Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-Rasm. Ildizi shakllan-magan
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
13-Rasm.
Ildizi shakllan-magan ko`p ildizli oziq tish ildiz kanallariga aloxida ishlov berib plombalash muolajasi. a-davolashdan oldingi ko`rinish: 1- ildiz pulpasi o`lgan; b-tanglay kanali plombalangan6 1-o`lik pulpa; 2-to`ldirgich pasta; v- tanglay va lunj kanallari plombalangan: 1-orqa lunj kanalidagi o`lik pulpa; g-muolaja nixoyasi: 1-to`ldirgich pasta: 2- dentin; 3-tsement; 4-amalgama. 91 Shuning uchun davolashdan oldin tishlarda kechayotgan yallig`lanish jarayonini pulpaga tegishli yoki periodontga tegishli ekanligini aniqlash uchun yaxshilab qiyosiy tashxis o`tkazish zarur. (3- jadval). Bemorning birinchi qatnovi paytida bitta ildiz kanali granulyatsion to`qimadan holi etilib, antiseptik ishlov berilib quritiladi va moyli asosga ega bo`lgan (evgenol, kamfora moyi, shipovnik va boshqalar) yumshoq pasta bilan to`ldiriladi. (15-rasm, b). Tish kovagi 5-7 kun mobaynida ochiq qoldiriladi. Moyli asosga ega bo`lgan pasta bu davr mobaynida yuvilib ketmaydi. Ikkinchi qatnov paytida ikkinchi ildiz kanali ham yuqorida bayon qilnngan usul bilan to`ldirilib, tish kovagi yana 5-7 kunga ochiq qoldiriladi. Tish kovagini ochiq qoldirish yallig`lanish jarayoni qaytalanib o`tkirlashuvining oldini oladi. Uchinchi qatnovda oxirgi ildiz kanali ko`rsatilgan usulda to`ldirilib, ustidan ajratuvchi qatlam yotqizilgan holda (suvli dentindan) tish kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi. (15-rasm, v, g). Ko`p ildizli oziq tish ildizlarini yuqorida bayon etilgan usulda bosqichma-bosqich davolash bolalarning ish davomida charchab, injiqlanishidan xalos etadi va plombalash davo tadbirlarini sifatli bajarishga imkon tug`diradi. Bolalarda ko`p ildizli tishlarda kechadngan surunkali periodont yallig`lanishini sifatli davolash uchun ularni dispanser nazoratiga olish zarur Buning uchun vaqti-vaqti bilan (6 oy, 1 yil, 2 yil mobaynida) davolangan tish atrofidagi suyak to`qimalarining rentgen tasvirini nazorat qilib turmoq lozim. Agar plombalash ishlari sifatsiz bajarilsa, periodont to`qimasi atrofidagi suyak to`qimasida suyak pardaning to`liq shakllanmaganini (destruksiya) aniqlash mumkin. Ana shunday hollarda jarroxlik yo`li bilan ildizning uch qismi kesib olinadi (rezeksiya verxushki kornya). Agar suyak destruksiyasi katta sohani tashkil qilsa, davolangan tishni olib tashlash tavsiya etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling