Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yallig`langan tish pulpasini og`riqsizlantirib to`liq olib


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   261
3.12. Yallig`langan tish pulpasini og`riqsizlantirib to`liq olib 
tashlash (vital ekstirpatsiya) usuli 
Bu usul bolalarda ildizi shakllangan frontal (oldingi) tishlarda 
travma natijasida vujudga kelgan pulpitni davolashda qo`llaniladi. Bu 
usuldan boshqa turdagi pulpa yallig`lanish jarayonlarini ham davolashda 
foydalansa bo`ladi. Bunda asosiy shart bo`lib, ildizning to`la 
shakllanishi hisoblanadi. 
Og`riksizlantirishning yuqorida sanab utilgan turlari bilan bir 
qatorda anestetik moddalarni to`gridan-to`gritish pulpasiga BI-8 
in’ektorlaridan foy-dalanib bosim ostida purkash ham ancha ishimizni 
yengillatadi So`ng pulpa tish kovagidan to`liq olib tashlanib, ildiz 
kovagi plombalanadi. Bunda plomba materiali ildizdan tashqariga 
chikmasligi kerak. Bu usulni ko`p ildizli shakllangan katta, kichik oziq 
tishlarda kechadigan pulpa yallig`lanishiga ham qo`llash mumkin. 


67 
3.13. Yallig`langan pulpani jonsizlantirib qisman olib tashlash yo`li 
bilan davolash (devital amputatsiya) usuli 
Bu usulda yallig`langan pulpani davolash bolalarda ko`p 
qo`llanadi. Bunga usulning oddiy bajarilishi, qatnovlar paytida vaqt 
tejalishi, davolash davrida og`riq hissining sezilmasligi va boshqalar 
sabab bo`ladi. 
Quyidagi hollarda bu usuldan foydalanish tavsiya etiladi: 
1) rivojlanish va shakllanishning qaysi bir davridan qat’iy nazar sut 
tishlarida kechadigan pulpa yallig`lanishining barcha turlarida, 
2) shakllanmagan ildizli doimiy tishlarda kechadigan pulpa 
yallig`lanishining hamma turlarida. 
Quyidagi holatlarda ko`rsatilgan usuldan foydalanilmaydi. 
1) umuiy (diffuz) o`tkir pulpitda tish atrofi to`qimalari 
yallig`lanish jarayoniga qo`shilganda; 
2) qayta o`tkirlashgan surunkali pulpa yallig`lanishida tish atrofi 
to`qimalarida o`zgarishlar aniqlanganda. 
Yuqorida ko`rsatilgan ikki holatda ham tish atrofi yumshoq 
to`qimlarida qizarish, shish, milk sohasida yiring yo`li (svish) va 
chegaralangan limfadenit kabi o`zgarishlar borligi kuzatiladi. Ana 
shunday noxush belgilar borligi aniqlangan paytda pulpa yallig`lanishi 
jarayonini bartaraf etish uchun shakllangan ildizli sut tishlarida pulpani 
to`liq olib tashlash (ekstirpatsiya) usulidan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarda esa chuqur 
amputatsiya usulini qo`llash zarur hisoblanadi. 
Jonsizlantirish yo`li bilan yallig`langan tish pulpasini qisman olib 
tashlash usuli uch qatnovda amalga oshiriladi. Bola birinchi marta 
murojaat qilganda ob’ektiv, sub’ektiv belgilar asosida kerakli, to`g`ri 
tashxis qo`yilgandan keyin kariyes kovagi ovqat qoldiqlaridan va 
yumshoq dentin to`qimasidan bartaraf etiladi. Kariyes kovagi biror-bir 
ilitilgan antiseptik eritmasi bilan (kaliy permanganati, furatsilin yoki 
boshq.) yuvilib, tampon yordamida quritiladi. Umumiy o`tkir pulpitda, 
qaytalanib og`irlashgan surunkali gangrenozda tishning pulpa bo`shlig`i 
kichik o`lchamli toza (steril), o`tkir sharsimon yoki teskari konus 
shakliga ega bo`lgan borlar yordamida, ochiladi. Undan oldin kovak 


68 
tubiga og`riqsizlantiruvchi suyuqlikda ho`llangan paxta tampon 5-7 
minut davomida qo`yiladi. Surunkali kechadigan gipertrofik pulpitda 
mahalliy og`riqsizlantirish muolajasidan keyin, kariyes kovagi o`sib 
chiqqan pulpa to`qimasidan o`tkir ekskavatorlar yordamida ajratiladi. 
Barcha hollarda ham ochilgan pulpa kovagi nuqtasida qon oqishi yoki 
qizarib turgan pulpa to`qimasi yaqqol ko`rinadi. Shu nuqtani zond 
yuritilib paypaslaganda kuchli og`riq seziladi. Kariyes kovagidagi shu 
aniqlangan sohaga jonsizlantiruvchi modda bo`lib hisoblangan arsenat 
kislotasi qo`yiladi. Ustidan og`riqsizlantiruvchi suyuqliqqa ho`llangan 
paxta tampon qo`yilib, suvli dentin pasta surtiladi va kariyes kovagi 
vaqtinchalik berkitiladi. (10-rasm a, b, v). Shuni esda saqlash lozimki
sut tishlarida kechadigan pulpa yallig`lanishi jarayonini davolash 
paytpda kovakka qo`yilayotgan jonsizlantiruvchi arsenat kislotasining 
hajmi (miqdori), doimiy tishlarga shu xil vaziyatda qo`yiladigan miqdor 
bilan bir xil bo`lishi zarur. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling