Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirish yo`li bilan to`liq


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   261
3.14. Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirish yo`li bilan to`liq 
olib tashlash (devital ekstirpatsiya) usuli 
Tish pulpasining yallig`lanishini by usulda davolash quyidagi 
hollarda tavsiya etiladi: 
1) shakllangan bir ildizli sut tishlarida; 
2) shakllangan ildizli doimiy tishlarning barchasida kechadigan 
pulpa yallig`lanishining hamma turlarida. 
Bemor birinchi marta murojaat qilganda tegishli ishlov berili6, 
ochilgan pulpa kovagi nuqtasiga arsenat kislota qo`yiladi. Shakllangan 
bir ildizli sut tishlarining pulpa bo`shlig`i bemorning ikkinchi murojaati 
paytida (arsenat kislotasi qo`yilgandan keyin ertasiga) kengrok qilib, 
borlar yordamida ochiladi. Tish toj bo`shlig`ida joylashgan pulpa 
to`qimasi sharsimon o`tkir bor bilan ajratib olinadi. Ildiz pulpasi 2-3 ta 
pulpaekstraktor yordamida tozalab olinadi. Ildizning cho`qqi (apikal) 
qismidagi teshik kengrok bo`lsa, ezilgan tomirdan shiddatliroq qon 
oqishi mumkin. Bunday holda davolashni ma’lum muddatga kechiktirib, 
ildiz kanalida qon oqishini to`xtatish maqsadida Platonov tavsiya etgan 
suyuqlikda yoki bo`lmasa kamforafenol va formalin eritmalari 
aralashmasida (2:1) ho`llangan turunda 1-2 kunga qoldiriladi. Keyingi 
katnovda vaqtinchalik plomba va turunda olib tashlanadi va ildiz kanali 
quruk turunda bilan ivigan qon qoldiqlaridan tozalanadi. Quritilgan ildiz 
kanali timol saqlovchi evgenol yoki boshqa bir yorda qorishtirilgan 
pasta bilan to`ldiriladi va ajratuvchi qatlam qo`yilib, tish kovagi doimiy 
plomba bilan berkitiladi. 
Sut tishlarining ildizlari yonida doimiy tish kurtagi joylashganligi 
sababli ular og`iz dahliz sohasi tomon egilgan bo`ladi. Bunday paytlarda 
ildiz pulpasini to`liq olib tashlash murakkablashadi va natijada ildizning 


71 
cho`qqi sohasida bir oz miqdorda pulpa olinmay koladi. Ana shunday 
holat yuz berganda kolgan pulpani olib tashlash maqsadga muvofiq 
hisoblanmaydi va ildizning ochiq qismi rezorsin-formalinli pasta 
yordamida to`ldiriladi. Bunday plombaning ta’sirida pulpaning kolgan 
qismi 
mumiyolashadi, 
uning 
chirishi 
va 
qayta 
yallig`lanishi 
kuzatilmaydi. 
Bolalarda bir ildizli doimiy tishlarning ildiz kanalini fosfat-tsement 
yordamida plombalash maqsadga muvofiq emas. Chunki bolalarning 
davolash paytidagi injiqligi, sabrsizligi kanalni to`liq, sifatli to`lidirishga 
halaqit beradi. 
Ko`p ildizli doimiy tishlarning ildizlaridan yallig`langan pulpa 
to`liq olib tashlangandan so`ng, albatta ma’lum bir muddat vaqt ichida 
(2-3 kun mobaynida) ildiz mikrokanalchalari rezorsin-formalin suyuqligi 
shimdirilgan paxta tampon yordamida impregnatsiya qilinishi kerak. 
Shundan keyingina rezorsin-formalin pasta yordamida ildiz kanallari 
to`ldiriladi va doimiy plomba bilan berkitiladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling