llangan paxta tampon qo`yilib, suvli dentin pasta surtiladi va kariyes kovagi vaqtinchalik berkitiladi. (10-rasm a, b, v). Shuni esda saqlash lozimki, sut tishlarida kechadigan pulpa yallig`lanishi jarayonini davolash paytpda kovakka qo`yilayotgan jonsizlantiruvchi arsenat kislotasining hajmi (miqdori), doimiy tishlarga shu xil vaziyatda qo`yiladigan miqdor bilan bir xil bo`lishi zarur. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling