Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar 1. O`tkir cho`qqi periodontitga olib keladigan sabablarni sanab bering. 2. Periodont yallig`lanishida kechiktirib bo`lmaydigan birinchi yordam qanday hollarda amalga oshirilmog`i lozim? 3. Birinchi yordam qanday amalga oshiriladi? 84 4. Sut tishlarida kechadigan surunkali periodont yallig`lanishi doimiy tishlar rivojlanishiga qanday ta’sir ko`rsatishi mumkin? 5. O`tkir cho`qqi periodontitda yoki qaytalanib o`tkirlashgan surunkali periodont yallig`lanishida bolalarda kuzatiladigan umumiy klinik belgilarni sanab bering. Bunga nimalar sabab bo`ladi? 6. Surunkali kechadigan periodont yallig`lanishi bolalarning umumiy ahvoliga qanday ta’sir ko`rsatadi? 7. Periodont yallig`lanishi jarayoni vaqtida davolanmasa qanday asoratlarga olib keladi? 4.8. Bolalarda kechadigan periodontitlarni davolash. Sut tishlarida kechadigan surunkali periodont yallig`lanishi atrof suyak to`qimasi va ildizlarning bir qadar kuchli so`rilishiga olib keladi. Buning natijasida har qanday to`g`ri olib borilgan davo tadbirlari ham suyak to`qimalarining tiklanishiga yordam bermaydi. Shuning uchun ko`p vaqt davomida kechayotgan surunkali periodont yallig`lanishida davo tadbirlari chegaralanishi va tishni oldirib tashlash ko`p hollarda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ana shunday hollarda yallig`lanish jarayonini tuxtatish uchun qilingan davo va ildiz kanalini yaxshilab tozalab plombalash ham jarayonning to`xtashiga garov bo`la olmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib, quyidagi hollarda sut tishlarini davolash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi: 1) tishlar almashinuviga 1,5-2 yil qolgan bo`lsa; 2) bola organizmida surunkali kechadigan infeksion-allergik, organizm sezgirligini oshiruvchi kasalliklar aniqlansa; 3) kasallik tarixida oldin ham bir-ikki marotaba qayta o`tkirlashuv hollari qayd qilingan bo`lsa; 4) ildizlarning patologik so`rilishi natijasida, ularning 1/4 yoki 1/3 qismi yemirilgan bo`lsa; 5) so`rilish jarayoni ildizlarning qo`shilgan qismini (bifurkatsiya) jarohatlagan yoki so`rilish natijasida toj tub devori yemirilgan (perforatsiya) bo`lsa; 85 6) yallig`lanish doimiy tish kurtaklarini o`rab turuvchi kompakt suyak qatlamini jarohatlagan taqdirda; 7) sut tishlari ildizida hosil bo`lgan kista yallig`langanda; 8) davolash jarayonida yallig`lanish qayta o`tkirlashishi oqibatida suyak usti pardaga o`tganda, yiringli limfa tuguni yallig`langanda va boshqa hollar paydo bo`lgan taqdirda. Ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda periodont yallig`langanda davolash chora-tadbirlari birmuncha boshqacharok bo`ladi. Yallig`lanish jarayonining har qanday turida ham shifokor oldidagi vazifa iloji boricha kasal tishni saqlab koluvchi tadbirlarni qo`llashga qaratilgan bulmogi shartdir. Faqatgina quyidagi hollardagina kasal tish olib tashlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi: 1) surunkali yallig`lanish jarayonida toj tag devorida perforatsiya (emirilib teshilish) yuz bergan bo`lsa va tish toj qismining buzilishi oqibatida uni plombalab tiklashning iloji bo`lmasa; 2) davolash davomida yallig`lanish qayta o`tkirlashib periostit, abssess, osteomiyelit kabi noxush asoratlarga olib kelish xavfi tug`ilgan taqdirda. Surunkali periodont yallig`lanishini davolash bolalarda birmuncha o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Bir ildizli sut tishlari misolida ko`radigan bo`lsak, davolash bunday hollarda birinchi qatnov davomida tugatiladi. (11-rasm). Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling