Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Yallig`langan pulpani tirik holda og`riqsizlantirib
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.10. Yallig`langan pulpani tirik holda og`riqsizlantirib amputatsiya qilish usuli Bu usul pulpa yallig`lanishining quyidagi turlarini davolash uchun qo`llanadi: 1) shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda. (asosan oldingi gurux) kechadigan surunkali fibroz pulpitda; 2) o`tkir mexanik jarohat natijasida toj qismi sinib, pulpa ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida); 3) sut tishlarining yassi kechadigan o`rta va chuqur kariyesida (qachonki kovaklarni plombalash uchun boshqa sharoit bo`lmagan taqdirda). Yallig`langan pulpani tirik amputatsiya qilish usuli, albatta og`riqsizlantirish muolajasidan keyin amalga oshiriladi. Buning uchun tish atrofidagi yumshoq to`qimaga novokain, lidokain, perimikain va boshqa og`riqsizlantiruvchi anestetiklar yuborilib, to`yintiriladi (infiltratsiya) yoki nerv tolasi atrofiga to`g`ridan-to`g`ri igna orqali anestetik eritma yuborish yo`li bilan amalga oshiriladi. Sharoit bo`lgan taqdirda umumiy og`riqsizlantirish (narkoz) vositasidan ham foydalanish mumkin. Kariyes kovagi borlarni tez-tez almashtirib, dentin to`qimasini qavatma-qavat olib tashlash yo`li bilan charxlanadi. Bu xol chuqur dentin qavatga mikroblar o`tishidan saqlaydi. Pulpa bo`shlig`ini ochib amputatsiya qilishdan oldin kariyes kovagi antiseptik eritmalar yordamida yaxshilab yuvilib, quritiladi. Shundan keyin pulpa bo`shlig`i ochilib, mikrobsizlantirilgan sharsimon, teskari konussimon o`tkir bor yordamida toj pulpasi ildiz kanaliga o`tish qismidan qirkilib ajratiladi va olib tashlanadi. (8-rasm). 63 8-Rasm. Shakllanmagan ildizli kurak sut tishi pulpasi yallig`lanishida vital amputatsiya usuli. a-toj pulpasining amputatsiyasi; b-tugallangan muolaja: 1-davolovchi qatlam; 2-ajratuvchi qatlam; 3-doimiy plomba; v-ijobiy natija: 1- hosil bo`lgan dentin ko`prikcha; g-salbiy natija: 1- cho`qqi teshigi atrofida suyak to`qimasining yemirilishi . Sizib oqayotgan qonni to`xtatish uchun adrenalin eritmasiga namlangan (yoki 2-3% li vodorod peroksidli) tampon qo`yiladi. Qon tuxtatuvchi vosita 8-10 minut mobaynida ushlab turiladi. Shundan keyin pulpa bo`shlig`ining tub sathiga kaltsin yoki kalmetsindan tayyorlangan davo qatlami surtiladi, ustiga yumshoq steril paxta tampon qo`yilib, suvli dentin pasta yordamida kovak berkitiladi. 5-7 kunlar mobaynida tish bezovta qilmasa, unga doimiy plomba quyiladp. Buning uchun dentin plomba va paxta tampon olib tashlanadi, zaharli ta’sirga ega bo`lgan sement yoki amalgamali plomba oldidan kovak tubiga fosfat sementdan tayyorlangan himoya qatlami qo`yiladi. Bunday davolash usulining afzallik tomoni shundan iboratki, bunda tish ildizi kovagida joylashgan pulpa tirik qoladi. Ildiz shakllanishi davom etadi. Davolashdan keyingi bir yil vaqt ichida pulpa kovagining toj bilan ildiz qismi oralig`ida yangi hosil bo`lgan dentin ko`prikchani rentgen tasvirida ko`rishimiz mumkin. Agar elektroodontodiagnostika kanal pulpasining o`lganligidan dalolat bersa, tish boshqatdan davolanadi (ekstirpatsiya usuliga karang). Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling