Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-rasm. Katta oziq tishlarda
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
10-rasm. Katta oziq tishlarda
devital amputatsiya. A,b-kariyes kovagi; v-arsenat kislota qo`yish: 1- muvaqqat plomba; 2- og`riqsizlantiruvchi suyuqlikli tampon; 3-anrsenat pastasi; g-pulpaning toj qismi amputatsiyadan keyin: 1-muvaqqat plomba; 2-rezorsin-formalinli tampon; d-tugallangan muolaja: 1-doimiy plomba; 2-suvli dentinli qavat; 3- rezorsin-formalinli pasta; e-ijobiy natija; j-salbiy natija: 1-o`lik pulpa; 2- suyak yemirilishi. Ammo yallig`langan sut tishlarida arsenat kislotasining saqlash muddati shakllangan ildizli doimiy tishlarga nisbatan ikki marta qisqa 69 (bir ildizli sut tishlari uchun 12 soat, ko`p ildizdi tishlar uchun 24 soat) bo`lishi shart. Bundan ota-onalarni voqif etmoq lozim. Surunkali kechadigan gipertrofik pulpitda jonsizlantiruvchi arsenat kislotasining miqdorini ko`rsatilgandan 1,5-2 marta oshirish, lekin vaqt muddatini o`zgartirmaslik mumkin. Bu hol ishimizni bir qadar yengillashtiradi. Ayrim hollarda, ya’ni surunkali kechadigan fibroz pulpit yoki gangrenoz pulpit yallig`lanishi jarayonlarida, rentgen tasvirida ildizlarda kuchli so`rilish jarayoni kuzatilgan taqdirda jonsizlantiruvchi vosita sifatida arsenat kislotasi qo`llanilmaydi. Pulpani jonsizlantirish maqsadida, bunday hollarda fenol va formalin aralashmasidan (2:1 nisbatdan iborat suyuqlikka ho`llangan paxta tamponni anestezin kristallariga bo`yab, kariyes kovagiga qo`yish bilan cheklanish ma’quldir. Yuqorida bayon etilgan va amalga oshirilishi kerak bo`lgan tadbirlar aytib o`tganimizdek bemorning birinchi qatnovida bajariladi. Bemor ikkinchi marta shifokor qabuliga aniq ko`rsatilgan paytda, u bergan maslahatlarga amal qilgan holda kelishi shart. Ikkinchi qatnov vaqtida kasal tish kariyes kovagi yaxshilab charxlanadi, kerakli shakl beriladi, tish pulpa bo`shlig`i yaxshilab ochiladi, tish pulpasining toj qismi kesib (amputatsiya qilinib) olib tashlanadi. Kovakning tub qismiga teng miqdorda (1:1) aralashtirilgan rezorsin va formalin suyuqligiga ho`llangan paxta tampon qo`yilib, 2-3 kun muddatga suvli dentin pasta bilan tish kovagi berkitiladi. (12-rasm, g). Rezorsin va formalindan iborat aralashma ko`rsatilgan muddatda ildiz pulpasining 2-4 mm chuqurligigacha singib kiradi va tushgan mikroblarni o`ldiradi. Ildiz pulpasining o`suvchi qismigina tirik qoladi. Yaxshi rivojlanadigan, yog hujayralarga boy bo`lgan ana shu qism o`z funksiyasini saqlab qoladi. Ildizlar o`sishi davom etadi va to`liq shakl hosil qilib tugallanadi. (12- rasm , d, ye). Davolash jarayoni uchinchi qatnovda tugatiladi Bunda tish kovagidan vaqtinchalik plomba va tampon olib tashlanadi. Kovak tubiga rezorsin va formalin aralashmasiga rux oksidi poroshogi qorishtirilib, hosil qilingan pasta qatlami, so`ngra ajratuvchi qatlam (suvli dentin va 70 fosfat sementdan) surtiladi va silidont yoki amalgamdan doimiy plomba qo`yiladi. (12-rasm, j). Bu usulning afzallik tomonlari shundan iboratki, bunda deyarli og`riq sezilmaydi. Hali shakllanmagan ildizlarning o`suvchi qismi shikastlanmaydi, ular to`liq shakllanadi. Ildiz so`rilishi jarayonlari keyinchalik me’yorida kechadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling