Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Tish pulpasini yallig`lanishini davolash jarayonida vujudga


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   261
3.15. Tish pulpasini yallig`lanishini davolash jarayonida vujudga 
kelishi mumkin bo`lgan asoratlar, sabablar va ularni bartaraf 
etish yo`llari 
1. Davolashning biologik usulini qo`llaganda ob’ektiv va sub’ektiv 
sabablarni to`la va aniq hisobga olmaslik natijasida yallig`lanishga 
qarshi dori-darmonlar noto`g`ri tanlanganda, ovqat chaynayotgan 
mahalda yoki kechqurun tishda og`riq paydo bo`lishi mumkin. Bunda 
shakllanmagan ildizli tishlarni qayta og`riqsizlantirib, amputatsiya 
usulini, katta oziq sut tishlarida jonsizlantnrish yo`li bilan amputatsiya 
usulini, shakllangan ildizli tishlarda to`liq ekstirpatsiya usulini qo`llash 
maqsadga muvofiqdir. 
2. Davolashning og`riqsizlantirish (amputatsiya yoki ekstirpatsiya) 
usullari qo`llanilganda tishda kuchli og`riq paydo bo`lishi mumkin. 
Bunga og`riqsizlantirish texnikasining buzilishi yoki tanlangan 
og`riqsizlantiruvchi vositaning kuchsizligi sabab bo`ladi. Bunday 
hollarda qo`shimcha ravishda to`g`ridan-to`g`ri pulpa to`qimasiga BI-8 
uskunasi yordamida bosim ostida anestetik purkash yaxshi natija beradi. 


72 
3. 
a) 
Davolashning 
jonsizlantirish 
(devitalizatsiya) 
usuli 
qo`llanilganda tishda og`riq paydo bo`ladi. Bunga arsenat kislotasi 
ustidan og`riqsizlantiruvchi vositaga ho`llangan tampon qo`yilmasligi 
yoki arsenat kislotasi ustiga qo`yilgan vaqtinchalik plombaning pulpa 
to`qimasiga kuchli bosim ko`rsatishi sabab bo`ladi. Bunda og`riq 
kuchayadi va bolaning ota-onasi uni yana shifokor xuzuriga qayta olib 
kelishga majbur bo`ladi. Bu holda vaqtinchalik plomba olib tashlanadi, 
yangitdan arsenat kislota qo`yilib, ustidan og`riqsizlantiruvchi vosita 
shimdirilgan g`ovak paxta tampon qo`yiladi, ohistalik bilan suvli dentin 
pastadan tayyorlangan vaqtincha plomba bilan kovak berkitiladi. 
b) Agar jonsizlantiruvchi vosita qo`yilgandan keyin 1-3 kun o`tib 
tishda ovqat chaynash paytida og`riq sezilsa, bunga arsenat kislotasining 
ortiqcha miqdorda qo`yilganligi yoki bo`lmasa ko`rsatilgan muddatdan 
uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida ushlanib turilganligi sabab 
bo`ladi. Bu noxush vaziyatni bartaraf etish uchun shakllangan ildizli 
tishlarda ekstirpatsiya, shakllanmagan tishlarda chuqur amputatsiya 
usullaridan foydalanib, tish pulpasi to`liq yoki qisman olib tashlanadi. 
Ildiz kanalining kirish qismiga unitol yoki qalampirmunchok moyiga 
shimdirilgan paxta tampon qo`yilib, tish kovagi vaqtinchalik plomba 
yordamida 4-6 kuncha berkitiladi. Shu vaqt mobaynida tishdagi og`riq 
pasayib to`xtaydi va davo tadbiri oxiriga yetkaziladi. 
Ba’zan arsenat kislotasi ta’sirida to`liq jonsizlantirilmagan pulpa 
amputatsiyasidan keyin mumiyolashtirish uchun qo`yilgan rezorsin-
formalin suyuqligi ta’sirida ham kuchli og`riq paydo bo`lishi mumkin. 
Uni bartaraf etish uchun vaqtinchalik plomba olinib, kanalning kirish 
qismiga ko`yilgan fenol yoki boshqa bir kimyoviy eritmaga ho`llangan 
tampon vositasida ildiz pulpasi kuydiriladi (koagulyatsiya). So`ngra 
kuydiruvchi vosita olib tashlanib, o`rniga yana rezorsin-formalinli 
tampon qo`yilib, kovak 2-3 kunga berkitiladi. Yallig`langan tish 
pulpasini butunlay olib tashlash (ekstirpatsiya) usuli qo`llanilayotgan 
paytda tish kanalidan qon tomirlar uzilishi natijasida kuchli qon oqishi 
mumkin. Bunday hollarda kanalga 2-3 pulpaekstraktor birga kiritilib, 
ildiz pulpasi to`liq, olib tashlanadi va kanalda adrenalin suyuqligi 
shimdirilgan paxta turunda 1-2 kuncha qoldirilib, kovak vaqtinchalik 


73 
plomba bilan berkitiladi. Ana shu muddat o`tgandan keyin qon oqishi 
to`xtaydi va davolash oxiriga yetkaziladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling