Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalar og`iz bo`shlig`i xastaliklarini davolashda


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   261
 
1.2. Bolalar og`iz bo`shlig`i xastaliklarini davolashda 
qo`llanadigan og`riqsizlantirish usullari 
 
Bolalarda tish va og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining xastaliklarini 
davolashda og`riqsizlantiruvchi vositalarni turli, o`z o`rnida qo`llash 
muhim ahamiyatga egadir. 


17 
Og`riqsizlantirish usullarining bir necha xili mavjud bo`lib, 
ulardan asosiylari quyidagilardir: 1) ignasiz (noin’eksion) terminal 
anesteziya; 2) igna va shprits yordamida (in’eksion) amalga 
oshiriladigan og`riqsizlantirish; 3) ignasiz maxsus asboblar yordamida 
katta bosim ostida dori moddalarini purkash yo`li bilan amalga 
oshiriladigan 
og`riqsizlantirish; 
4) 
bolalarning 
ruhiy 
holatini 
barqarorlashtirish 
yo`li 
bilan 
amalga 
oshiriladigan 
mahalliy 
og`riqsizlantirish. 
 
1.2.1.Terminal anesteziya 
Bolalarda ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko`rsatmaslik uchun 
og`riqsizlantirishning bu usulidan foydalanish juda katta qulaylik 
tug`diradi. Bu usul asosan og`riqsizlantirish lozim bo`lgan sohaga 
og`riqsizlantiruvchi vositani chaplash yoki surtish, og`riqsizlantiruvchi 
namlangan salfetkalarni bir oz tutib turish kabi yo`llar bilan amalga 
oshiriladi. Shuni nazarda tutmoqlik lozimki, bunday usul yordamida 
to`qimaning faqat yuza qavatlarigina og`riqsizlantiriladi. Bunday 
usuldan tish qattiq to`qimalarining yuza, o`rta va chuqur kariyesida
og`iz bo`shlig`i shilliq pardalarining xastaliklarida (stomatitlarda) 
davolash ishlarini amalga oshirishdan oldin foydalanish bir muncha 
ijobiy natijalar beradi. 
Ignasiz amalga oshiriladigan terminal anesteziya uchun quyidagi 
og`riqsizlantiruvchi vositalardan foydalaniladi: 
Dikain 

kuchli 
og`riqsizlantiruvchi 
vosita 
hisoblansada, 
novokainga nisbatan 10 marotaba kuchli zaharli ta’sirga ham egadir. 
Shuni nazarda tutgan holda yosh bolalarda (10 yoshgacha) bu vositani 
ishlatib bo`lmaydi. 10 yoshdan katta bolalar uchun dikainning 1-2 ml 
miqdordagi 0,5% li eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Trimekain - bu ham kuchli anestetik vositalar guruhiga kiradi. 
Bolalarda 2-5% li eritmasidan foydalaniladi. 
Piromekain - 5% li surgi sifatida yoki bo`lmasa 5% li surgini 5% li 
metiluratsil surgisi bilan aralashtirilgan holda ishlatish mumkin. Bu 
chaplash 
(applikatsiya) 
yo`li 
bilan 
ishlatiladigan 
yangi 
og`riqsizlantiruvchi vositadir. Bunday vosita og`iz bo`shlig`i shilliq 


18 
pardasining xastaliklarida keng ko`llanadi. Piromekain surtilgan shilliq 
parda 1-2 daqiqadan so`ng og`riqsizlanadi va bu holat 30-40 daqiqa 
davomida saqlanib turadi. Buning uchun og`riqsizlantiruvchi vositani 
shilliq pardaga 2-5 minut muddatga chaplash kerak bo`ladi. 
Anestezin-5-10% li surgi sifatida ishlatiladi va kerakli natijaga 
erishish uchun bunga 2-3 minut vaqt kerak bo`ladi. 
Ksilokain va lidokain kabi og`riqsizlantiruvchi vositalardan 
terminal anesteziya uchun 2-5% li eritma sifatida (chaplash uchun) yoki 
10% li eritmalari aerozol sifatida foydalaniladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling