Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Tish qattiq to`qimalarining follikulyar taraqqiyotida yuzaga


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   261
Tish qattiq to`qimalarining follikulyar taraqqiyotida yuzaga 
keladigan nokariyes kasalliklari tasnifi (V.K. Patrikeev, 1968 y.). 
1. Emal gipoplaziyasi 
2. Emal giperplaziyasi 
3. Endemik flyuoroz 
4. Tishlar taraqqiyoti va yorib chiqish anomaliyalari 
5. Tishlar taraqqiyotining irsiy buzilishi.
 
5.2. Emal gipoplaziyasi 
Emal gipoplaziyasi – bu tish qattiq to`qimalarining rivojlanish 
davridagi metabolik jarayonlarning buzilishi oqibatida sodir bo`ladigan 
emalning sifat va miqdoriy o`zgarishlari bilan tavsiflanadigan 
xastalikdir. 
Etiologiyasi: A.I. Abrikosov (1914) fikricha bunda emal 
to`qimasini xosil qiluvchi enamelobalst xujayralar faoliyatining 
o`zgarishi sababli emal to`qimasining shakllanishi buziladi. I.T. 
Lukomskiy (1953), S.I. Vays (1965) fikricha bu nuqson emal 
to`qimasining minerallashuvi davrida sodir bo`ladigan minerallar 
yetishmovchiliklari oqibatida yuzaga keladi, bunda tish to`qimalarining 
shakllanishi buzilmasligini e’tirof etishadi.
Z.N. Sharayevskiy (1954), I.O. Novik (1961), A.I. Rыbakov 
(1966)lar gipoplaziya emal to`qimasining shakllanishi buzilishi va 


101 
mineral tuzlarning shu davrda yetishmovchiligidan kelib chiqadigan 
nuqson deb tushuntirishadi.
V.K. Patrikeev (1967) fikricha gipoplaziya nafaqat mineralizatsiya 
jarayonining buzilishi, balki emal to`qimasining oqsilli asosi 
(matritsasi)ning 
shakllanishi 
buzilishi 
bilan 
enameloblastlar 
faoliyatining pasayishi natijasidir. G.V. Ovrutskiy (1991) gipoplaziya 
emal 
shakllanishi 
davrida 
eng 
ko`p 
uchraydigan 
nokariyes 
kasalliklaridan biridir deb ta’riflaydi. 
Gipoplaziyada 
tish 
emalidagi 
noto`kislik 
nuqsoni 
orqaga 
qaytmaydigan xolat bo`lib, xosil bo`lgan nuqsonlar tish emalida bir 
umrga saqlanib qoladi. Bunda dentin to`qimasi tuzilishida va tish 
pulpasida xam o`zgarishlar sodir bo`ladi. Emal gipoplaziyasi doimiy 
tishlarda uchrab, u bolalarning 4,5 oylikdan 2,5-3 yoshlar oralig`ida 
o`tkir yuqumli kasalliklar, raxitning og`ir shaklini, toksik dispensiya, 
alimentar distrofiya, oshqozon-ichak, endokrin sistemasi kasalliklarini 
boshidan kechirganligi bilan chambarchas bog`liqdir. Mazkur tish emali 
nuqsoni tabiatan bolaning xomila davrida, sut tishlari emali rivojlanishi, 
oxaklanishi davrida sodir bo`lmasligiga asosiy sabab, xomila davrida 
yo`ldoshning zaxarli toksinlardan ximoya qilish xususiyatining 
mavjudligidir. 
Lekin 
ba’zida 
xomiladorlik 
davrida, 
ayniqsa 
xomiladorlikning ikkinchi davrida og`ir kechadigan kasalliklarga 
chalinishi (qizilcha, toksoplazmoz va boshqa.) yo`ldoshning ximoya 
vazifasini 
anchagina 
susayitirishi, 
uning 
butunligini 
buzib, 
o`tkazuvchanligini oshirishi, yoki bo`lmasa bola tug`ilgandan so`nggi 
birinchi kunlar, xaftalarda tug`ilgan bolaning o`zini kasallikka chalinishi 
sut tishlarida xam emal gipoplaziyasini sodir qilishi mumkin.
Kechki toksikozlarda va xomilador ayolning kasalliklarida 
mineralizatsiya jarayoni faqat sut tishlari follikulasidamas balki erta 
chiqadigan birinchi doimiy molyar tishlarida xam ro`y berib ularning 
gipoplaziyasini ta’minlaydi. Shuningdek xomilaning 7-8 oylarida 
tug`ilgan bolalarning sut qoziq tishlarida, kurak tishlarining bo`yin 
qismida, molyar tishlarining chaynov yuzalarida emal gipoplaziyasi 
nuqsonlari uchrashi to`g`risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan. 


102 
Bunday xolni kundalik amaliyotda stomatolog shifokorlar uchratib 
turishadi. 
Ilgari emal gipoplaziyasi sut tishlarida kam uchragan bo`lsa, 
bugungi kunda shifokorlar bu nuqsoni bor sut tishlarini tez-tez uchrata 
boshladilar. Buning asosiy sababi ilgarigi davrlarda og`ir kechki 
toksikoz, og`ir infeksiya xastaliklariga chalingan xomilador onalar 
bolalarini tirikligini saqlab qolishning iloji bo`lmagan va bunday 
nuqsonli tishlari bor bolalar deyarli uchramagan. Bugungi kun 
tibbiyotida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, yuqori samarali 
davolash ishlari, muolajalari ularning tirikligini ta’minlab ko`plab 
tug`ilishlariga imkoniyat yaratib bermoqda.
Bolalarni sun’iy ovqatlantirish, o`rta og`irlikdagi shamollashlar xam 
doimiy tishlarda u yoki bu shakldagi gipoplaziya xolatlariga olib keladi. 
2-3 yoshda bolalarda kechadigan mineralizatsiya jarayoni ancha 
turg`un bo`ladi va bolaning organizmi xar xil moda almashinuvi 
buzilishlariga nisbatan yaxshigina qarshilik ko`rsatish qobiliyatiga ega 
bo`ladi. Bunday turg`unlik doimiy premolyar va 2-molyar tishlarda emal 
gipoplaziyasini sezilarli darajada kam uchrashini ta’minlaydi. 
Emal gipoplaziyasining uch xil turi farqlanadi: sistemali, maxalliy 
va o`choqli. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling