Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali granulematoz periodontit


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   261
4.5. Surunkali granulematoz periodontit 
Periodont yallig`lanishining bu xil surunkali kechadigan turi sut 
tishlarida juda kam uchraydi. Pulpaning yallig`lanish jarayonida o`lishi, 
doimiy shakllanmagan tishlarda noto`g`ri yoki samarasiz davolanish 
oqibatida qayd etiladi. Kasallikning klinik belgilari yaqqol namoyon 
bo`lmaydi. Yallig`lanishning qayta o`tkirlashuvi va yiring yo`llarining 
(svish) ochilishi ham juda kam hollarda kuzatiladi. Ba’zi bir hollarda 
og`iz dahlizining o`tuvchi burmalari paypaslanganda tish ildizi sohasida 
kam og`riqli suyak to`qimasining 2-3 sathda bo`rtib chiqish hollarini 
ko`rish mumkin. Rentgen suratida kasallangan tish ildiz cho`qqisi 
atrofida suyak to`qimasining tekis dumalok shaklda so`rilishidan hosil 
bo`lgan qoramtir, dumaloq sohani ko`z bilan ilg`aymiz. Ko`pgina 
hollarda bu xil yallig`lanish jarayoni borligiga qaramasdan, tish ildizi 
shakllanishda davom etadi va to`liq shakllangan bo`ladi. 
 
4.6. Surunkali fibroz periodontit 
Surunkali periodont yallig`lanishining bu turi sut tishlarda 
uchramaydi. Ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda juda ham hollarda 
qayd etiladi. Surunkali fibroz periodont yallig`lanishida klinik belgilar 
yaqqol namoyon bo`lmaydi. Bolalar kasallangan tishdan shikoyat 
qilmaydilar. Ularning mavjudligi bolalarni yalpi stomatologik ko`rikdan 
o`tkazish paytida aniqlanadi. Bu xil periodont yallig`lanishining 
kamdan-kam hollarda qayta o`tkirlashuviga organizmga kuchli sovuq 
ta’siri yoki biror-bir umumiy og`ir kechadigan kasallik ta’sirida 
kuchsizlanish sabab bo`lishi mumkin. Lekin shu xil oqibatlar ta’sirida 
yallig`lanish surunkali granulyatsiyalanuvchi jarayonga turtki bo`lishi 
yoki bo`lmasa granulema hamda kistani paydo qilishi mumkin. 
4.7. O`tkirlashgan surunkali periodont yallig`lanishi 
Klinik belgilari bilan infeksiya (mikrob) ta’sirida vujudga 
keladigan o`tkir cho`qqi periodontitga juda o`xshashdir. Oylar, ba’zan 


83 
yillar mobaynida bezovta qilmagan surunkali periodont yallig`lanishi 
to`satdan yuqorida ko`rsatilgan sabablar natijasida, bola organizmi 
immunologik himoya kuchlarining pasayishi oqibatida qaytalanib 
o`tkirlashadi. Bolalar stomatologiyasi amaliyotida bu xil periodont 
hastaligining o`tkirlashuvi tez-tez sodir bo`lib turadigan holdir. Ko`p 
uchrashi jihatidan birlamchi o`tkir cho`qqi periodontitga nisbatan 
oldingi o`rinlarni egallaydi. Bu ikki bir xil klinik ko`rinishdagi tish 
kasalligini bir biridan farqlashda kasallik tarixi, ob’ektiv ma’lumotlar va 
ayniqsa, rentgen suratining tahlili muhim manbaa hisoblanadi. 
Jarohatlangan tishda ilgari ham bir necha bor shikoyat 
alomatlarining bo`lganligi, tish kovagining ochiqligi va ob’ektiv 
ma’lumotlar tish rangining o`zgarganligini ma’lum qiladi. Rentgen 
tasvirida esa periodont to`qimasi atrof suyagining yemirilishi yuqorida 
yozilgan uch xil surunkali yallig`lanish jarayonining qaysi birigadir xos 
bo`lgan o`zgarishlarning borligini tasdiqlaydi. 
Kechiktirib bo`lmaydigan birinchi mutaxassis yordami o`z tartibi 
bilan aynan o`tkir cho`qqi periodontiti jarayonidagidek ko`rsatiladi. Tish 
kariyes kovagi charxlanib, pulpa bo`shlig`i kengaytirilib ochiladi. Ildiz 
kanallari chirigan ovqat va pulpa chirindilaridan holi qilinadi. Kanallar 
biror-bir antiseptik (2% li xlor, furatsilin, dioksidin, metrogil va boshqa) 
eritmalar bilan ohista yuvilib, tish ochiq qoldiriladi. Agar qaytalanish 
jarayoni bir necha marta takrorlansa, kasallangan tishni jarroxlik yo`li 
bilan olib tashlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday hollarda 
tishni saqlab qolishga urinish og`ir kechadigan asoratlar: periostit yoki 
jag` suyagining yiringli yallig`lanishiga (osteomiyelit) olib kelishi 
mumkin. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling