Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6. Surunkali gangrenoz pulpit
3.5. Surunkali fibroz pulpit
Pulpaning bu xil yallig`lanishi bolalarda eng ko`p uchraydigan kasallik turi hisoblanadi. Surunkali fibroz pulpit sut tishlarida va ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda juda ko`p hollarda klinik belgisiz kechishi mumkin. Kasallik bolalarda rejali sanatsiya olib borilgan yoki u qayta yallig`lanib, o`tkirlashgan paytda bolalar vrachga murojaat qilishi natijasida aniqlanadi. Qayta yallig`lanish paytida uzoq muddatli simillovchi og`riq ovqatlangandan keyin, ko`chadagi sovuqdan va ba’zi 54 bir hollarda kechasi paydo bo`ladi. Bola og`riyotgan tishini aniq ko`rsatib beradi. Og`rigan tishni ko`zdan kechirayotganimizda unda kariyes kovagi borligini, zond yuritilganda bu kovak pulpa bo`shlig`iga tutashligini yoki qonagan og`riqli pulpa etini kovakdan chirib yumshagan dentinni ko`chirayotgan paytda aniqlaymiz. Surunkali fibroz pulpitning bolalarda, asosan klinik belgisiz kechishini nazarda tutgan holda, shifokor sut va doimiy tishlarning chuqur kariyes kovagiga ishlov berib bo`lgandan keyin extiyotkorlik bilan kariyes kovagining tub sathini, ayniqsa pulpa proyeksiyasi sohasini zond yurgizib, tekshirib chiqishi zarur. Ana shunday qunt bilan tekshirishlar ko`p hollarda kariyes kovagining pulpa bo`shlig`i bilan tutashligini ko`rsatishi mumkin. Ochilgan pulpada zond yuritilayotganda shuni nazarda tutish kerakki, agar tish ildizlari fiziologik yoki patologik so`rilishning oxirgi davrida bo`lsa, og`riq kuchli bo`lmaydi. Bunda bolaning yoshi va kasallik muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ildiz so`rilishi boshlanmagan sut tishlarida bunday hollarda kuchli og`riq seziladi. 3.6. Surunkali gangrenoz pulpit Bu tur pulpa yallig`lanishi bolalarda uchrashi jihatidan surunkali fibroz pulpitdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bolalarda tish og`rigiga shikoyat bo`lmaydi. Kasallik tarixida fibroz pulpitga nisbatan oldingi paytlarda ko`proqq og`riq bo`lganligini aniqlash mumkin. Gangrenoz pulpit bilan og`rigan tish kariyes kovagiga zond yuritilgan paytda ko`p hollarda kovak bo`shlig`i pulpa bo`shlig`i bilan tutashligini qayd etish mumkin. Pulpa kovagining yuzaroq sathini zond bilan qitiqlaganda og`riq bo`lmasligi, tish toj qismida joylashgan pulpaning nekrozga uchraganidan (o`lganidan) darak beradi. Toj pulpasi yaxshilab ochilib, zond chuqurrok yuritilganda pulpaning chuqur joylashgan sohasida yoki ildiz kanallariga kirish qismidagina og`riq paydo bo`ladi. Bu xol ildiz pulpasining tirikligidan darak beradi va qon oqib chiqishi buni tasdiqlaydi. Surunkali gangrenoz pulpit tish bo`shlig`i yopiq bo`lgan hollarda ham kechishi mumkin. Bunda kariyes kovagi bilan pulpa bo`shlig`i 55 orasida ma’lum qatlam dentin to`sig`i bo`lishi mumkin. Bu hollarda infeksiya (mikrob) sut tishlarining keng dentin kanallari orqali pulpa bo`shlig`iga o`tgan bo`ladi. Bunday chuqur kariyes kovagini charxlash va yumshagan dentin qavatini olib tashlash paytida bola og`riq sezmaydi. Bu xol vrach xushyorligini oshirmog`i lozim. Kariyes tubi sathidagi dentin kulrang bo`lib, tiniq bo`lmaydi. Agar sinchiklab zond yuritilganda kovakning pulpa bo`shlig`i bilan tutashgan nuqtalari topilmasa, unday hollarda kovak tubi sathiga asbestli tampon qo`yilib, vaqtinchalik suvli dentin qatlami bilan berkitilib, bemor rentgen kabinetiga yuboriladi. Sekinlik bilan kechuvchi surunkali chuqur kariyes jarayonining rentgen surati ko`zdan kechirilganda, yuza dentin qavat tagida qalin, ikkilamchi (zamestitelniy) dentin hosil bo`lganligining guvoxi bo`lamiz. Bu xol esa kovak charxlangan paytda og`riq sezilmaganidan darak beradi. Demak, biz bu yerda chuqur kariyesni aniqlaymiz. Surunkali gangrenoz pulpitda ko`pincha (80% ga yaqin) rentgenogrammada periodontal tirqishning kengayganligini, alveolyar suyak to`sig`ida osteoporoz (to`qima siyraklanishi), doimiy tish ildizi atrofida suyak to`qimasi surilib qo`shuvchi to`qima bilan to`lganligi (osteoskleroz), juda yupqa ikkilamchi dentin qavat hosil bo`lganligini (yoki umuman ikkilamchi dentin kanal yo`qligini) ko`rish mumkin. Kasallikni aniqlash (diagnostika) paytida ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda kechadigan surunkali gangrenoz pulpitni, surunkali granulyatsiyalanuvchi (granuliruyushiy) periodont yallig`lanishidan farqlay (differensial diagnostika) olish ancha mushkullik tug`diradi. Chunki bunday holda doimiy tishning shakllanmagan ildizi kovagiga granulyatsiya to`qimasi o`sib kirib, uni to`ldirishi mumkin va uni biz ko`pgina hollarda ildiz pulpasi sifatida qabul qilishimiz mumkin. Yuqorida aytib o`tilganidek, bizga tish ildizining rentgen tasviri yordam beradi. Surunkali gangrenoz pulpitda rentgen tasvirida ildizning normal o`sish chegarasi yaqqol ko`rinadi. Granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitda shakllanmagan ildiz atrofidagi suyak to`qimasida destruksiya (to`qima yemirilishi) jarayonini ko`ramiz, uning sathi tish ildizi o`sish zonasi sathidan anchagina kattaroq bo`ladi, 56 chegarasi aniqlalmaydi. Surunkali periodontitda tish ildizi shakllanishi. Shu yoshdagi shakllanish me’yoridan ancha orqada qoladi. Gangrenoz pulpitda ildizlar o`lchami cog` tishnikidan farq qilmaydi va bola yoshiga mos keladi. Farqlab tashxislash davolashni to`g`ri rejalashtirishda juda muhimdir. Chunonchi, gangrenoz pulpitni davolashda shifokor ildiz pulpasining xech bo`lmaganda quyi (apikal) qismini saqlab qolishni nazarda tutmog`i lozim. Bu esa shakllanmagan ildiz rivojini davom ettirib, uning to`liq shakllanishiga olib kelishi mumkin. Surunkali periodontit yallig`langanda granulyatsiya to`qimasi o`zida dentin hosil qiluvchi odontoblast hujayralarini saqlamaydi, buning natijasida dentin hosil bo`lish jarayoni to`xtaydi. Bunday holda ildiz kanalini plombalashdan oldin, uni faqat o`lgan pulpa qoldiqlaridangina emas, balki granulyatsiya to`qimasidan ham yaxshilab tozalash zarur. 3-4 yashar bolalarda surunkali gangrenoz pulpitning o`tkirlashib qaytalanishi juda og`ir kechishi mumkin. Bunday bolalarda tana harorati ko`tarilib, organizmning zaharlanish alomatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Ular o`zlarini bexol sezishib injiqlanishadi, teri rangi oqarib, sovuq ter qoplashi mumkin. Kasallangan tish sohasida yuz-jag` yumshoq to`qimasining shishi, o`tkir limfadenit, ya’ni bolaning holati surunkali periodontitning o`tkirlashib qaytalanish belgilariga o`xshab ketadi. Pulpa bo`shlig`ini extiyotlab ochib, zond yuritilganda jarayonning o`tkirlashganligini ko`rish mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling