Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. Chuqur kariyes
Kasallikning bu turida tishning emal qavati to`liq yemirilib, tish yumshoq to`qimasi (pulpa) bilan kariyes kovagi orasida nozik dentin qatlami hosil bo`ladi. Dentin to`qimasining anatomik, fiziologik tuzilishi (dentin kanalchalarining ko`pliti, kengligi) va unda mineral tuzlar ozligi bolalarga chuqur kariyes tashxisini qo`yishda juda extiyotchan bo`lishni talab qiladi. Chuqur kariyesning aniq klinik belgilarini biz bog`cha bolalarida va 7-10 yashar maktab bolalaridagina kuzatishimiz mumkin. Bu belgilar shu bolalarda kariyes xastaligi surunkali kechgandagina yaqqol namoyon bo`ladi. Yosh bolalarda esa kariyes kovaginnng chuqurlashuvi ko`p hollarda tish yumshoq to`qimasi (pulpa) ning surunkali yallig`lanishiga yoki nekroziga (o`limiga) sabab bo`ladi. Shuning uchun bunday hollarda kasal tish atrofidagi yumshoq to`qimalarni sinchiklab ko`zdan kechirib, barmoqlar bilan paypaslagan holda shish, qizarish, yiring yo`li (svish) bor-yo`qligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zi bir hollarda paypaslash natijasi klinik belgisiz surunkali periodont yallig`lanish tish ildizini o`rab turuvchi alveola suyagining kirgan yemirilishi (rezorbsiya) holatlarini ko`rish mumkin. Jarohatlangan tish sohasidagi jag` osti limfa tugunlarnning kattalashganligi, paypaslaganda og`rishi buni tasdiqlaydi. Boshqa tish kasalliklaridan farqlash maqsadida kariyes kovagi tub sathidan yumshagan dentin qatlami ekskavator yordamida oxista 39 ko`chirilib olib tashlanadi. Bu paytda tish yumshoq to`qimasi qisman ochilib qolsa, ish ancha yengillashadi. Bunday holda pulpa qonab, og`riq sezila boshlasa, bu hol klinik belgisiz kechayotgan surunkali fibroz pulpit (pulpa yallig`lanishi)dan darak beradi. Toj pulpasining nekrozi surunkali gangrenoz pulpitdan yoki surunkali periodontit yallig`lanishidan darak beradi. Agar kariyes kovagi tub yuzasidan yumshagan dentin ajratib olingandan keyin yuza qattiqligicha qolsa, dentin tiniq yoki rangi ozroq o`zgargan bo`lsa, bunday holda chuqur kariyes tashxisi qo`yiladi. Ayrim hollarda bolalarning injiqligi tufayli tashxis qo`yish qiyinlashadi. Bunday hollarda kariyes kovagi tozalanib, bir necha kun muddatga vaqtinchalik berkitiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling