Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tish pulpasini yallig`lanishini davolash jarayonida vujudga
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.15. Tish pulpasini yallig`lanishini davolash jarayonida vujudga
kelishi mumkin bo`lgan asoratlar, sabablar va ularni bartaraf etish yo`llari 1. Davolashning biologik usulini qo`llaganda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni to`la va aniq hisobga olmaslik natijasida yallig`lanishga qarshi dori-darmonlar noto`g`ri tanlanganda, ovqat chaynayotgan mahalda yoki kechqurun tishda og`riq paydo bo`lishi mumkin. Bunda shakllanmagan ildizli tishlarni qayta og`riqsizlantirib, amputatsiya usulini, katta oziq sut tishlarida jonsizlantnrish yo`li bilan amputatsiya usulini, shakllangan ildizli tishlarda to`liq ekstirpatsiya usulini qo`llash maqsadga muvofiqdir. 2. Davolashning og`riqsizlantirish (amputatsiya yoki ekstirpatsiya) usullari qo`llanilganda tishda kuchli og`riq paydo bo`lishi mumkin. Bunga og`riqsizlantirish texnikasining buzilishi yoki tanlangan og`riqsizlantiruvchi vositaning kuchsizligi sabab bo`ladi. Bunday hollarda qo`shimcha ravishda to`g`ridan-to`g`ri pulpa to`qimasiga BI-8 uskunasi yordamida bosim ostida anestetik purkash yaxshi natija beradi. 72 3. a) Davolashning jonsizlantirish (devitalizatsiya) usuli qo`llanilganda tishda og`riq paydo bo`ladi. Bunga arsenat kislotasi ustidan og`riqsizlantiruvchi vositaga ho`llangan tampon qo`yilmasligi yoki arsenat kislotasi ustiga qo`yilgan vaqtinchalik plombaning pulpa to`qimasiga kuchli bosim ko`rsatishi sabab bo`ladi. Bunda og`riq kuchayadi va bolaning ota-onasi uni yana shifokor xuzuriga qayta olib kelishga majbur bo`ladi. Bu holda vaqtinchalik plomba olib tashlanadi, yangitdan arsenat kislota qo`yilib, ustidan og`riqsizlantiruvchi vosita shimdirilgan g`ovak paxta tampon qo`yiladi, ohistalik bilan suvli dentin pastadan tayyorlangan vaqtincha plomba bilan kovak berkitiladi. b) Agar jonsizlantiruvchi vosita qo`yilgandan keyin 1-3 kun o`tib tishda ovqat chaynash paytida og`riq sezilsa, bunga arsenat kislotasining ortiqcha miqdorda qo`yilganligi yoki bo`lmasa ko`rsatilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida ushlanib turilganligi sabab bo`ladi. Bu noxush vaziyatni bartaraf etish uchun shakllangan ildizli tishlarda ekstirpatsiya, shakllanmagan tishlarda chuqur amputatsiya usullaridan foydalanib, tish pulpasi to`liq yoki qisman olib tashlanadi. Ildiz kanalining kirish qismiga unitol yoki qalampirmunchok moyiga shimdirilgan paxta tampon qo`yilib, tish kovagi vaqtinchalik plomba yordamida 4-6 kuncha berkitiladi. Shu vaqt mobaynida tishdagi og`riq pasayib to`xtaydi va davo tadbiri oxiriga yetkaziladi. Ba’zan arsenat kislotasi ta’sirida to`liq jonsizlantirilmagan pulpa amputatsiyasidan keyin mumiyolashtirish uchun qo`yilgan rezorsin- formalin suyuqligi ta’sirida ham kuchli og`riq paydo bo`lishi mumkin. Uni bartaraf etish uchun vaqtinchalik plomba olinib, kanalning kirish qismiga ko`yilgan fenol yoki boshqa bir kimyoviy eritmaga ho`llangan tampon vositasida ildiz pulpasi kuydiriladi (koagulyatsiya). So`ngra kuydiruvchi vosita olib tashlanib, o`rniga yana rezorsin-formalinli tampon qo`yilib, kovak 2-3 kunga berkitiladi. Yallig`langan tish pulpasini butunlay olib tashlash (ekstirpatsiya) usuli qo`llanilayotgan paytda tish kanalidan qon tomirlar uzilishi natijasida kuchli qon oqishi mumkin. Bunday hollarda kanalga 2-3 pulpaekstraktor birga kiritilib, ildiz pulpasi to`liq, olib tashlanadi va kanalda adrenalin suyuqligi shimdirilgan paxta turunda 1-2 kuncha qoldirilib, kovak vaqtinchalik 73 plomba bilan berkitiladi. Ana shu muddat o`tgandan keyin qon oqishi to`xtaydi va davolash oxiriga yetkaziladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling