Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Bolalarda pulpit kasalligini davolashning o`ziga xos chora-
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.8. Bolalarda pulpit kasalligini davolashning o`ziga xos chora-
tadbirlari Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maqsad bemor shikoyatlarini, pulpa to`qimasidagi yallig`lanish jarayonini bartaraf qilish, jarohatlangan tishning anatomik va funksional holatini tiklash, periodont, jag` suyagi va yumshoq to`qimalarda vujudga kelishi mumkin bo`lgan bir qadar yallig`lanish jarayonlarining oldini olish (profilaktika)dir. Bulardan tashqari, bolalarda tish ildizlarining shakllanishi yoki fiziologik so`rilish jarayonlarining me’yorida borishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida ko`rsatilgan vazifani izchillik bilan amalga oshirish uchun davolash usuli oddiy, bajariladigan texnik ishlov jarayonlari og`riqsiz bo`lishi zarur. Bolalarda pulpit kasalligini davolash usullari o`ziga xos bo`lishi bilan bir qatorda, ularning ijobiy hamda salbiy tomonlari ham bo`lishini nazarda tutmoq lozim. Pulpa yallig`lanishi (pulpit) ni davolashning quyidagi usullari mavjud: 1. Toj va ildiz pulpasining tirikligini va fiziologik faolligini ta’minlovchi (biologik) usul. 2. Og`riqsizlantirish yo`li bilan tirik tish pulpasini qisman olib tashlash (vital amputatsiya) usuli. 3. Og`riqsizlantirish yo`li bilan toj pulpasini to`liq, ildiz pulpasini qisman olib tashlash - chuqur amputatsiya usuli. 4 Og`riqsizlantirish yo`li bilan tish pulpasining toj va ildiz qismlarini to`liq olib tashlash (vital ekstirpatsiya) usuli. 5. Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirib, qisman olib tashlash (amputatsiya) usuli. Jonsizlantiruvchi (nekroz chaqiruvchi) vosita sifatida arsenat kislotasi (E. YE. Platonov tavsiya qilgan retseptlar asosida), fenol va formalin eritmalarnning (2:1 nisbatda) aralashmasi, paraformaldegidli pasta(Devit A, B, S, D) va boshqalar ishlatiladi. 6. Jonsizlantirilgan pulpani to`liq - butkul olib tashlash (devital ekstirpatsiya) usuli. Davolashning u yoki bu usulini tanlashda kasal tishning kaysi guruxga kirishini, kasallikning rivojlanish davrini, qo`yilgan tashxisni va 59 bolaning yoshini, albatta hisobga olish muhimdir. Shuning uchun davolovchi vrach bolalarda tishlarning chiqish muddatlarini, ildizlarning shakllanish va so`rilishi jarayonlarini, tishlar almashinuvi muddatlarini juda yaxshi tasavvur qila bilishi zarurdir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling