Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-Rasm. Shakllanmagan ildizli
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
12-Rasm. Shakllanmagan ildizli
doimiy kurak tishlarni davolash. a-davolanishdan oldingi manzara: 1-granulyatsiyalanuvchi to`qimaning ildiz qavatiga o`sib kirishi; 2-o`lgan pulpa to`qimasi; b- granulyatsiya to`qimasini olib tashlash; v-muolaja tugatilgandan so`ng: 1-to`ldirgich pasta; 2-dentin qatlam; 3-plomba; g-suyak to`qimasining tiklanishi. Bunday davoni og`riq paydo bo`lgan hollarda tishni og`riqsizlantirish yo`li bilan amalga oshirish mumkin. Ildiz kovagidan granulyatsion to`qima olib tashlanayotgan vaqtda kuchli qon oqish hollari yuz berpshi mumkin. Qon oqishini to`xtatish maqsadida ildiz kovagiga bir necha minut mobaynida vodorod peroksidi yoki adrenalin suyuqligi Shimdirilgan turunda qo`yish ishimizni ancha yengillashtiradi. Ildiz kovagini granulyatsion to`qimadan bartaraf qilib plomba materiali bilan to`ldirish bemorning birinchi qatnovi vaqtida tugallanmog`i lozim. (12-rasm, v, g). Aks holda, ikkinchi qatnov vaqti mobaynida granulyatsion to`qima kovakka yana o`sib kirishi mumkin. Bajarilgan ishlar rentgen tasviridan foydalanib kuzatilishi shart. Agar ildiz kovagi shakllanmagan tishlarda oxirigacha to`ldirilmaganligi natijasida yallig`lanish jarayoni davom etib, periodont atrofidagi suyak to`qimasi tiklanmasa, bunday hollarda suyak yemirilishi davom etadi va yiringli ekssudat milk sohasiga yorib-chiqib, svish hosil bo`ladi. Ana shunday hollarda jarroxlik yo`li bilan tish ildizining uch qismi kesib (rezeksiya) olinadi. 89 Surunkali periodont yallig`lanishi katta oziq sut tishlarida rezorsin- formalin usulida davolanadi. Bemorning birinchi qatnovi vaqtida kariyes kovagi kengaytirilib charxlanadi va pulpa kovagi yaxshilab ochiladi. Chirigan pulpa qoldiqlari ildiz kovagiga kirish qismidan tozalanib, fenol-formalin eritmasi shimdirilgan paxta tampon qo`yilib, kovak suvli dentin pasta yordamida berkitiladi. Fenol-formalin suyuqligi mikroorgannzmlarni o`ldirib, kovakni dezinfeksiya qiladi. Ayni holda tish kovagini bunday yo`l bilan berkitish (germetizm) periodont to`qimasida mavjud bo`lgan ekssudatli yallig`lanish jarayonining faollik kuchini sinash uchun ham vosita bo`la oladi. Shu tarzda kovagi berkitilgan kasallangan tish 2-3 sutka mobaynida og`rib bemorni bezovta qilmasa, ikkinchi qatnov paytida muolaja davom ettiriladi. Bordi-yu, davolanayotgan tishda kovak berkitilgandan keyin ma’lum bir muddat o`tgach og`riq paydo bo`lsa, u holda vaqtinchalik plomba olib tashlanib, tish kovagi ochiq holda qoldirilishi ota-onalarga ma’lum qilinadi. Bolalarda doimiy oziq tishlarni davolashda bemorning birinchi qatnovi davomida kasallangan tishniig toj va ildiz kovagi odatda chirigan pulpa qoldiqlaridan holi qilinmog`i lozim. Lekin birinchi qatnovda tish ildiz cho`qqisi drilbor yordamida (burama bor) kengaytirilmasligi lozim. Aks holda infeksiya periodont to`qimasidan ichkari kirib, yallig`lanish jarayoni qayta o`tkirlashishi mumkin. Chunki doimiy oziq tishlarda bir ildizli tishlardan farqli ravishda Z ta ildiz mavjuddir, bu esa infeksiya tarqalishining havfini yanada oshiradi. Shularni nazarda tutib, ildizlarni dezinfeksiya qilish maqsadida, ildiz bo`shlig`iga kirish sohasida fenol va formalin eritmalarining 2:1 nisbatdagi aralashmasiga shimdirilgan paxta tamponni (1-2 sutka) vaqtinchalik plomba ostida qoldirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ikkinchi qatnov paytida ildiz kanallari oxirigacha tozalanadi va rezorsin- formalin suyuqligi yordamida impregnatsiya qilinadi (shimdiriladi). Shundan keyin plombalash ishlari amalga oshiriladi. Rezorsin-formalin aralashmasini ildiz kanaliga kiritishdan oldin, unga antiseptik ishlov berilib quritiladi. Yuqori jag` molyar (oziq) tishlari davolanayotganda bemor kresloga gorizontal holda yotqizilib 90 (boshi orqaga tashlanadi, engagi yuqoriga ko`tariladi. Bu holatda kiritilayotgan eritma ildiz kanali cho`qqisigacha oqib kiradi. Yosh bolalarda (4-5 yosh) bunday holat birmuncha qo`rquv hissini tug`dirishini hisobga olib, ularni kresloga vertikal holda o`tkazilib, ildiz kanallariga eritma yumshoq paxta turundalar yordamida bir necha bor takroran kiritish bilan singdiriladi. Ana shundan keyin kanallarga kirish qismida eritmani paxta tamponga shimdirib, vaqtinchalik plomba ostida qoldirish mumkin va oxirgi qatnov paytida plombalash ishlari tugatiladi. Ildiz bo`shlig`ini to`ldiruvchi pasta sifatida rezorsin-formalin eritmasida qorishtirilgan rux oksidi (okis sinka) poroshogidan foydalaniladi. Rux oksidi rentgen kontrast modda hisoblanadi. Ildizlari shakllanmagan oziq tishlarda kechadigan surunkali periodont yallig`lanishini davolash anchagina qiyinchiliklar tug`dirishi mumkin. Shakllanmagan ildizlarning keng bo`lgan oxirgi qismlaridan ildiz bo`shlig`iga granulyatsion to`qima (periodont tomonidan) o`sib kirishi mumkin. (13-rasm, a). Davolash paytida bu to`qimalarni yuqorida ko`rsatilgan bir ildizli tishlardagidek kesib, kuydirib (koagulyatsiya) olib tashlash lozim. Bu ish uchta ildiz kanalida bir vaqtning o`zida amalga oshirilsa, og`ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling