Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   261
 
5.2.5. Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli. 
Bunday nuqsonli xastaliklarda bir davrda rivojlanib mineral tuzlarga 
to`yinadigan, shakllanadigan tishlarning kesuvchi va chaynov yuzalariga 
parallel, asosan vestibulyar va lunj satxlarida likopchasimon 
chuqurliklar aniqlanadi. Nuqson likopcha shaklida bo`lib 1 dan 4tagacha 
devori mavjud bo`ladi. Ba’zan likopcha bo`shlig`ini emal parda ikkiga 
bo`lib, ajratib turishi xam mumkin.
Agarda likopchali emal nuqsoni chaynov yuzasi va kesuvchi 
qirradan ma’lum masofada parallel joylashgan bo`lsa, aproksimal-
kontakt yuzaga yetib bormagan bo`lsa, unda uning 4 devori mavjud 
bo`ladi. Nuqson kesuvchi qirrada joylashib, tishning kontakt yuzasiga 


108 
chiqmagan xolda uning 3 devori, bordiyu nuqson aproksimal satxga 
chiqqan bo`lsa yana uning 2 devori farqlanadi. Likopchasimon nuqson 
tishning kesuvchi qirrasida joylashib kontakt yuzaga ochilib chiqqan 
bo`lsa, u xolda uning faqat 1 devori mavjud bo`ladi. Mazkur nuqsonli 
xastalikda 6 tishlar do`mboqchalari, qoziq tishlar, ba’zan premolyar 
chaynov do`mboqchalari ingichkalashib o`tkir tikanak shaklini olishi 
yoki do`mboqchalar siyqalanib yo`qolib ketishi xususiy xol xisoblanadi. 
Bunda emal to`qimasining yupqalashuvi faqat nuqsonli soxada, 
likopchalar tubidagina emas fissuralar soxasida xam sodir bo`ladi. Ba’zi 
likopchalar tubida emal xaddan tashqari yupqalashgan yoki bo`lmasligi 
xam mumkin. Shu joylarda kariyes jarayoni kechayotganligini guvoxi 
bo`lamiz.
Bolalar bunday nuqsonli xastaliklarda kosmetik nuqsonlarga, tish 
emalining siyqalanishiga, tish toj qismi yorilib, sinib tushayotganligiga, 
xaroratga nisbatan giperesteziyaga va kimyoviy sezgirlikka shikoyat 
qiladi.
Sistemali emal gipoplaziyasining likopchali shakli ponasimon 
nuqson, yuza kariyes, o`rta kariyes, flyuorozning eroziyali shakli, 
maxalliy 
autosom-dominant 
gipoplastik 
irsiy 
tugallanmagan 
amelogenezlar bilan qiyosiy tashxislanadi.
Rentgen tasvirda likopchasimon chuqurchalar soxasida onda-sonda 
ovalsimon qora dog`lar aniqlanadi. Ular asosan tish kesuv qirrasiga 
nisbatan gorizontal yo`nalishda joylashadi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling