Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-Rasm. Shakllanmagan ildizli


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   261
12-Rasm. Shakllanmagan ildizli 
doimiy kurak tishlarni davolash. 
a-davolanishdan 
oldingi 
manzara: 1-granulyatsiyalanuvchi 
to`qimaning ildiz qavatiga o`sib 
kirishi; 2-o`lgan pulpa to`qimasi; 
b- granulyatsiya to`qimasini olib 
tashlash; v-muolaja tugatilgandan 
so`ng: 1-to`ldirgich pasta; 2-dentin 
qatlam; 
3-plomba; 
g-suyak 
to`qimasining tiklanishi. 
Bunday 
davoni 
og`riq 
paydo 
bo`lgan 
hollarda 
tishni 
og`riqsizlantirish yo`li bilan amalga oshirish mumkin. Ildiz kovagidan 
granulyatsion to`qima olib tashlanayotgan vaqtda kuchli qon oqish 
hollari yuz berpshi mumkin. Qon oqishini to`xtatish maqsadida ildiz 
kovagiga bir necha minut mobaynida vodorod peroksidi yoki adrenalin 
suyuqligi Shimdirilgan turunda qo`yish ishimizni ancha yengillashtiradi. 
Ildiz kovagini granulyatsion to`qimadan bartaraf qilib plomba materiali 
bilan to`ldirish bemorning birinchi qatnovi vaqtida tugallanmog`i lozim. 
(12-rasm, v, g). Aks holda, ikkinchi qatnov vaqti mobaynida 
granulyatsion to`qima kovakka yana o`sib kirishi mumkin. 
Bajarilgan ishlar rentgen tasviridan foydalanib kuzatilishi shart. 
Agar ildiz kovagi shakllanmagan tishlarda oxirigacha to`ldirilmaganligi 
natijasida yallig`lanish jarayoni davom etib, periodont atrofidagi suyak 
to`qimasi tiklanmasa, bunday hollarda suyak yemirilishi davom etadi va 
yiringli ekssudat milk sohasiga yorib-chiqib, svish hosil bo`ladi. Ana 
shunday hollarda jarroxlik yo`li bilan tish ildizining uch qismi kesib 
(rezeksiya) olinadi. 


89 
Surunkali periodont yallig`lanishi katta oziq sut tishlarida rezorsin-
formalin usulida davolanadi. Bemorning birinchi qatnovi vaqtida kariyes 
kovagi kengaytirilib charxlanadi va pulpa kovagi yaxshilab ochiladi. 
Chirigan pulpa qoldiqlari ildiz kovagiga kirish qismidan tozalanib, 
fenol-formalin eritmasi shimdirilgan paxta tampon qo`yilib, kovak suvli 
dentin 
pasta 
yordamida 
berkitiladi. 
Fenol-formalin 
suyuqligi 
mikroorgannzmlarni o`ldirib, kovakni dezinfeksiya qiladi. Ayni holda 
tish kovagini bunday yo`l bilan berkitish (germetizm) periodont 
to`qimasida mavjud bo`lgan ekssudatli yallig`lanish jarayonining faollik 
kuchini sinash uchun ham vosita bo`la oladi. Shu tarzda kovagi 
berkitilgan kasallangan tish 2-3 sutka mobaynida og`rib bemorni 
bezovta qilmasa, ikkinchi qatnov paytida muolaja davom ettiriladi. 
Bordi-yu, davolanayotgan tishda kovak berkitilgandan keyin ma’lum bir 
muddat o`tgach og`riq paydo bo`lsa, u holda vaqtinchalik plomba olib 
tashlanib, tish kovagi ochiq holda qoldirilishi ota-onalarga ma’lum 
qilinadi. 
Bolalarda doimiy oziq tishlarni davolashda bemorning birinchi 
qatnovi davomida kasallangan tishniig toj va ildiz kovagi odatda 
chirigan pulpa qoldiqlaridan holi qilinmog`i lozim. Lekin birinchi 
qatnovda tish ildiz cho`qqisi drilbor yordamida (burama bor) 
kengaytirilmasligi lozim. Aks holda infeksiya periodont to`qimasidan 
ichkari kirib, yallig`lanish jarayoni qayta o`tkirlashishi mumkin. Chunki 
doimiy oziq tishlarda bir ildizli tishlardan farqli ravishda Z ta ildiz 
mavjuddir, bu esa infeksiya tarqalishining havfini yanada oshiradi. 
Shularni nazarda tutib, ildizlarni dezinfeksiya qilish maqsadida, ildiz 
bo`shlig`iga kirish sohasida fenol va formalin eritmalarining 2:1 
nisbatdagi aralashmasiga shimdirilgan paxta tamponni (1-2 sutka) 
vaqtinchalik plomba ostida qoldirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ikkinchi qatnov paytida ildiz kanallari oxirigacha tozalanadi va rezorsin-
formalin suyuqligi yordamida impregnatsiya qilinadi (shimdiriladi). 
Shundan keyin plombalash ishlari amalga oshiriladi. 
Rezorsin-formalin aralashmasini ildiz kanaliga kiritishdan oldin, 
unga antiseptik ishlov berilib quritiladi. Yuqori jag` molyar (oziq) 
tishlari davolanayotganda bemor kresloga gorizontal holda yotqizilib 


90 
(boshi orqaga tashlanadi, engagi yuqoriga ko`tariladi. Bu holatda 
kiritilayotgan eritma ildiz kanali cho`qqisigacha oqib kiradi. Yosh 
bolalarda (4-5 yosh) bunday holat birmuncha qo`rquv hissini 
tug`dirishini hisobga olib, ularni kresloga vertikal holda o`tkazilib, ildiz 
kanallariga eritma yumshoq paxta turundalar yordamida bir necha bor 
takroran kiritish bilan singdiriladi. Ana shundan keyin kanallarga kirish 
qismida eritmani paxta tamponga shimdirib, vaqtinchalik plomba ostida 
qoldirish mumkin va oxirgi qatnov paytida plombalash ishlari tugatiladi. 
Ildiz bo`shlig`ini to`ldiruvchi pasta sifatida rezorsin-formalin eritmasida 
qorishtirilgan rux oksidi (okis sinka) poroshogidan foydalaniladi. Rux 
oksidi rentgen kontrast modda hisoblanadi. 
Ildizlari shakllanmagan oziq tishlarda kechadigan surunkali 
periodont yallig`lanishini davolash anchagina qiyinchiliklar tug`dirishi 
mumkin. Shakllanmagan ildizlarning keng bo`lgan oxirgi qismlaridan 
ildiz bo`shlig`iga granulyatsion to`qima (periodont tomonidan) o`sib 
kirishi mumkin. (13-rasm, a).
Davolash paytida bu to`qimalarni yuqorida ko`rsatilgan bir ildizli 
tishlardagidek kesib, kuydirib (koagulyatsiya) olib tashlash lozim. Bu 
ish uchta ildiz kanalida bir vaqtning o`zida amalga oshirilsa, og`ir 
asoratlarga olib kelishi mumkin. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling