Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Maxalliy emal gipoplaziyasini davolash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261
 
Maxalliy emal gipoplaziyasini davolash. Bolaning yoshi, tishning 
shakli va o`lchamlarini inobatga olgan xolda zamonaviy plomba 
ashyolari: glassionomer(shisha ionomer), kompomer, kompozit 
materiallardan foydalanib tishlarning anatomik shakli tiklanadi, 
kosmetik va estetik nuqson va kamchiliklari bartaraf etiladi.
 
5.2.10. Emal to`qimasining o`choqli gipoplaziyasi odontodisplaziya, 
fantom tishlar, tugallanmagan odontogenez. 
O`choqli odontodisplaziyada o`ziga xos xususiyat bo`lib doimo 
tishlar chiqishini kechikishi, bir vaqtda chiqadigan yoki xar xil vaqtda 
chiqadigan tishning retensiyasi, o`z vaqtida yorib chiqmasligi xolati 
e’tiborga loyiqdir.
Soglom bolalarda tishlarning mazkur patologiyasi nixoyatda 
kamdan-kam uchraydigan xoll bo`lib xisoblanadi.
Shunday xollar qayd qilinganda patologik o`zgarishlar asosan 
kurak, qoziq tishlarda yoki doimiy chaynov tishlarda kuzatiladi. 
Kamdan-kam xollarda bir tomon jag`ning barcha tishlari shikastlanishi 


113 
amaliyotda uchragan. Bunda yuqori jag` tishlarida bunday xol ko`proq 
uchrashini amaliyot shifokorlari aloxida ta’kidlashadi. 
Mazkur patologiya oqibatida tish toj qismi o`zgarishga uchraganligi 
sababli tishlar o`lchamlari kichiklashgan, sarg`imtir tusli, notekis satxli, 
tishlarning anatomik shakli o`zgarganligi kuzatiladi. Emal to`qimasining 
siyqalanishi, tishlar orasida tremalar paydo bo`lishi xam e’tiborga loyiq 
xisoblanadi. 
Yonma-yon joylashgan tishlar guruxini bunday patologiyaga 
uchrashiga yuz-jag` soxasi travmasi, radioaktiv nurlanish, surunkali 
osteomiyelit sabab bo`lishi mumkin ekan. 
O`choqli emal gipoplaziyasida bolalar kosmetik nuqsonga, xarorat 
ta’siri, kimyoviy ta’sirotlar natijasida sodir bo`ladigan og`riqqa shikoyat 
qilishadi. 
Rentgen tasvirda tish ildizlari kalta, kanallari keng, tish bo`shlig`i 
keng, qattiq to`qimalar qavati yupqalashgan. Emal to`qimasining 
kalinligi xar xil yerda turlicha, zichligi xam har xil. Bularning barchasi 
mineralizatsiya jarayonini jiddiy buzilganidan darak beradi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling