Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   261
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar 
1. Og`riqsizlantirish yo`li bilan davolashning jonsizlantirish yo`li 
bilan davolashdan asosiy farqi nimada? 
2. Biologik va jonsizlantiri6 amputatsiya qilish usullarini 
qo`llashda qanday ko`rsatmalarga amal kilinadi? 
3. Qanday hollarda ildiz pulpasining cho`qqi (apikal) qismini 
saqlab qolishni ta’minlaydigan davo usuli qo`llaniladi va bu usul qanday 
bajariladi? 
4. Shakllangan ildizli sut tishlarini davolashda qaysi bir usuldan 
foydalaniladi? 
5. Davolashda plomba vositalar qanday tanlanadi? 
6. Sut tishlari (katta oziq tishlari) ko`proqq qaysi bir usulda 
davolanadi? 
7. Doimiy molyar (katta oziq) tishlarda qaysi yoshda amputatsiya 
usuli qo`llaniladi? Nima uchun? 
8. Doimiy bir ildizli tishlarni davolashda qaysi yoshdan boshlab 
ekstirpatsiya usulini qo`llash mumkin? 
9. Bolalarda pulpa yallig`lanishini davolashda qaysi bir usul
asosan ko`proqq qo`llaniladi? Nima uchun? 
 


75 
4 Bob. PERIODONT YALLIG`LANISHI 
 
4.1. Bolalarda periodontitlarni o`ziga xos klinik kechishi. 
Bolalarda odatda surunkali periodontit o`tkir periodontitdan so`ng 
yoki birlamchi surunkali periodontit sifatida pulpa yallig`lanishi va 
nekrozi oqibatida, shu bilan birgalikda ayrim hollarda uzoq davom 
etgan, periodont to`qimasiga ta’sir ko`rsatuvchi mexanik mikrotravmalar 
(baland qilib qo`yilgan plomba, tishlar orasida qalam, ruchka va boshqa 
predmetlarni tutib turish odati, noto`g`ri qo`yilgan ortodontiya 
moslamalari va x. k.) natijasida yuzaga keladi. O`tkir mexanik kuchli 
travma oqibatida pulpa to`qimasining o`lishi ham vaqt o`tishi bilan 
surunkali periodont yallig`lanishini yuzaga keltiradi. 
Infeksiyali surunkali periodontitlar ko`pchilik hollarda birlamchi 
surunkali 
periodont 
yallig`lanish 
sifatida 
kechadi. 
Surunkali 
periodontitlarda sut tishlari ildiz kanallari mikrobiologik tekshirilganda 
(4-8 yashar bolalarda) 70% Streptococcus Salivarius, 23% Stafilacoccus 
Albus topilgan. 
Bolalar yoshida periodont, pulpa va tish qattiq to`qimalarining 
o`ziga xos anatomik, gistologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib 
chiqib, surunkali periodontitlar bir qator o`ziga xos klinik xususiyatlar 
bilan kechadi: 
1) Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda surunkali periodontitlar 
unchalik chuqur bo`lmagan kariyes kovagi mavjud tishlarda pulpa 
bo`shlig`ining yopiq bo`lishi bilan kechadi; 
2) Sut tishlarida asosan periodontitning granulyatsiyalanuvchi turi 
ko`proqq yuzaga keladi va ildizlarning patologik so`rilishi kuzatiladi; 
3) Yosh bolalarda kechadigan granulyatsiyalanuvchi surunkali 
periodontit mavjud tishlar atrofidagi milk to`qimasida, katta yoshdagi 
o`smir bolalarga nisbatan deyarli barcha hollarda oqma yo`l borligi 
kuzatiladi; 
4) Ko`pchilik hollarda surunkali periodontit tish ildizlari 
bifurkatsiyasi sohasida suyak to`qimasining yemirilishiga olib keladi; 
5) Surunkali periodontitlarda pulpa nekrozi va o`suvchi soha 
to`qimasining o`sishi shakllanmagan ildizlarning o`sishini to`xtashiga 


76 
sabab bo`ladi; 
6) Sut tishi ildizi atrofida paydo bo`lgan granulyatsiyalanuvchi 
to`qima doimiy tish follikulasiga tarqalib uning me’yordagi rivojini 
buzadi; 
7) Ko`p ildizli tishlar ildizi atrofida har xil yallig`lanish jarayonlari 
sodir bo`lishi mumkin (granulyatsiyalanuvchi, fibroz, granulematoz); 
8) Katta yoshdagi kishilarnikidan farqli o`laroq surunkali 
granulyatsiyalanuvchi periodontit bolalarda, aksariyat hollarda surunkali 
limfadenit va periost yallig`lanishi bilan kechadi. 
Surunkali kechadigan sut tishlari periodontiti yallig`lanish 
jarayonining va jadallik darajasiga qarab, uzoq muddat kechishi vaqtiga 
qarab har xil asoratlarga sabab bo`lishi mumkin. 
1. Sut tishlari periodont to`qimasidagi surunkali yallig`lanish 
jarayoni doimiy tishlar kurtagida ohaklanish jarayoni yuz bermasdan 
oldin shu kurtaklarni qamrab olib yallig`lanish jarayoniga tortgan bo`lsa, 
mazkur doimiy tish kurtaklarining o`lishi yuz beradi. Rentgen tasvirda 
tish kurtaklarini o`rab, ajratib turuvchi kortikal suyak plastinkasi erib 
ketganligi va tish kurtagining mavjudmasligi aks etgan bo`ladi. 
2. Bir qadar oxaklashgan doimiy tish follikulalarida uning 
atrofidagi surunkali perikoronal yallig`lanish tish kurtaklaridagi modda 
almashinuv va mineral almashinuv jarayonlarini buzishi oqibatida 
mahalliy gipoplaziyaning har xil ko`rinishlari yuz beradi. Shu bilan bir 
qatorda odontoblast hujayralar funksiyasi buzilsa bunda tishlar shakli va 
rangi buzilishi kuzatiladi. (Turner tishlari). 
3. Doimiy tish kurtaklarining sut tishlarining surunkali periodontiti 
tufayli nekrozga uchrashi oqibatida shakllanishi to`xtaydi va u 
sekvestrlarga ajralib parchalana boshlaydi. Sut tishlari olib tashlansa
alveola bo`shlig`ining yiring bilan to`lganligi va doimiy tish sekvestrlari 
mavjudligi aniqlanadi. Bunday tish oldirib tashlashdan boshqaga 
yaramaydi. 
4. Sut tishlari periodontining surunkali granulyatsiyalanib 
yallig`lanishi doimiy tish kurtagini ajratib turuvchi kortikal suyak 
plastinkasini erta yemirilishiga va doimiy tishning muddatidan oldin 
chiqishiga sabab bo`ladi. Bunday xol o`z navbatida juft – juft bo`lib 


77 
chiqish tartibini buzadi va tishlar qatori prikusining deformatsiyasiga 
olib keladi. Bunday bar vaqt chiqqan tishlar tezda kariyes jarayoniga 
uchraydi. 
5. Sut tishlari periodontitidagi surunkali granulyatsiyalanuvchi 
yallig`lanish jarayoni va muntazam ravishda yig`ilib turadigan yiringli 
ekssudat doimiy tish kurtagini o`rnidan siljitishi, uning holatini 
o`zgartirishi, o`z o`qi atrofida aylantirishi mumkin. Bu esa keyinchalik 
shu tishning vaqtida chiqmasligiga, til yoki lunj tomondan yorib 
chiqishiga sabab bo`ladi. 
6. Sut tishlari ildizi atrofidagi surunkali yallig`lanish jarayoni shu 
sohadagi doimiy tish kurtagining retensiyaga uchrashini, chiqmay 
qolishini ham ta’minlashi mumkin. 
7. Sut tishi ildizidan doimiy tish kurtagiga tarqalgan surunkali 
yallig`lanish doimiy tish kurtagini qamrab olgan ildiz kistasining hosil 
bo`lishiga olib keladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling