Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Pulpa yallig`lanishi davolangandan keyin sodir bo`lishi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.16. Pulpa yallig`lanishi davolangandan keyin sodir bo`lishi mumkin bo`lgan asoratlar Yallig`langan tish pulpasiga og`riqsizlantirish yo`li bilan davo qilinganda uning tish kanalida qolgan qismining mikroblar ta’sirida parchalanishi yoki davolash usuli noto`gri tanlanishi natijasida, doimiy plomba qo`yilgandan keyin surunkali, kuchsiz, ovqat chaynash paytida kuchayuvchi og`riqlar paydo bo`lishi mumkin. Kasallangan og`riq tish sohasi ko`zdan kechirilganda, tish atrofi yumshoq to`qimalarida qizarish, yengil shish ko`rish mumkin. Jag` osti sohasi paypaslanganda limfa tugunlarida o`zgarish seziladi. Bunday hollarda doimiy plomba olib tashlanib, tish ildizi qoldiq pulpa to`qimasidan holi qilinadi, tozalanadi va ma’lum bir muddatga ochiq qoldiriladi. Kasalga ichish uchun mikroblarga va yallig`lanish jarayoniga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi dori-darmonlar tavsiya etiladi. Yallig`lanishga qarshi pulpani jonsizlantirish usuli, ayniqsa amputatsiya usuli qo`llangan ba’zi bir holatlarda plombalangan tishda issiq, sovuqdan ba’zan ovqat chaynash paytida og`riq seziladi. Tish atrofi yumshoq to`qimasida oqma yo`l paydo bo`lishi mumkin. Yuqorida qayd qilingan belgilar tish ildizidagi qoldiq pulpaning surunkali yallig`lanishidan va parchalanishidan dalolat beradi. Bunday hollarda tish davolangandan ma’lum muddat o`tgandan keyin sut tishlari ildiz sathida rentgen tasvirida yallig`lanuvchi kista, ildizlarning patologik yemirilishi, atrof suyak to`qimasida so`rilish manzaralari aniqlanadi. Yuqoridagi vaziyatlar vujudga kelgudek bo`lsa: 1) og`riqlarda boshqatdan ekstirpatsiya usulini qo`llash; 2) ildiz va suyak to`qimalari destruksiyasida - sut tishini oldirib tashlash; 3) kista hosil bo`lganda - sut tishini olib tashlab, sistotomiya qilish maqsadga muvofiqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling