Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali gipertrofik pulpit


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   261
3.7. Surunkali gipertrofik pulpit 
Tish pulpasining bu xil yallig`lanishida pulpada proliferativ 
jarayonlar avj olishi natijasida uning hajmi oshadi. Bunday holda tish 
yumshoq to`qimasi pulpa bo`shlig`ini to`ldirib, kariyes kovagiga o`sib 
chiqadi va uni ham to`ldirishi mumkin Bolalarda bu xil pulpa 
yallig`lanishi kamdan-kam hollarda uchraydi. Kasallikni gipertrofik 
papillit (milk so`rg`ichining o`sib ketishi) dan farqlash zarur. Buni 
amalga oshirish uncha qiyinchilik tug`dirmaydi. Buning uchun tish 
buyin atrofida emal qavat sathi buylab zond yuritilib, milk 


57 
so`rg`ichining kariyes kovagiga o`sib kirgan oyoqchasi topiladi va 
ajratiladi. 
Pulpaning 
gipertrofik 
yallig`lanishini 
surunkali 
periodont 
kasalligidan ajratish birmuncha qiyinchilik tug`dirishi mumkin. 
Surunkali, 
ayniksa 
granulyatsiyalanib 
kechadigan 
periodont 
yallig`langanda ko`pgina hollarda patologik so`rilish natijasida pulpa 
qavatining tub devori yoki yon devori shikastlanib, granulyatsiya toj 
bo`shlig`iga o`sib kiradi va kariyes bo`shlig`ini to`ldiradi. Lekin shu 
bilan birgalikda surunkali periodont yallig`lanishining bu xil kechishida 
quyidagi belgilarni ham ko`rish mumkin. Bunda tish o`rnidan bo`shab 
liqillab qoladi, milk ko`karadi, paypaslagan paytda tish ildiz sohasida 
alveolyar o`siqning yemirilganligi aniqlanadi. Kasal tish rangi o`zgarib, 
ko`kimtir tus oladi. Ayniqsa, tish atrofidagi yumshoq to`qimada, milk 
sohasida yiring yo`li (svish) bo`lishi mumkin. Qo`shimcha o`tkazilgan 
tadqiqot (rentgen tasvirida) periodont yallig`lanishiga mos o`zgarishlar 
borligini ko`rsatadi, bu esa bizga qiyosiy tashxisni qo`yishda katta 
yordam beradi. 
 
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar 
1. Sut tishlarida pulpa yallig`lanishining kaysi bir turi ko`proq 
uchraydi? Uning klinik belgilarini sanab o`ting. 
2. Qanday klinik belgilar umumiy o`tkir (diffuz) pulpitni 
o`tkirlashib qaytalangan surunkali gangrenoz pulpit va o`tkir periodontit 
bilan qiyoslab (differensial) farqlashda muhim ahamiyat kasb etadi? 
3 Surunkali gipertrofik pulpitni, kariyes kovagiga o`sib kirgan milk 
so`rg`ichidan va surunkali kechadigan periodontitda pulpa kovagiga 
o`sib chiqadigan granulyatsiya to`qimasidan qanday usullar yordamida 
farq qilib ajratish mumkin? 
4. Ildizi shakllanmagan tishlarda uchraydigan surunkali gangrenoz 
pulpitni shu xil tishlarda kechadigan surunkali granulyatsiyalanuvchi 
periodontit bilan qiyoslab (differensial) farqlashda qaysi bir ko`rik 
usulidan foydalaniladi? Bu holda qanaqa belgilar muhim ahamiyatga 
egadir? 


58 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling