Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   261
 
 
5.2.6. Sistemali emal gipoplaziyasining aralash shakli.
Sistemali emal gipoplaziyasining aralash shakli emal to`qimasidagi 
almashinuv jarayonlar buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin 
bo`lgan barcha nuqsonlarni uz ichiga oladi. Bu o`zgarishlar yengil 
boskichda bo`lishi mumkin, o`rtacha og`irlikda va og`ir darajada 
bo`lishi mumkin. Sistemali emal gipoplaziyasining aralash shakli 4,5 
oydan 3 yoshgacha bo`lgan davr ichida bir necha marotaba bir xil 
og`irlikdagi va uzoqlikdagi kasalliklarni boshidan kechirgan bolalarning 
doimiy tishlarida uchraydi. Bolalar yengilrok xastalikni tish taraqqiyoti 


109 
davrida boshidan kechirishsa gipoplaziya nuqsonlari tish emalida dog` 
shaklida va chuqurcha shaklida bo`lishi mumkin.
Bolalar boshidan o`tkazgan kasallik og`ir va uzoq davom etgan 
bo`lsa emaldagi nuqsonlar egatchasimon va likopchasimon bo`ladi. 
Shuning uchun sistemali emal gipoplaziyasida bir bemorning uzida xar 
xil kurinishdagi, og`irlik darajadagi nuqsonlarni aniqlash mumkin. Ba’zi 
bir xollarda kariyes jarayoni kushilishi uni yanada murakkablashtiradi va 
rang-barangligi oshadi.
Masalan chuqurrok nuqsonlar bor joylarda kariyes jarayoni 
rivojlanadi, kariyes kavaklari xosil bo`ladi.
Bemorlar kosmetik nuqsonlarga, kimyoviy va xarorat ta’sirotidan 
og`riqlar paydo bo`lishiga, tishlar toj kismlari sinib parchalanishiga, 
yemirilib borishiga, siyqalanishiga shikoyat qilishadi.
Sistemali emal gipoplaziyasining aralash shakli o`ziga uxshash 
simptomlarga ega bo`lgan kasalliklar bilan, birinchi galda flyuorozning 
aralash shakli bilan qiyosiy tashxis qilinadi.
Rentgen tasvirlarda tishlar emalining nuqsoni bor soxalarda 
gorizontal yo`nalishli qora dog`lar, chiziklar mavjud bo`ladi.
 
5.2.7. Emal aplaziyasi. 
Bunday nuqson emal to`qimasining og`ir shikastlanishi bo`lib tish 
toj qismining chaynov yuzasida, kesuvchi qirralarda emal to`qimasining 
butkul bo`lmasligi va shu soxalarda dentin to`qimasi ochilib qolishi 
bilan tavsiflanadi.
Emal aplaziyasi uzicha mustakil xastalik bulshi, yoki sistemali 
gipoplaziyaning egatchali va likopchasimon turlarining asorati sifatida 
sodir bo`lishi mumkin. Bunda emal to`qimasi tishlar toj qismida kisman 
yoki butunlay bo`lmasligi mumkin. Emal to`qimasining kisman 
bo`lmasligiga nafaqat nuqson chuqurligi, uzoq muddat mavjud bo`lishi, 
balki emalning yupqalashgan joylarida uning patologik siyklanib 
yemirilishi xam sabab bo`lishi mumkin. Nuqsonlarning chuqurlashgan 
joylarida kariyes jarayoni rivojlanadi.


110 
Emal 
aplaziyasida 
bemor 
bolalar 
kimyoviy, 
temperatura, 
ta’sirotlardan sezgirlikka, kosmetik nuqsonlarga, tishlarning shaklini 
buzilishiga, yorilib sinishiga, patologik siyqalanishga shikoyat qilishadi. 
Emal aplaziyasini kariyesning yoyilib kechishi, sirkulyar kariyes, 
autosom-dominant, va autosom-retsessiv gipominerallashgan irsiy 
tugallanmagan amelogenez va flyuorozning destruktiv shakli bilan 
qiyosiy tashxis utkaziladi.
Rentgen tasvirda emalning nuqsonlar mavjud soxalarida qoramtir 
dog`lar va yo`llar mavjud bo`ladi. Emalning chegaralangan aplastik 
soxalarida qoramtir dog`lar va yo`llar gorizontal yo`nalishga ega. To`liq 
emal aplaziyasi soxalarida-emalsiz, joylarda katta qoramtir dog`lar 
aniqlanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling