Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Pulpa yallig`lanishi davolangandan keyin sodir bo`lishi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   261
 
3.16. Pulpa yallig`lanishi davolangandan keyin sodir bo`lishi 
mumkin bo`lgan asoratlar 
Yallig`langan tish pulpasiga og`riqsizlantirish yo`li bilan davo 
qilinganda uning tish kanalida qolgan qismining mikroblar ta’sirida 
parchalanishi yoki davolash usuli noto`gri tanlanishi natijasida, doimiy 
plomba qo`yilgandan keyin surunkali, kuchsiz, ovqat chaynash paytida 
kuchayuvchi og`riqlar paydo bo`lishi mumkin. Kasallangan og`riq tish 
sohasi ko`zdan kechirilganda, tish atrofi yumshoq to`qimalarida 
qizarish, yengil shish ko`rish mumkin. Jag` osti sohasi paypaslanganda 
limfa tugunlarida o`zgarish seziladi. 
Bunday hollarda doimiy plomba olib tashlanib, tish ildizi qoldiq 
pulpa to`qimasidan holi qilinadi, tozalanadi va ma’lum bir muddatga 
ochiq qoldiriladi. Kasalga ichish uchun mikroblarga va yallig`lanish 
jarayoniga qarshi ta’sir ko`rsatuvchi dori-darmonlar tavsiya etiladi.
Yallig`lanishga qarshi pulpani jonsizlantirish usuli, ayniqsa 
amputatsiya usuli qo`llangan ba’zi bir holatlarda plombalangan tishda 
issiq, sovuqdan ba’zan ovqat chaynash paytida og`riq seziladi. Tish 
atrofi yumshoq to`qimasida oqma yo`l paydo bo`lishi mumkin. 
Yuqorida qayd qilingan belgilar tish ildizidagi qoldiq pulpaning 
surunkali yallig`lanishidan va parchalanishidan dalolat beradi. Bunday 
hollarda tish davolangandan ma’lum muddat o`tgandan keyin sut tishlari 
ildiz sathida rentgen tasvirida yallig`lanuvchi kista, ildizlarning 
patologik yemirilishi, atrof suyak to`qimasida so`rilish manzaralari 
aniqlanadi. 
Yuqoridagi vaziyatlar vujudga kelgudek bo`lsa: 
1) og`riqlarda boshqatdan ekstirpatsiya usulini qo`llash; 
2) ildiz va suyak to`qimalari destruksiyasida - sut tishini oldirib 
tashlash;
3) kista hosil bo`lganda - sut tishini olib tashlab, sistotomiya qilish 
maqsadga muvofiqdir. 


74 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling