Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
1. Og`riqsizlantirish yo`li bilan davolashning jonsizlantirish yo`li bilan davolashdan asosiy farqi nimada? 2. Biologik va jonsizlantiri6 amputatsiya qilish usullarini qo`llashda qanday ko`rsatmalarga amal kilinadi? 3. Qanday hollarda ildiz pulpasining cho`qqi (apikal) qismini saqlab qolishni ta’minlaydigan davo usuli qo`llaniladi va bu usul qanday bajariladi? 4. Shakllangan ildizli sut tishlarini davolashda qaysi bir usuldan foydalaniladi? 5. Davolashda plomba vositalar qanday tanlanadi? 6. Sut tishlari (katta oziq tishlari) ko`proqq qaysi bir usulda davolanadi? 7. Doimiy molyar (katta oziq) tishlarda qaysi yoshda amputatsiya usuli qo`llaniladi? Nima uchun? 8. Doimiy bir ildizli tishlarni davolashda qaysi yoshdan boshlab ekstirpatsiya usulini qo`llash mumkin? 9. Bolalarda pulpa yallig`lanishini davolashda qaysi bir usul, asosan ko`proqq qo`llaniladi? Nima uchun? 75 4 Bob. PERIODONT YALLIG`LANISHI 4.1. Bolalarda periodontitlarni o`ziga xos klinik kechishi. Bolalarda odatda surunkali periodontit o`tkir periodontitdan so`ng yoki birlamchi surunkali periodontit sifatida pulpa yallig`lanishi va nekrozi oqibatida, shu bilan birgalikda ayrim hollarda uzoq davom etgan, periodont to`qimasiga ta’sir ko`rsatuvchi mexanik mikrotravmalar (baland qilib qo`yilgan plomba, tishlar orasida qalam, ruchka va boshqa predmetlarni tutib turish odati, noto`g`ri qo`yilgan ortodontiya moslamalari va x. k.) natijasida yuzaga keladi. O`tkir mexanik kuchli travma oqibatida pulpa to`qimasining o`lishi ham vaqt o`tishi bilan surunkali periodont yallig`lanishini yuzaga keltiradi. Infeksiyali surunkali periodontitlar ko`pchilik hollarda birlamchi surunkali periodont yallig`lanish sifatida kechadi. Surunkali periodontitlarda sut tishlari ildiz kanallari mikrobiologik tekshirilganda (4-8 yashar bolalarda) 70% Streptococcus Salivarius, 23% Stafilacoccus Albus topilgan. Bolalar yoshida periodont, pulpa va tish qattiq to`qimalarining o`ziga xos anatomik, gistologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, surunkali periodontitlar bir qator o`ziga xos klinik xususiyatlar bilan kechadi: 1) Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda surunkali periodontitlar unchalik chuqur bo`lmagan kariyes kovagi mavjud tishlarda pulpa bo`shlig`ining yopiq bo`lishi bilan kechadi; 2) Sut tishlarida asosan periodontitning granulyatsiyalanuvchi turi ko`proqq yuzaga keladi va ildizlarning patologik so`rilishi kuzatiladi; 3) Yosh bolalarda kechadigan granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontit mavjud tishlar atrofidagi milk to`qimasida, katta yoshdagi o`smir bolalarga nisbatan deyarli barcha hollarda oqma yo`l borligi kuzatiladi; 4) Ko`pchilik hollarda surunkali periodontit tish ildizlari bifurkatsiyasi sohasida suyak to`qimasining yemirilishiga olib keladi; 5) Surunkali periodontitlarda pulpa nekrozi va o`suvchi soha to`qimasining o`sishi shakllanmagan ildizlarning o`sishini to`xtashiga 76 sabab bo`ladi; 6) Sut tishi ildizi atrofida paydo bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima doimiy tish follikulasiga tarqalib uning me’yordagi rivojini buzadi; 7) Ko`p ildizli tishlar ildizi atrofida har xil yallig`lanish jarayonlari sodir bo`lishi mumkin (granulyatsiyalanuvchi, fibroz, granulematoz); 8) Katta yoshdagi kishilarnikidan farqli o`laroq surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit bolalarda, aksariyat hollarda surunkali limfadenit va periost yallig`lanishi bilan kechadi. Surunkali kechadigan sut tishlari periodontiti yallig`lanish jarayonining va jadallik darajasiga qarab, uzoq muddat kechishi vaqtiga qarab har xil asoratlarga sabab bo`lishi mumkin. 1. Sut tishlari periodont to`qimasidagi surunkali yallig`lanish jarayoni doimiy tishlar kurtagida ohaklanish jarayoni yuz bermasdan oldin shu kurtaklarni qamrab olib yallig`lanish jarayoniga tortgan bo`lsa, mazkur doimiy tish kurtaklarining o`lishi yuz beradi. Rentgen tasvirda tish kurtaklarini o`rab, ajratib turuvchi kortikal suyak plastinkasi erib ketganligi va tish kurtagining mavjudmasligi aks etgan bo`ladi. 2. Bir qadar oxaklashgan doimiy tish follikulalarida uning atrofidagi surunkali perikoronal yallig`lanish tish kurtaklaridagi modda almashinuv va mineral almashinuv jarayonlarini buzishi oqibatida mahalliy gipoplaziyaning har xil ko`rinishlari yuz beradi. Shu bilan bir qatorda odontoblast hujayralar funksiyasi buzilsa bunda tishlar shakli va rangi buzilishi kuzatiladi. (Turner tishlari). 3. Doimiy tish kurtaklarining sut tishlarining surunkali periodontiti tufayli nekrozga uchrashi oqibatida shakllanishi to`xtaydi va u sekvestrlarga ajralib parchalana boshlaydi. Sut tishlari olib tashlansa, alveola bo`shlig`ining yiring bilan to`lganligi va doimiy tish sekvestrlari mavjudligi aniqlanadi. Bunday tish oldirib tashlashdan boshqaga yaramaydi. 4. Sut tishlari periodontining surunkali granulyatsiyalanib yallig`lanishi doimiy tish kurtagini ajratib turuvchi kortikal suyak plastinkasini erta yemirilishiga va doimiy tishning muddatidan oldin chiqishiga sabab bo`ladi. Bunday xol o`z navbatida juft – juft bo`lib 77 chiqish tartibini buzadi va tishlar qatori prikusining deformatsiyasiga olib keladi. Bunday bar vaqt chiqqan tishlar tezda kariyes jarayoniga uchraydi. 5. Sut tishlari periodontitidagi surunkali granulyatsiyalanuvchi yallig`lanish jarayoni va muntazam ravishda yig`ilib turadigan yiringli ekssudat doimiy tish kurtagini o`rnidan siljitishi, uning holatini o`zgartirishi, o`z o`qi atrofida aylantirishi mumkin. Bu esa keyinchalik shu tishning vaqtida chiqmasligiga, til yoki lunj tomondan yorib chiqishiga sabab bo`ladi. 6. Sut tishlari ildizi atrofidagi surunkali yallig`lanish jarayoni shu sohadagi doimiy tish kurtagining retensiyaga uchrashini, chiqmay qolishini ham ta’minlashi mumkin. 7. Sut tishi ildizidan doimiy tish kurtagiga tarqalgan surunkali yallig`lanish doimiy tish kurtagini qamrab olgan ildiz kistasining hosil bo`lishiga olib keladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling