Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   261
 
 
 
5.2.4. Tish emali sistemali gipoplaziyasining egatchali shakli. 
Emal nuqsonining bu turi uchun bir xil davrda shakllanib 
oxaklangan tishlar emal qavatida bir devorli yoki ikki devorli egatchalar 
mavjudligi xususiy xol xisoblanadi. 


106 
Agarda egatcha tishlarning kesuvchi qirrasida yoki chaynov 
do`mboqchalarida joylashgan bo`lsa, unda u bir devorli (yuqori yoki 
pastki), bu esa tishning qaysi jag`da joylashganligiga bog`liq. Bunda tish 
kesuvchi qirrasining yoki do`mboqchasining yupqalashishi hisobiga bir 
(kattaroq) tish ichidan ikkinchi (maydaroq) tish o`sib chiqayotgandek 
bo`lib tuyuladi. Bu esa o`z navbatida emal shakllanishi u boshlangan 
vaqtdan boshlab buzilgan, chunki tishlarda emal kurak tishlarda 
kesuvchi qirralardan o`z shakllanishini boshlaydi, chaynov tishlarda esa 
ularning do`mboqchalaridan boshlaydi.
Egatcha shaklidagi emal nuqsonlari chaynov qirralarida ma’lum 
masofada joylashgan bo`lsa, ularda ikki devori va tubi farqlanadi (yuqori 
devor, pastki devor). Sistemali emal gipoplaziyasida egatchalar 
gorizontal yo`nalishda joylashgan bo`lib, kesuv qirrasiga va chaynov 
yuzasiga nisbatan bir xil masofada parallel xolda yotadi. Bunday 
nuqsonlar tish vestibulyar va lunj satxlarida yaxshi rivojlangan bo`ladi. 
Mazkur egatchalar zondlanganda tubida og`riq sezilishi mumkin, barcha 
satxi silliq, zichligi yuqori bo`ladi. Egatchalar tubida oson tozalasa 
bo`ladigan 
karashlar 
mavjud. 
Karashlar 
tozalangan 
joylarda 
pigmentatsiya soxalari mavjud bo`ladi.
Pigmentlashgan soxani to`q yoki och rangi egatchalar chuqurligi 
bilan bog`liqdir. Ba’zan egatchalar tubida kushimcha chuqurchalar 
aniqlanishi to`qimada rivojlanish davrida moda almashinuv jarayonida 
chuqur o`zgarishlar bo`lganidan darak beradi. Nuqsonlar mavjud joyida 
emal 
to`qimasini 
yupqalashgani 
aniqlanadi. 
Sistemali 
emal 
gipoplaziyasida egatchalar bir xil davrda rivojlanib oxaklashadigan 
tishlarda yoki barcha tishlarda kuzatiladi.
Mazkur 
nuqson 
rivojlanishi 
oltinchi 
tishlar 
chaynov 
do`mboqchalarini, 
qoziq 
tishlar, 
ba’zan 
premolyar 
tishlar 
do`mboqchalari xam ingichkalashuviga, tikanaksimon shaklgi ega 
bo`lishiga sabab bo`ladi. Bu o`tkirlashgan uchli tishlar do`mboqchalari 
lunj, til shilliq qavatini tez-tez shikastlab turishiga sabab bo`ladi. 
Nuqsonli tishlar chaynov yuzasida emal qavati yupqalashgan, 
tikanaksimon do`mboqchalar va yupqalashgan kesuvchi qirralar yorilib 
sinib ajralishi tufayli tishlar anatomik shaklini o`zgarishiga olib keladi. 


107 
Bu o`zgarishlarning barchasi tishlarning o`lchamlarini kichiklashuviga 
sabab bo`ladi.
Egatchalar chuqurlashgan joylarda kariyes jarayoni boshlanishiga 
sharoit 
tug`iladi. 
Ovqat 
qoldiqlari, 
yumshoq 
karashlar, 
mikroorganizmlarning bu nuqtalarda uzoq vaqt saqlanib turishi bijg`ish, 
kislotalar xosil bo`lishi va emal dentin demineralizatsiyasi bilan davom 
etadi, kariyes kavaklari paydo bo`ladi. Nuqsonlar bor joyda siyqalanish 
natijasida emal to`qimasi butunlay yemirilib ado bo`lishi oqibatida 
aplaziya soxalari yuzaga keladi.
Bolalar kosmetik noqulayliklarga, tish toj kismlari sinib tushib 
ketishiga, tishlar siyqalanishiga, xarorat ta’sirida sodir bo`ladigan 
og`riqlarga shikoyat qilishadi. Emal sistemali gipoplaziyasining 
egatchali shaklini sirkulyar kariyes, autosom-dominant chuqurchali-
egatchali irsiy tugallanmagan amelogenez bilan, faqat ayollarda 
uchraydigan yopishgan-X xromosomali dominant gipoplastik irsiy 
tugallanmagan amelogenez (yo`l-yo`l turi) kabi kasalliklar bilan qiyosiy 
tashxis qilinadi. 
Rentgen tasvirlarda egatchalar tubi soxasida gorizontal yo`nalgan 
qora yo`llar, shular fonida ko`rinadigan qora dog`lar almashinuv 
jarayonining chuqur buzilganidan darak beradi. Bu esa o`z navbatida 
xomilador ona, yoki yangi tug`ilgan bola boshidan kechirgan 
kasallikning og`irlik darajasi bilan bog`liqdir.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling