Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261
 
 
11-Rasm. Shakllanmagan ildizli 
(A) va shakllangan ildizli (B) 
kurak sut tishlarini davolash. 
A,a,b-davolashdan oldin; B, 
a, b-davolash muolajasidan so`ng; 
1-pasta, 2-dentin qavat, 3-plomba. 


86 
Kasallangan tish kariyes kovagi yaxshilab charxlanib, pulpa 
bo`shlig`i kengaytirilib ochiladi. Pulpaekstraktor yordamida ildiz kanali 
chirigan, parchalangan pulpa to`qimasidan ohistalik bilan bosqichma-
bosqich tozalanadi. Tozalangan ildiz kanali antiseptik moddalar bilan 
yaxshilab yuviladi. Kanalni yuvish uchun antiseptik modda eritmasi 
sifatida 2% li xloramin, 0,1% li xlorgeksidin, 1% gipoxlorit eritmasi, 
rivanol, furatsilin eritmalaridan foydalanish mumkin. Vodorod 
peroksididan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bu eritmaning sirt 
taranglik faolligi juda yuqori bo`lganligi sababli ildiz bo`shlig`idan har 
xil mayda zarrachalarni o`ziga yopishtirib olib chiqib, yaxshi tozalaydi. 
Yuvilgan kanalga yumshoq paxta qoplangan ildiz (Miller) ignasi 
kiritilib, ohistalik bilan ildiz cho`qqi teshigining ochiq-ochiqmasligi 
tekshiriladi. Igna olinganda paxta turundasining uch qismi qizg`ish 
rangda bo`lsa, bu cho`qqi teshigining ochiqligidan dalolat beradi. 
Shundan so`ng ildiz kanali quritiladi va yumshoq moyli asosga ega 
bo`lgan pastalar bilan plombalanadi. (11-rasm, v, g). Bunday pastalarni 
tayyorlash uchun rux oksidi poroshogi, qalampirmunchoq, na’matak 
moyidan yoki vitaminli moylardan birida qorishtiriladi. Bugungi kunda 
kanal to`ldirish uchun ishlatiladigan Endofil (Septodont) plomba ashyosi 
yaxshi natijalar berishi qayd qilingan. 
Agar davolanayotgan tish toj qismi batamom yemirilib tushgan 
bo`lsa, ildiz kanali bo`g`zigacha pasta bilan to`ldiriladi. Bu qatnovda 
qotmagan yumshoq moyli pasta ustidan doimiy plomba qo`yilmaydi. 
Keyingi qatnov paytida pasta qotadi va uni kichik hajmdagi fissur bor 
yordamida 
bir 
qismi 
ildizdan 
holi 
etilib, 
fosfat-tsementdan, 
shishaionomer sementdan doimiy plomba tayyorlanadi va kovak silliq 
qilib berkitiladi. Ana shunday qilinib berkitilgan to`mtoq tish 
almashinuv paytigacha bemalol saqlanib, bir qadar o`z vazifasini 
o`taydi. (11-rasm, a, b). 
Shakllangan bir ildizli doimiy tishlarni davolash bolalarda katta 
yoshdagi kishilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Buning uchun kariyes 
kovagini 
ko`ngildagidek 
yaxshilab 
charxlanadi, 
qo`shimcha 
kengaytirilib, tanglay yoki til tomonga olib chiqiladi (toki ildiz kanaliga 
igna yoki pulpaekstraktor to`sqinliksiz osonlikcha kira olsin). 


87 
Ildiz kanalini faqat pulpa chirindilaridan tozalashgina emas, balki 
kanalga rashpil yoki fayllar yordamida uni kengaytirish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu tarzda ildiz kanalining dentindan tashkil 
topgan 
devori 
unga 
mikrokanalchalar 
orqali 
kirgan 
mikroorganizmlardan bir qadar tozalanadi. Ildiz kanali antiseptik 
eritmalar bilan yaxshilab yuvilib, ildiz cho`qqi teshigi ildiz ignasi yoki 
burama igna yordamida ochiladi. 
Tozalab 
quritilgan 
ildiz 
bo`shlig`i 
ildiz 
cho`qqisigacha 
plombalanadi. Bir ildizli tishlarni og`iz bo`shlig`ining oldingi qismida 
joylashganini nazarda tutgan holda ildiz kanalini to`ldirish uchun tish 
rangini o`zgartirmaydigan plomba materiallaridan foydalanish mumkin. 
Fosfat-tsement, intradont, endodent kabi materiallar shu jumlaga 
kiruvchi, qattiqlashib qotuvchi materiallardan hisoblangan, rux 
oksidining biror-bir o`simlik moyida (qalampirmunchok, oblepixa va 
boshqalar) qorishtirilib hosil qilingan pastalari yumshoq plombalardan 
hisoblanadi. Plombalangan ildizlarni rentgen tasviri orqali tekshirib 
ko`rish bunday hollarda asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Rentgen 
tasvirini saqlab qolib, keyinchalik vaqti-vaqti bilan suyak hosil bo`lish 
jarayonini tekshirib turish maqsadga muvofiqdir. 
Shakllanmagan ildizli doimiy tishlarni davolash ish jarayonida 
birmuncha qiyinchiliklarni tug`dirishi mumkin. (12-rasm, a). 
Bu holda ildiz kanalining oxirgi qismi shakllanmaganligi natijasida 
u anchagina keng bo`ladi va bo`shliqqa granulyatsiya to`qimasining 
o`sib kirishini ta’minlaydi. 
Bunday hollarda ildiz kovagini chirigan pulpa qoldiqlaridan 
tozalash paytida og`riq paydo bo`ladi. Shuning uchun igna uchiga paxta 
o`rab (turunda), ildiz kovagiga og`riq paydo bulguncha kiritiladi va 
rentgen tasviri olinadi. Bunday tekshirish tish ildizining qay darajada 
shakllanishi, ildiz oxirgi qismining kengligi, granulyatsion to`qimaning 
ildiz kovagiga qay darajada o`sib kirganligi to`g`risida aniq ma’lumot 
beradi. Tasvirdan foydalanib, ildiz devorining butunligini va ayni holda 
yallig`lanish jarayonini surunkali kechadigan gangrenoz pulpitdan 
farqlay bila olamiz. Kerakli xulosa chiqargandan keyin ildiz kovagi 


88 
granulyatsion to`qimadan 2 yoki 3 ta pulpaekstraktor yordamida 
tozalanadi. (12-rasm, b). 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling