Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Surunkali granulematoz periodontit
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.7. O`tkirlashgan surunkali periodont yallig`lanishi
4.5. Surunkali granulematoz periodontit
Periodont yallig`lanishining bu xil surunkali kechadigan turi sut tishlarida juda kam uchraydi. Pulpaning yallig`lanish jarayonida o`lishi, doimiy shakllanmagan tishlarda noto`g`ri yoki samarasiz davolanish oqibatida qayd etiladi. Kasallikning klinik belgilari yaqqol namoyon bo`lmaydi. Yallig`lanishning qayta o`tkirlashuvi va yiring yo`llarining (svish) ochilishi ham juda kam hollarda kuzatiladi. Ba’zi bir hollarda og`iz dahlizining o`tuvchi burmalari paypaslanganda tish ildizi sohasida kam og`riqli suyak to`qimasining 2-3 sathda bo`rtib chiqish hollarini ko`rish mumkin. Rentgen suratida kasallangan tish ildiz cho`qqisi atrofida suyak to`qimasining tekis dumalok shaklda so`rilishidan hosil bo`lgan qoramtir, dumaloq sohani ko`z bilan ilg`aymiz. Ko`pgina hollarda bu xil yallig`lanish jarayoni borligiga qaramasdan, tish ildizi shakllanishda davom etadi va to`liq shakllangan bo`ladi. 4.6. Surunkali fibroz periodontit Surunkali periodont yallig`lanishining bu turi sut tishlarda uchramaydi. Ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda juda ham hollarda qayd etiladi. Surunkali fibroz periodont yallig`lanishida klinik belgilar yaqqol namoyon bo`lmaydi. Bolalar kasallangan tishdan shikoyat qilmaydilar. Ularning mavjudligi bolalarni yalpi stomatologik ko`rikdan o`tkazish paytida aniqlanadi. Bu xil periodont yallig`lanishining kamdan-kam hollarda qayta o`tkirlashuviga organizmga kuchli sovuq ta’siri yoki biror-bir umumiy og`ir kechadigan kasallik ta’sirida kuchsizlanish sabab bo`lishi mumkin. Lekin shu xil oqibatlar ta’sirida yallig`lanish surunkali granulyatsiyalanuvchi jarayonga turtki bo`lishi yoki bo`lmasa granulema hamda kistani paydo qilishi mumkin. 4.7. O`tkirlashgan surunkali periodont yallig`lanishi Klinik belgilari bilan infeksiya (mikrob) ta’sirida vujudga keladigan o`tkir cho`qqi periodontitga juda o`xshashdir. Oylar, ba’zan 83 yillar mobaynida bezovta qilmagan surunkali periodont yallig`lanishi to`satdan yuqorida ko`rsatilgan sabablar natijasida, bola organizmi immunologik himoya kuchlarining pasayishi oqibatida qaytalanib o`tkirlashadi. Bolalar stomatologiyasi amaliyotida bu xil periodont hastaligining o`tkirlashuvi tez-tez sodir bo`lib turadigan holdir. Ko`p uchrashi jihatidan birlamchi o`tkir cho`qqi periodontitga nisbatan oldingi o`rinlarni egallaydi. Bu ikki bir xil klinik ko`rinishdagi tish kasalligini bir biridan farqlashda kasallik tarixi, ob’ektiv ma’lumotlar va ayniqsa, rentgen suratining tahlili muhim manbaa hisoblanadi. Jarohatlangan tishda ilgari ham bir necha bor shikoyat alomatlarining bo`lganligi, tish kovagining ochiqligi va ob’ektiv ma’lumotlar tish rangining o`zgarganligini ma’lum qiladi. Rentgen tasvirida esa periodont to`qimasi atrof suyagining yemirilishi yuqorida yozilgan uch xil surunkali yallig`lanish jarayonining qaysi birigadir xos bo`lgan o`zgarishlarning borligini tasdiqlaydi. Kechiktirib bo`lmaydigan birinchi mutaxassis yordami o`z tartibi bilan aynan o`tkir cho`qqi periodontiti jarayonidagidek ko`rsatiladi. Tish kariyes kovagi charxlanib, pulpa bo`shlig`i kengaytirilib ochiladi. Ildiz kanallari chirigan ovqat va pulpa chirindilaridan holi qilinadi. Kanallar biror-bir antiseptik (2% li xlor, furatsilin, dioksidin, metrogil va boshqa) eritmalar bilan ohista yuvilib, tish ochiq qoldiriladi. Agar qaytalanish jarayoni bir necha marta takrorlansa, kasallangan tishni jarroxlik yo`li bilan olib tashlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday hollarda tishni saqlab qolishga urinish og`ir kechadigan asoratlar: periostit yoki jag` suyagining yiringli yallig`lanishiga (osteomiyelit) olib kelishi mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling