Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   261
4.4. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit 
Bu xil turdagi periodont yallig`lanishi bolalarda juda ko`p 
uchraydi. Surunkali yallig`lanish jarayoni periodont to`qimasi atrofini 
o`rab turgan mineral tuzlarga to`yinmagan suyak ustunchalarining tezda 
buzilishiga va ular o`rnining granulyatsiyalanuvchi to`qima bilan 
almashinuviga sabab bo`ladi. Bu tur yallig`lanish jarayoni uchun 
to`qimada hujayralarning o`lishi (alteratsiya) va hosil bo`lishi 
(proliferatsiya) dan tashqari, tomirlardagi qon suyuk qismining sizib 
chiqishi (ekssudatsiya) ham xosdir. Shu sababli ekssudat o`ziga yo`l 
ochib, tish milki atrofiga yorib chiqadi va svish hosil qiladi. Surunkali 
yallig`lanish jarayoni ko`p ildizli sut tishlari atrofidagi suyak 
to`qimalarida tez yoyilib, tish ildizlari joylashgan alveolalar 
(chuqurchalar) orasidagi suyak to`sinchalarini va doimiy tish 
kurtaklarini o`rab turuvchi kompakt suyak plastinkalarini yemiradi. Bu 
hol 2-3 yashar bolalarda doimiy tish kurtaklarining to`liq yemirilishi 
bilan tugallanishi mumkin. Ana shunday bolalarda keyinchalik doimiy 
tishlar shu nuqtalarda o`sib chiqmaydi va bu hol birlamchi adentiya 
(tishsizlik) deb izoxlanadi. Ba’zi bir hollarda esa yallig`lanish jarayoni 
ta’sirida doimiy tish kurtaklarining emal va dentin qavati gistogenezi 
buzilishi oqibatida o`sib chiqqan tish toj qismida har xil dog`lar, 
struktura buzilishi (Turner tishlari) holatlari qayd etiladi. Ayrim hollarda 
doimiy tish kurtagi o`rnidan siljishi keyinchalik tishlar joylanishi 
anomaliyasiga olib keladi. Surunkali yallig`lanish jarohatlangan sut 
tishlari ildizlarining muddatidan oldin (patologik) yemirilishiga sabab 
bo`ladi. Bunda ildiz so`rilishi (rezorbsiya) ildizning cho`qqi qismidan 
boshlanmasligi mumkin. Ko`p ildizli tishlarda bu xil so`rilish 
bifurkatsiya sohasida kuzatilsa, tish toj bo`shlig`ining tag devori 
yemirilib, pulpa bo`shlig`i bilan periodont to`qimasi o`zaro aloqador 
bo`lib qoladi (perforatsiya) va granulyatsiyalanuvchi to`qima pulpa 
bo`shlig`iga o`sib kiradi. Bu hol davolovchi shifokorlarga soxta 


82 
gipertrofik pulpit belgilarini namoyon qilishi mumkin. Ana shunday 
vaziyatlarda kasal tish rentgen suratini sinchiklab o`rganish yaxshi 
natijalar beradi va tashxis to`gri qo`yiladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling