Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Yallig`langan pulpani og`riqsizlantirib chuqur
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Rasm. Surunkali gangrenoz pulpitda chuqur amputatsiya usuli.
3.11. Yallig`langan pulpani og`riqsizlantirib chuqur
amputatsiya qilish usuli Bunday usulda davolash tadbirlari yallig`langan tish pulpasining toj qismini to`liq va ildiz pulpasini qisman kesib olib tashlashdan iborat. 64 Chuqur amputatsiya usuli, to`liq shakllanmagan tishlarda yallig`lanish jarayoni surunkali kechishi natijasida, faqat toj pulpasimas, qisman ildiz pulpasi ham jarohatlanganda qo`llanadi. Davolashning bu usuli shakllanmagan bir ildizli doimiy tishlarda kechadigan surunkali gangrenoz pulpitda va travmatik pulpitda (travmadan keyin 48 soatdan ko`proqq vaqt o`tgan bo`lmasa) qo`llanilganda ijobiy natijalar beradi. Surunkali kechadigan gangrenoz pulpitda shikoyat bo`lmaydi. Lekin bor yordamida ildiz pulpasi charxlanganda kuchli og`riq seziladi. Shuning uchun kariyes kovagini charxlash va amputatsiya muolajasidan oldin tish yaxshilab og`riqsizlantiriladi. Chuqur amputatsiya usulini amalga oshirishda uskunalarni to`g`ri tanlab, ustalik bilan ishlata bilish muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi, uskunalar to`g`ri va ustalik bilan ishlatilsa, 3- raqamli yoki 5-raqamli sharsimon bor ildiz kanaliga 3-5 mm chuqurlikda kirib, 1/3 qism ildiz pulpasini amputatsiya qilishga imkon beradi. (9-rasm a,b). Amputatsiyadan so`ng qon oqishi to`xtatilib, ildiz pulpasining qolgan qismi yangi tayyorlangan pasta kanalining kirish qismiga gladilka yordamida qo`yiladi. 9-Rasm. Surunkali gangrenoz pulpitda chuqur amputatsiya usuli. a-muolajagacha: 1- yallig`langan pulpa; 2-o`lik pulpa; b- chuqur amputatsiya muolajasi; v- davolangandan so`ng: 1-dentin qatlam; 2- formalinli pasta; 3-doimiy plomba; g-ijobiy natija; d-ildiz cho`qqisi shakllangan: 1-dentin qatlam; 2-ildiz cho`qqisi atrofida suyak to`qimasining siyraklashuvi; 3-tirik pulpa; 4-mumiyolashgan pulpa; 5-foralinli pasta; 6-plomba; ye-salbiy natija: 1-surunkali periodont yallig`lanishi; 2- shakllanmagan ildiz; 3-o`lik pulpa. 65 Keyin ildiz ignasi uchiga paxtadan turunda yasab, shu turunda orqali pasta oxistalik bilan jarohatlangan ildiz pulpasi yuzasiga yopiladi. Ildiz kanali plomba qilinayotganda kuchli bosim hosil qilmaslik kerak. Pasta ustidan steril tampon qo`yilib, tish kovagi 5-b kunga vaqtinchalik berkitiladi (suvli dentin pasta yordamida). Shu vaqt mobaynida tish og`rib bezovta kilmasa, vaqtinchalik plomba, paxta tampon olib tashlanib, tish kovagiga himoya qatlami (fosfat sementdan) surtilib, ustidan doimiy plomba (silidont sementidan) qo`yiladi. Chuqur amputatsiyada davolovchi malxam pastasini tanlashda uning mikroblarga, yallig`lanishga qarshi ta’siri va singish xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Chunonchi, kaltsin va kalmetsin pastalarining tarkibiga kiruvchi kaltsiy gidrooksidi bir qadar mikroblarga qarshi va yallig`lanish jarayoniga birmuncha ijobiy ta’sir etish xususiyatiga egadir. Ammo bu ta’sir chegaralangan bo`lib, pulpaning chuqur qatlamlariga singib kira olmaydi. Shuni nazarda tutib, yallig`lanish jarayoni o`tkirlashib qaytalanganda chuqur va har tomonlama ta’sir kuchiga ega bo`lgan boshqa dori-darmonlardan foydalanish lozim. Mabodo ildiz pulpasining qolgan qismida qaytalanish jarayoni aniqlansa, amputatsiya qilingan pulpa jarohatiga ta’siri keng bo`lgan antibiotiklar (neomitsin, eritromitsin, streptomitsin va boshq.), fermentlar (tripsin, ximotripsin, ximopsin) aralashmasi (gidrokortizon va boshqa glyuakokortikoid gormonlar emulsiyasida tayyorlangan) kor qiladi. 1-2 kunga qo`yilgan bu malxamlar yallig`lanish jarayonini tinchlantiradi. Shikoyat bo`lmagan taqdirda ildiz kanalining bo`sh qismi formalin saqlovchi pastalar yordamida ohista to`ldiriladi. Bu xil pastani quyidagicha tayyorlash mumkin. Bir tomchi 10% li formalin eritmasiga bir tomchi glitserin, bir dona timol kristali va pasta holiga kelguncha rux oksidi kukuni qo`shiladi. Hosil qilingan bu pasta tishni bo`yamaydi, pulpaning chuqur qavatlariga singib kirib, yaxshi dezinfeksiya (mikroblarni o`ldiradi) qiladi. Bu esa pulpa chirishining oldini oladi va qoldirilgan pulpa xayotini, fiziologik xususiyati bo`lgan dentin hosil qilish jarayonini davom ettirishni ta’minlaydi. Buning natijasida ildiz to`liq shakllanadi. 66 Shunga karamasdan o`tkazilgan muolaja natijasini rentgen tasviridan foydalanib, boshida har 3-6 oy mobaynida, keyinchalik yiliga bir marta tekshirib turish lozim. Ba’zi bir hollarda dentin hosil bo`lish jarayoni buzilishi natijasida ildizning o`rta qismida bushliq hosil bo`lishi, periodont tirqishining kengayishi, ildie atrofidagi suyak to`qimasida osteoporoz jarayonlari kuzatilishi mumkin. Bunday o`zgarishlar kuzatilganda to`liq ekstirpatsiya usulidan foydalanib, tish qayta davolanadi. Rentgen suratida yuqorida qayd etilgan o`zgarishlar va klinik belgilar bo`lmasa, kasal tish boshqatdan davolanmaydi. Ildizlari shakllanmagan sut va doimiy katta oziq tishlarda kechadigan surunkali gangrenoz yoki boshqa tur pulpitlarda yallig`lanish belgilari tish atrofi to`qimalariga ham tarqalgan bo`lsa, u holda chuqur amputatsiya muolajasi o`tkazilgandan keyin yallig`lanish jarayonini tinchlantiruvchi davo tadbirlari o`tkazilib, davolash rezorsin- formalin usuli qo`llanilib tugatiladi. Bunda ildizning pulpadan holi qilingan qismi rezorsin-formalinli pasta bilan to`ldirilib, ustidan fosfat sementli qavat qo`yiladi va doimiy plomba bilan tish kovagi berkitiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling