Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
BOB. BOLALAR YOSHIDA UCHRAYDIGAN TISH QATTIQ
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Follikulyar taraqqiyot davrida sodir bo`ladigan nuqsonlar.
5 BOB. BOLALAR YOSHIDA UCHRAYDIGAN TISH QATTIQ
TO`QIMALARINING NOKARIYES KASALLIKLARI Bolalar yoshida keng tarqalgan tishlarning kariyes kasalligidan tashqari organizm taraqqiyoti paytida sodir bo`ladigan turli tuman sabablar oqibatida yuzaga keladigan kariyes tabiatiga xos bo`lmagan tish qattiq to`qimalarining nokariyes xastaliklari xam stomatologiya amaliyotida tez-tez uchrab turishi xammaga ma’lum. Nokariyes tabiatiga ega bo`lgan mazkur kasalliklar guruxi o`zining rang-barang klinik belgilari bilan kechadi va tishlar qatoridagi ma’lum gurux, bazan aloxida bir tish, yoki butun tishlar qatorini shikastlaydi. Zamonaviy, mukammalashgan tekshirish usullari mavjud bo`lishiga qaramasdan ushbu kasalliklar xali to`la-to`kis yaxshilab o`rganilmagan. Bu narsa nokariyes kasalliklar profilaktikasini va patogenetik davolash ishlarini ancha mushkullashtiradi. Shunga qaramasdan stomatologiya fanini va amaliyotini oxirgi yillardagi muvaffaqiyatlari mazkur kasalliklar klinikasini,etiologiya va patogenezini o`rganishda bir muncha yutuqlarga erishdi. 5.1. Follikulyar taraqqiyot davrida sodir bo`ladigan nuqsonlar. Stomatolog shifokorlar o`zlarining kundalik amaliyotida oxirgi paytlarda kariyes kasalligi bilan bir qatorda tish qattiq to`qimalarining follikulyar taraqqiyoti davrida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan nuqsonlarini tez-tez kuzata boshlashdi. Mazkur kasalliklar o`zlarining klinik belgilari, kechishi va tish qattiq to`qimalarini shikastlash xususiyatlari bilan, tug`ma nuqsonligi bilan keng tarqalgan kariyes xastaligidan farq kiladi. Ilmiy manbaalar ma’lumotlarida tish qattiq to`qimalarining follikulyar rivojlanishi davridagi buzilishlar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan nokariyes kasalliklarining aniq klinik belgilari xarakteristikasi aniq yoritilmagan. Ular tishlar yorib chiqqandan keyin sodir qilishi mumkin bo`lgan asoratlar xam to`la-to`kis o`z aksini topmagan. Yagona bir tasnif xam tavsiya qilinmagan. Bugungi kunda bizga ma’lum bo`lgan tasniflar (V.K. Patrikeev, M.I. Groshikov, JSST) 100 kasalliklar shakli, soni, guruxlari, klinik belgilarining aks ettirilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bunda kasalliklar etiologik sabablarning turli- tumanligi, klinik belgilarining rang-barangligi mazkur kasalliklarning biror bir to`kis tasnifini tavsiya qilishni qiyinlashtiradi. Biz tish qattiq to`qimalarining follikulyar davrida sodir bo`ladigan nokariyes kasalliklarining klinik belgilarini ta’riflashda V.K. Patrikeev tomonidan 1968 yilda tavsiya qilingan tasnifni(klassifikatsiya) asos qilib olganimizni e’tirof etamiz. V.K. Patrikeev ma’lumotlariga asosan ta’riflanadigan nokariyes kasalliklar tish qattiq to`qimalari rivojlanish nuqsonlari bo`lib, ularning quyidagi turlari mavjuddir. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling