Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bolalarda pulpit kasalligini davolashning o`ziga xos chora-


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   261
3.8. Bolalarda pulpit kasalligini davolashning o`ziga xos chora-
tadbirlari 
Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maqsad bemor shikoyatlarini, 
pulpa 
to`qimasidagi 
yallig`lanish 
jarayonini 
bartaraf 
qilish, 
jarohatlangan tishning anatomik va funksional holatini tiklash
periodont, jag` suyagi va yumshoq to`qimalarda vujudga kelishi mumkin 
bo`lgan 
bir 
qadar 
yallig`lanish 
jarayonlarining 
oldini 
olish 
(profilaktika)dir. Bulardan tashqari, bolalarda tish ildizlarining 
shakllanishi yoki fiziologik so`rilish jarayonlarining me’yorida borishini 
ta’minlash ham muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida ko`rsatilgan 
vazifani izchillik bilan amalga oshirish uchun davolash usuli oddiy, 
bajariladigan texnik ishlov jarayonlari og`riqsiz bo`lishi zarur. 
Bolalarda pulpit kasalligini davolash usullari o`ziga xos bo`lishi 
bilan bir qatorda, ularning ijobiy hamda salbiy tomonlari ham bo`lishini 
nazarda tutmoq lozim. 
Pulpa yallig`lanishi (pulpit) ni davolashning quyidagi usullari 
mavjud: 
1. Toj va ildiz pulpasining tirikligini va fiziologik faolligini 
ta’minlovchi (biologik) usul. 
2. Og`riqsizlantirish yo`li bilan tirik tish pulpasini qisman olib 
tashlash (vital amputatsiya) usuli. 
3. Og`riqsizlantirish yo`li bilan toj pulpasini to`liq, ildiz pulpasini 
qisman olib tashlash - chuqur amputatsiya usuli. 
4 Og`riqsizlantirish yo`li bilan tish pulpasining toj va ildiz 
qismlarini to`liq olib tashlash (vital ekstirpatsiya) usuli. 
5. Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirib, qisman olib tashlash 
(amputatsiya) usuli. Jonsizlantiruvchi (nekroz chaqiruvchi) vosita 
sifatida arsenat kislotasi (E. YE. Platonov tavsiya qilgan retseptlar 
asosida), fenol va formalin eritmalarnning (2:1 nisbatda) aralashmasi
paraformaldegidli pasta(Devit A, B, S, D) va boshqalar ishlatiladi. 
6. Jonsizlantirilgan pulpani to`liq - butkul olib tashlash (devital 
ekstirpatsiya) usuli. 
Davolashning u yoki bu usulini tanlashda kasal tishning kaysi 
guruxga kirishini, kasallikning rivojlanish davrini, qo`yilgan tashxisni va 


59 
bolaning yoshini, albatta hisobga olish muhimdir. Shuning uchun 
davolovchi vrach bolalarda tishlarning chiqish muddatlarini, ildizlarning 
shakllanish va so`rilishi jarayonlarini, tishlar almashinuvi muddatlarini 
juda yaxshi tasavvur qila bilishi zarurdir. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling