Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirish yo`li bilan to`liq
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.14. Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirish yo`li bilan to`liq
olib tashlash (devital ekstirpatsiya) usuli Tish pulpasining yallig`lanishini by usulda davolash quyidagi hollarda tavsiya etiladi: 1) shakllangan bir ildizli sut tishlarida; 2) shakllangan ildizli doimiy tishlarning barchasida kechadigan pulpa yallig`lanishining hamma turlarida. Bemor birinchi marta murojaat qilganda tegishli ishlov berili6, ochilgan pulpa kovagi nuqtasiga arsenat kislota qo`yiladi. Shakllangan bir ildizli sut tishlarining pulpa bo`shlig`i bemorning ikkinchi murojaati paytida (arsenat kislotasi qo`yilgandan keyin ertasiga) kengrok qilib, borlar yordamida ochiladi. Tish toj bo`shlig`ida joylashgan pulpa to`qimasi sharsimon o`tkir bor bilan ajratib olinadi. Ildiz pulpasi 2-3 ta pulpaekstraktor yordamida tozalab olinadi. Ildizning cho`qqi (apikal) qismidagi teshik kengrok bo`lsa, ezilgan tomirdan shiddatliroq qon oqishi mumkin. Bunday holda davolashni ma’lum muddatga kechiktirib, ildiz kanalida qon oqishini to`xtatish maqsadida Platonov tavsiya etgan suyuqlikda yoki bo`lmasa kamforafenol va formalin eritmalari aralashmasida (2:1) ho`llangan turunda 1-2 kunga qoldiriladi. Keyingi katnovda vaqtinchalik plomba va turunda olib tashlanadi va ildiz kanali quruk turunda bilan ivigan qon qoldiqlaridan tozalanadi. Quritilgan ildiz kanali timol saqlovchi evgenol yoki boshqa bir yorda qorishtirilgan pasta bilan to`ldiriladi va ajratuvchi qatlam qo`yilib, tish kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi. Sut tishlarining ildizlari yonida doimiy tish kurtagi joylashganligi sababli ular og`iz dahliz sohasi tomon egilgan bo`ladi. Bunday paytlarda ildiz pulpasini to`liq olib tashlash murakkablashadi va natijada ildizning 71 cho`qqi sohasida bir oz miqdorda pulpa olinmay koladi. Ana shunday holat yuz berganda kolgan pulpani olib tashlash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi va ildizning ochiq qismi rezorsin-formalinli pasta yordamida to`ldiriladi. Bunday plombaning ta’sirida pulpaning kolgan qismi mumiyolashadi, uning chirishi va qayta yallig`lanishi kuzatilmaydi. Bolalarda bir ildizli doimiy tishlarning ildiz kanalini fosfat-tsement yordamida plombalash maqsadga muvofiq emas. Chunki bolalarning davolash paytidagi injiqligi, sabrsizligi kanalni to`liq, sifatli to`lidirishga halaqit beradi. Ko`p ildizli doimiy tishlarning ildizlaridan yallig`langan pulpa to`liq olib tashlangandan so`ng, albatta ma’lum bir muddat vaqt ichida (2-3 kun mobaynida) ildiz mikrokanalchalari rezorsin-formalin suyuqligi shimdirilgan paxta tampon yordamida impregnatsiya qilinishi kerak. Shundan keyingina rezorsin-formalin pasta yordamida ildiz kanallari to`ldiriladi va doimiy plomba bilan berkitiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling