Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   261
3.9. Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash 
Davolashning bu usuli tish pulpasining to`liq saqlanishini va 
xayotiy faolligini davom ettirishni ta’minlaydi. Quyidagi hollarda bu 
usul bilan davolash maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
1. O`rta va chuqur kariyes kovagini charxlash paytida bilmagan 
holda qo`qqisdan pulpa to`qimasiga jarohat yetkazilganda yoki u ochilib 
qolganda. 
2. Shakllangan va shakllanmagan tishlarda kechadigan qisman 
o`tkir (chegaralangan) pulpitda. 
3 Ildizi shakllanmagan bir ildizli doimiy tishlarda, umumiy o`tkir 
pulpitda. 
4. Sut va doimiy tishlarda kechadigan surunkali fibroz pulpitda. 
Agar periodont to`qimasida o`zgarishlar yuz bermagan va kariyes 
kovagi Blek buyicha I sinfga taalluqli bo`lgandagina. 
Davolash texnikasi bolalarda klinik belgilarga qarab o`ziga xos 
bo`lishi mumkin. 
Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo`qqisdan pulpa 
bo`shlig`i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga 
so`lak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror iliq 
antiseptik bilan yuvib quritib, jarohatlangan sohaga kaltsin yoki 
kalmetsin pastasidan surtiladi. Kariyes kovagi suvli dentin bilan 
vaqtinchalik berkitiladi.(7- rasm,a).


60 
7-Rasm. Ildizi shakllanmagan sut 
tishlarini biologik usulda davolash: 
a – ochilgan pulpa jarohatini 
to`g`ridan-to`g`ri 
bekitish: 
1-
kalmetsin; 2-suvli dentin qatlami; 
3-doimiy plomba; b-ijobiy natija 
ildizlar to`liq shakllangan; v-salbiy 
natija: 1-pulpa nekrozi; 2-ildiz 
cho`qqisi 
atrofidagi 
suyak 
to`qimasining yemirilishi. 
Jarohatlangan tish 5-7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa, 
ikkinchi qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan 
almashtiriladi (chuqur kariyes davosiga karalsin). 
O`tkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi 
birmuncha kengaytirilib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq dentin 
3-4% li dikainning suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin kristallari 
yordamida 2-3 minut mobaynida og`riqsizlantiriladi. Shundan keyin 
kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan jarohatlangan dentin to`qimasi 
qavatma-qavat ko`chiriladi. Tish toj bo`shlig`i kichik sharsimon bor 
yordamida extiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hol umumiy o`tkir diffuz 
pulpitda yallig`langan pulpa kovagida yig`ilgan ekssudatning oqib 
chiqishini va bir qadar pulpa to`qimasida (qo`yilgan davolovchi plomba 
ta’sirida) tiklanish jarayonlarini ta’minlaydi. Qisman (chegaralangan) 
o`tkir pulpitda toj bo`shlig`ini ataylab ochish shart emas. Yallig`lanish 
natijasida hosil bo`lgan pulpa bo`shlig`idagi ekssudat shakllanmagan 
bo`lib, anchagina keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi 
mumkin. Yupka dentin qavati dentin yo`llari orqali kovakka qo`yilgan 
dori diffuz yuli bilan yallig`langan pulpaga bemalol o`tib, ta’sir 
ko`rsatadi. 
Yuqorida bayon etilgan davo tadbirlari quyidagicha bajariladi. 
Tayyorlangan kariyes kovagi iliq antiseptik, mikroblarga qarshi 
antibiotiklar, ferment eritmalari bilan yuvilib, mikrobsizlantirilgan 


61 
(steril) tampon yordamida quritiladi. Kovak tub sathiga davo qatlami 
pasta holida qo`yiladi. Davolovchi pastalar mikroblarga qarshi ta’sir 
etuvchi moddalar, antibiotiklar, yallig`lanish jarayonini to`xtatuvchi 
malxamlar va fermentlardan tayyorlanishi mumkin. Buning uchun biror 
antibiotik eritmasidan bir tomchi olinib, gidrokortizon emulsiyasi bilan 
aralashtiriladi va unga tripsin yoki boshqa bir oqsil parchalovchi ferment 
qo`shiladi. Keng spektr ta’siriga ega bo`lgan antibiotiklarni ishlatish 
maqsadga muvofiqdir (neomitsin, eritromitsin, streptomitsin). Davo 
qatlami ustidan kovak suvli dentindan hosil qilingan vaqtinchalik 
plomba bilan berkitiladi. 
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, davolovchi pasta tayyorlashdan 
oldin, albatta boladan yoki ota-onalaridan bola organizmining 
antibiotiklarga sezgirligini aniqlash lozim. Chunonchi, ba’zi bir hollarda 
yo`l qo`yilgan, arzimagan bo`lib ko`ringan xatoimiz og`ir oqibatlarga 
olib kelishi mumkin. 
Vaqtinchalik plomba qo`yilgan tish 2-3 kun mobaynida bezovta 
qilmasa, ikkinchi qatnov vaqtida plomba olib tashlanib, kariyes 
kovagiga qo`shimcha ishlov beriladi. Kovak tub sathiga kaltsin yoki 
kalmetsin pastasidan yupqa qatlam surtilib, ustiga yumshoq paxta 
tampon quyiladi va suvli dentin pasta bilan 7-10 kunga berkitiladi. Shu 
davr mobaynida kasallangan tish bolani bezovta qilmagan taqdirda 
navbatdagi qatnovda kariyes kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi va 
tishning anatomik shakli tiklanadi. 
Surunkali kechadigan fibroz pulpitni biologik usulda davolash bir 
muncha oddiyroqdir. Tish kariyes kovagi charxlanib, unga kerakli shakl 
beriladi. Kovakning tub sathiga kalmetsin, kaltsindan tayyorlangan yoki 
bo`lmasa vinilinda tayyorlangan sun’iy dentin pasta (u Shostakovskiy 
balzami nomi bilan tanish) surtilib, issiq havo oqimi yordamida 
quritiladi. Keyingi qatlamni fosfat sementidan tayyorlangan ajratuvchi 
qatlam tashkil etadi. Doimiy plomba sifatida silidontdan foydalanish 
mumkin. Doimiy plombani 2-3 sutkadan keyin navbatdagi murojaat 
paytida ham qo`yish mumkin. Biologik usulni ildizlari so`rila boshlagan 
ko`p ildizli (molyar) sut tishlarida qo`llash yaxshi natijalar beradi. Bir 
katnovda davolash esa vaqtdan yutishni ta’minlaydi. Bu usulda 


62 
davolangan tishlarda periodontda vujudga keladigan asoratlar kamdan-
kam holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Bordiyu, shunday vaziyat yuz 
bersa, davolangan sut gishi olib tashlanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling