Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Kariyes kasalligi tasnifi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.F.Vinogradova tasnifi (KPU+kp ko`rsatkichlari asosida)
2.4. Kariyes kasalligi tasnifi Tishlar kariyes kasalligi klinik, patomorfologik, topografik belgilar va tish qattiq to`qimalaridagi mutanosib o`zgarishlar asosida tasniflanadi. Jaxon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) taklif qilgan kariyes tasnifi: 1. Emal kariyesi (dog`li, yuza) 31 2. Dentin kariyesi (o`rta, chuqur) 3. Sement kariyesi 4. Turg`unlashgan kariyes 5. Boshqa turdagi kariyes 6. Aniqlanmagan kariyes Kliniko-topografik tasnif (bizda qabul qilingan). 1. Kariyesning dog`li bosqichi (oq, jigarrang, qora) 2. Yuza kariyes (emal qatlamida kuzatiladi) 3. O`rta kariyes 4. Chuqur kariyes Klinik kechishi bo`yicha 1. Jadal kechadigan kariyes (oq dog`li kariyes) 2. Sekin kechadigan kariyes (jigarrang va qora dog`li) T.F.Vinogradova tasnifi (KPU+kp ko`rsatkichlari asosida) I. guruh – kariyesning kompensatsiyalangan shakli (1 daraja) II. guruh – kariyesning subkompensatsiyalangan shakli (2 daraja) III. guruh – kariyesning dekompensatsiyalangan shakli (3 daraja) 2.5. Bolalar yoshida kariyes rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari. Kariyes kasalligi xar hil yoshdagi bolalarda bir xil kechmaydi. Sut tishlari kariyesning kechishi tishlarning anatomik tuzilishi, fiziologik xususiyatlari bilan ham bog`liqdir. Bundan tashqari bola organizmining qarshilik ko`rsatish xususiyati va yuqori rekativligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sut va doimiy tishlarda kariyes bilan kasallanish darajasi bir xil bo`lmaydi. Sut tishlarida kariyesga chalinish darajasi bo`yicha birinchi o`rinda molyar tishlar, ikkinchi o`rinda kurak tishlar va keyingi o`rinda qoziq tishlar turadi. Shu bilan birgalikda pastki jag` molyar sut tishlari ko`proq kariyes jarayoniga beriladi, yuqori kurak tishlari pastki kurak 32 tishlariga nisbatan kariyesga ko`proq chalinadi. Bolalar yoshida birinchi doimiy molyar tishlarda kariyes eng ko`p uchraydi. Topografik o`rni bo`yicha kariyes jarayoni sut molyar tishlar kontakt yuzasida ko`proq aniqlanadi, keyingi o`rinlarda tishlarning bo`yin qismi chaynov yuzalari turadi. Sut tishlarida kariyes lab, lunj va til yuzalarida nihoyatda kamdan- kam hollarda aniqlanadi. Doimiy tishlarda kariyes jarayonining eng ko`p uchrash joyi bu tishlarning chaynov yuzalaridir, ikkinchi o`rinda kontakt-aproksimal yuzalari turadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling